Toshkent moliya instituti tadqiqot ishi
Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar
Download 396.65 Kb.
|
Tadqiqot ishi isoyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Digital Spillover
- ROI – return of investment
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar
Umumjahon tendensiyalari va tashqi siyosatda ro‘y berayotgan hodisalardan kelib chiqib, O‘zbekiston oldida global raqobatbardoshlik va milliy havfsizlik masalasi turibdi va ushbu masalani hal qilishda mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish muhim va hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan ishlamoqda. Hozirgi kunda, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o‘tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o‘tkazilmoqda. Mazkur o’quv qo’llanma mualliflari raqamlashtirish sabablarini tahlil qiladilar, raqamli iqtisodiyot hamda elektron tijorat paydo bo‘lishining sabablari va maqsadlarini ko‘rib chiqadilar hamda raqamli iqtisodiyot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga hizmat qiladigan usullar va texnologiyalarni tahlil qiladilar. Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-kommunikatsiya tarmog‘ini, balki mamlakat xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda. Internet-savdo, raqamli qishloq xo‘jaligi, «aqlli» elektr-tarmoq tizimlari, haydovchisiz transport, shaxsiylashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimigaham raqamli iqtisodiyot inqilobi kuchli ta’sir qilmoqda. Nafsilambirini aytganda, raqamli iqtisodiyot - bu innovatsion g‘oya va bu fikr Jahon banki tomonidan 2016 yil «Jahon taraqqiyoti haqida ma’ruza – 2016: raqamli dividendlar» ma’ruzasida ma’lum qilingan. Bunday sharoitlarda alohida kompaniyalar, mintaqalar, mamlakatlar va ularning birlashmalari texnologiyalar, tovarlar va hizmatlarning yangi turlari bozorlarida yangi shakllanadigan uzoq muddatli raqobatli ustunliklarni ta’minlashga intilib, raqamli iqtisodiyot sohasida strategik qarorlarni shakllantirish va amalga oshirish jarayoniga faol kirisha boshlaydilar.Raqamli iqtisodiyot hamda elektron tijorat – real voqe’llikni to‘ldirib turadigan o’ziga hos virtual muhitdir. G‘arb mamlakatlari ekpertlari raqamli texnologiyalar iqtisodiyot sub’ektlari va boshqaruv o‘rtasidagi munosabatlar sozlanmagan bo’lsa, ish bermasligi borasida yakdil fikr bildiradilar.Faol axborotlashtirish jarayoni iste’molchilarning xulq-atvorini o‘zgartirib yuboradi. Elektron marketing ham asta-sekinlik bilan to‘xtovsiz ravishda iqtisodiy o‘zaro 11 aloqalarning mohiyatiga, har bir kishining iqtisodiy o‘zaro aloqalarga kirishishga majbur qiladigan asosiy harakatlantiruvchi kuch – ehtiyojlarga yaqinlashmoqda. Raqamli iqtisodiyotdagi elektron tijoratning boshqaruv jarayoni (professional kadrlar orqali) – o‘zaro aloqalarni boshqarishningkomp’yuterlashtirilgan tizimi bo‘lib, insoniyatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish borasida elektron ma’lumotlardan faol foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib boradi. Masalan, unda tizim faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. Ya’ni, mamlakatni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish uchun ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish asosida xalq xo‘jaligi majmuini boshqarishning umumiy integrallashgan tizimi bo‘lishi lozim. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda raqamli olam va jismoniy (yoki moddiy) olamlar kundan-kunga bir-biriga tezkorlik bilan yaqinlashib kelmoqda. Bu ikki olamning jipslashuvi, oxir-oqibat, o’zaro bog’liqlik tushunchasi katta ahamiyat kasb etuvchi idrokli olamga olib keladi. Global raqamlashtirish jarayoni esa jismoniy shaxslar, korxonalar va hukumatlarning barqaror o’sishi va ularga qulaylik yaratishni ta’minlagan holda tezligini oshirishda davom etmoqda. Bunday lobal raqamlashtirish sharoitida rivojlanishning sust bo’lishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida regress holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu mamlakatlarga faqatgina yetakchi tajribalar yaratishda yangi raqobatbardosh ustunliklarni, yangicha g’oyalarga asoslangan qarorlarni qidirib topishni ta’minlovchi o’sish jarayoni yordam beradi, xolos. Tadqiqotlar shuni ko’rsatayaptiki, elektron tijorat sohasidagi information tizimlarga kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyot rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Misol sifatida shuni ko’rsatish mumkin: 2017 yili Huawey va Oxford Economics birgalikda Digital Spillover (raqamli ta’sir) hisobotini taqdim etdilar. Ushbu hisobotda raqamli texnologiyalar uchun bir AQSH dollarliga teng bo’lgan har bir investitsiya bo’yicha daromad miqdori oxirgi 30 yil ichida 20 AQSH dollarigacha ko’tarilganini ko’rsatdi. Raqamli texnologiyalar uchun investitsiyalarni uzoq muddatdagi qaytaruvi (ROI – return of investment) an’anaviy investitsiyalardan 6,7 barovar ko’proqqa, raqamli iqtisodiyot esa o’rtacha 12 dunyo YIM tarkibida 2,5 barovarga o’sdi. Borgan sari ko’proq mamlakatlar va mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ancha katta ekanligini tan olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada 4.0 Industriya, Singapurda Smart Nation va Evropa Ittifoqida Horizon 2020 kabi milliy strategiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoda joylashgan Qozog’ston va Qirg’izston mamlakatlari Digital Kazakstan va Kyrgizstan Taza Koom deb nomlangan milliy raqamli texnologiyalarini rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Biroq, shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hozirgi axborot kommunikatsion tuzilmalar darajasi dunyo bo’yicha o’rtacha qiymatdan ancha pastdir. Bu esa pirovard natijada, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining aksariyat qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojlarni to’liq qondira olmasligiga olib keladi. Agarda biz bir misol sifatida ushbu mamlakatlardagi keng polosali maishiy aloqa tarmog’ni ko’rib chiqsak, uning xonadonlarga kirib borishining o’rtacha darajasi hududlar miqyosida 10-34% gina ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu jahon miqyosidagi o’rtacha 41,1% dan ham kamdir. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 79% aholisi foydalanayotgan keng polosali aloqa tezligi 10 Megabayt/sekunddan ham pastroq tezlikka egadir. O’zbekiston Respublikasida keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kuchaytirish uchun boshqa davlatlar tajribasidan foydalangan xolda infratuzilmalarni rivojlantirish orqali erishish mumkin. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlari ko’pincha investitsiyalarni to’liq qoplay olmaslikka hamda raqamli infratuzulmada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan investitsion muammolarga duch keladilar. Bu kabi muammolarni yechishda barcha ishtirokchilarning sa’yi-harakatlari birdek talab qilinadi. Shu sabab, mazkur mamlakatlar hukumatlari raqamli iqtisodiyot rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun soliqlar va IT sohasidagi qobiliyatlarni, shularga tegishli fondlarni rivojlantirish yo‘lida samarali siyosat ishlab chiqishi va o‘zlarining siyosiy qobiliyatlarini ishga solishda ijodiy yondashishi maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi. Shundagina hukumatlar raqamli information-kommunikatsion texnologiyalarini barcha sohalarga tatbiq etuvchi mustahkam muhitni yaratgan 13 holda aloqa operatorlariga investitsiyalar bilan bog‘liq havf va muammolarni bartaraf etishda yordam bera olishlari mumkin. Misol uchun, Mongoliyali koperatorlar davlat hukumati tomonidan qo‘llanilgan maqbul siyosat tufayli, WTTX texnologiyasiga ega 80 000ta intellectual o‘tovlarni barpo etishga erishdilar. Shunga o‘xshash aqlli o‘tovlar chekka hududlardagi cho‘ponlarga shahar sharoitiga o‘xshash keng tarmoqli aloqa xizmatlaridan foydalanishga yordam beradi. Bu esa cho‘ponlarga bozor haqidagi ma’lumotlarni juda oson qo‘lga kiritishda, masofaviy o‘qitish kurslarida ishtirok etishda imkon beradi hamda Internet orqali oila a’zolari va do‘stlari bilan suhbatlashishda yanada qulay «raqamli» muhitni ta’minlaydi. Raqamli AKT masalalari ta’minotchisi sifatida yaxshi tanilgan Huawei kompaniyasi mijozlariga yangicha texnologik g‘oyalar yordamida investitsiyalar qaytaruvi (ROI) ni maksimallashtirishda ko‘mak beradi. Masalan, Huawei Markaziy Osiyo hududlari uchun mobil aloqa talablariga javob beruvchi sayt uchun uncha qimmat bo‘lmagan va yuqori samarali - Rural Star yechimini ishlab chiqdi. Masalan, Huawei tomonidan ishlab chiqilgan Intelligent Pipeline yechimi Qozog‘iston gaz quvurlaridagi asosiy transmission uskunalar orqali ovoz, ma’lumot va video tasvirlarni yetkazishni ta’minlaydi. Joylarda faoliyat yurituvchi mutaxassislar real vaqt davomida bir necha ming kilometr masofadan turib, gaz quvurlari holatini kuzatish va ularning parametrlarini o’lchashlari mumkin. Bu esa, qandaydir favqulodda ma’lumotlar, buzilish va tizim xatoliklari kabi holatlar yuzaga kelishi bilanoq, favqulodda yuz beruvchi hodisalar signallariyordamida holatni tezda bartaraf etishda yordam beradi. Gaz quvurlarini bu tarzda boshqarish operatsion xavflarni ancha kamaytiradi. Ish joyidagi raqamli texnologiyalarga yana bir misol Dushanbedagi intellektual transport tizimi (ITT) bo‘lgan «Intellektual transport fazasi №1» loyihasini misol sifatida keltirish mumkin. ITTni tatbiq etish natijasida bir yil davomida tezlik oshirilishi bilan bog‘liq jiddiy yo‘l transport hodisalari soni 50%ga kamaydi. Shuningdek, tizim aholi ta’minoti sohasidagi ko‘pgina muammolarni hal etishda ko‘makdoshga aylandi. Bu esa, insonlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini orttirdi va hukumatga bo‘lgan fikrlarini ijobiy tomon o‘zgartirishga sabab bo‘ldi Xulosa Bashariyat iqtisodiyot tarmoqlari o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YAIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to'g'ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi. Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʻlmaydi.Shuni chuqur anglagan holda davlatimiz prezidenti Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun 2030 - yilgacha qilinadigan ishlarni belgilab berdi. Nima uchun O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kerak ? degan savol tug’ilishi mumkin.bugungi zamonaviy dunyoda yashab turgan ekammiz tan olishimiz kerakki texnalogiyalar asrini boshdan kechirmoqdamiz.Shunday ekan shuni ham bilib qo’yishimiz kerakki rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar allaqachon raqamli iqtisodiyotga katta e’tibor qaratgan.O’zbekiston ham rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida turar ekan albatta raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishi kerak. Ushbu fikirlarni jamlagan xolda shuni aaytishimiz mumkinki;Yaqin yillar ichida barcha zamonaviy davlatlar iqtisodiyoti va mamlakat boshqaruvi katta qismi raqamlashgan bo’ladi. Ya’ni raqamli iqtisodiyot davri boshlanadi… Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-121-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son.2.(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3832/1452-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son) 3.Shavkat Mirziyoyev. Asarlar. 1-jild. MILLIY TАRАQQIYOT YOʼLIMIZNI QАTIYAT BILАN DАVOM ETTIRIB, YANGI BOSQICHGА KOʼTАRАMIZ.4.< 6.<< Raqamli iqtisodiyot va electron tijoratda yangi texnologiylar>> (Ravshan Hamdamovich Ayupov) 6.www.gazeta.uz 7.https://ict.xabar.uz/uz/startap/yurtimiz-rivojlanishida-raqamli-iqtisodiyotning-orni 8.O'zbekistonda Raqamli iqtisod tahlili va ba'zi yondashuvlar9. https://www.researchgate.net › 34178… https://gubkin.uz › sveden › ozbekist... Download 396.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling