Toshkent moliya instituti tekshirdi: xolmo’minov a. Bajardi: xalilov o. Mavzu: asosiy va aylanma kapital ularning farqli belgilari reja


Download 1.94 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1350229
Bog'liq
oqil moliya kapital


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
TEKSHIRDI:XOLMO’MINOV A.
BAJARDI:XALILOV O.
MAVZU:ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL ULARNING FARQLI BELGILARI
REJA:
1.ASOSIY KAPITAL
2.AYLANMA KAPITAL
3. ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL ULARNING BELGILARI
4.XULOSA
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli ularga sarflangan mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli iste‘molda bo‘lgan xomashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi. Kapital o‘zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy - buyum shaklini o‘zgartirmaydi.
Aylanma kapital – bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste‘mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy – buyum shaklini ham yo‘qotadi.
Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi. 1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr davomida faoliyat qiladi (masalan stanok-10 yil, bino-50-100 yil), o‘zining oldingi natural – buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli iste‘mol qilinadi, o‘zining buyum shaklini yo‘qotadi.
2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o’tkazish xususiyati. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qiladi, ularning qiymati tovarlarga qisman o‘tib boradi. Agar stanok 10 yil, binolar esa 50 yil davomida foydalanilsa, bunda har yili mahsulot qiymatiga ular qiymatining 1/10 va 1/50 qismi ko‘chadi. Xomashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya kabi aylanma kapital turlari har bir doiraviy aylanishda to‘lig‘icha unumli iste‘mol qilinadi va ularning qiymati hom mahsulotlar qiymatiga to‘liq ko‘chadi.
Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling