Toshkent moliya instituti tadqiqot ishi
Download 396.65 Kb.
|
Tadqiqot ishi isoyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI TADQIQOT ISHI Bajardi: IBI 71- guruh talabasi Isoyev Adhambek O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish Reja:
Kirish
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning mamalakat rivojidagi ro’li Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi iqtisodiy o‘sish va aholining turmush darajasini oshirishning asosiy omilidir Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Sh.M.Mirziyoev Mavzuning dolzarbligi. Globallashuv jarayonida mamlakatlar raqobatbardoshligini belgilashda iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotning o‘rni beqiyosdir. Iqtisodiyotning qaysi bir tarmoq yoki sohasiga nazar tashlamaylik, barchasida raqamli texnologiyalarning o‘rnini ko‘ramiz. Mamlakat bank tizimidagi xizmatlardan tortib, davlat xizmatlari darajasida ham innovatsion raqamli texnologiyalarning ulushini ko‘rishimiz mumkin. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi bo‘lib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan esa, raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, uning o‘rganish ob’yekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Yangilanayotgan O‘zbekiston bugun o‘z oldiga shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni maqsad qilib qo‘ygan. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligini fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o‘sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ta’minlaydi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 409-son qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida «Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi» davlat muassasasi tashkil etildi. Markazning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimlari bo‘yicha har tomonlama asoslangan takliflar tayyorlash; raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlar va iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash; «aqlli» va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantirish; raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik va tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga asoslangan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini ishlab chiqish. Umuman olganda, Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Download 396.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling