Тошкент молия институти


Iste’mol va investitsiya funksiyalari


Download 0.84 Mb.
bet12/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#214239
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5224442027520822355

Iste’mol va investitsiya funksiyalari

Iste’mol bu ixtiyordagi daromadning iste’molchi tomonidan joriy davrdagi ehtiyojlarini qondirish uchun sarflagan qismi bo’lib, u pirovard hamda oraliq iste’molga ajratiladi. Oraliq iste’molda tovar va xizmatlar iste’mol jarayonida to’liq yo’q bo’lib ketmaydi, pirovard iste’molda esa ular iste’mol jarayonida to’liq ishlatiladi. Jamg’arish esa iste’moldan farqli ravishda kelgusidagi ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi va ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismini aks ettiradi.

Iste’mol grafigi ikki to’g’ri chiziq ko’rinishda berilgan.

Birinchisi – bu bissektrisa, u shunday shartli vaziyatni ifodalaydiki, qachonki har qanday yilda iste’mol ixtiyordagi daromadga teng bo’ladi, ya’ni jamg’arish butunlay mavjud bo’lmaydi. Algebraik, bu o’zaro bog’liqlik Yd=C tengligi ko’rinishida ifodalangan.

Ikkinchi to’g’ri chiziq – bu haqiqatdagi iste’mol grafigi bo’lib, haqiqiy iste’mol va ixtiyordagi daromad teng bo’lgan nuqtada (190 ming so’m) bissektrisa bilan kesishadi. Bundan quyig nuqtada haqiqiy iste’mol ixtiyordagi daromaddan ortiq. Bu vaziyat insonlarni qarz hisobiga hayot kechirishlarini bildiradi. Ikki to’g’ri chiziq kesishish nuqtasidan yuqorida haqiqiy iste’molning barcha miqdorlari ixtiyordagi daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol grafigi o’zining og’ish burchagiga ega va bissektrisadan farqli ravishda daromad nolga teng bo’lganda iste’molni ma’lum miqdorini ko’rsatadi



Chizmadan ko’rinib turibdiki, odamlar joriy yilda hech qanday daromadga ega bo’lishmasa ham, iste’mol qilishdan butunlay to’xtamaydilar, balki ular o’zlarining o’tgan yillardagi jamg’armalari yoki qarz hisobiga yashashadi. Ixtiyordagi daromad va haqiqiy iste’mol o’rtasidagi algebraik bog’liqlikni C=a+bYd ko’rinishidagi chiziqli tenglama ifodalaydi. Bunda a – ixtiyoridagi daromaddan qat’iy nazar avtonom iste’mol, b – chiziqning og’ishi. Chiziqning og’ishi iste’mol hajmini o’zgarishi (vertikal o’zgarish) va ixtiyordagi daromad miqdorini o’zgarishi (gorizontal o’zgarishi) nisbatlari sifatida aniqlanadi.



Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg’arish grafigini ham ko’rib chiqamiz

Jamg’arish grafigi ixtiyordagi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va ixtiyordagi daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang’ich daromad darajasida jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. Jamg’arish grafigi iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodaga ega: S=-a+(1-b) Yd, bunda a – ixtiyordagi daromad darajasi uning boshlang’ich miqdoridan past bo’lgandagi qarz hajmi, (1-b) – og’ish burchagi bo’lib, jamg’arishni o’zgarishini (vertikal o’zgarish) daromadning o’zgarishiga (gorizontal o’zgarish) bo’lgan nisbati sifatida aniqlanadi.

Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib iste’mol funktsiyasini yozamiz:

C = a + b Yd , bu yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu erda: T – soliqlar;

b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.

ΔS

b = --------- 100



Δ Yd

Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq.

Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:

S = -a + (1 -b) Yd

Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funktsiyalarini yanada to’laroq bilish uchun iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.

Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:

S

APC = ------------- 100



Yd

bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik.

Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:
S

APS = --------------- 100

Yd

Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha moyillik.



Iste’moldagi o’zgarishlarning shu o’zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o’zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi.

Δ S


MPC = ----------- 100

Δ Yd


Bu erda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chegaralangan moyillik.

Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi jamg’arishga chegaralangan moyillik deyiladi.

Δ S

MRS = ------------ 100



Δ Yd

Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg’arishga o’rtacha moyillik.

. Daromadning o’sgan qismi yoki iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Shu sababga ko’ra iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik ko’rsatkichlari yig’indisi 100%ga yoki koeffitsient ko’rinishida 1ga teng bo’ladi.

MRS + MRS =100% yoki 1.

MRS va MRS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga uchraydilar.

Investitsiyalar YaIMning juda muhim va eng o’zgaruvchan tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Pasayish vaqtida tovar va xizmatlarga xarajatlar qisqarishi yuz beradi, bu qisqarishning katta qismi investitsion xarajatlar hajmining pasayishi tufayli yuzaga kelgan.

Iqtisodchilar tovar va xizmatlar ishlab chiqarish miqdorining o’zgarish tabiatini yaxshiroq tushunish uchun investitsiyalarni o’rganadilar. YaIM modellarida investitsiyalar darajasini real foiz stavkasi bilan bog’lovchi oddiy funktsiya I=I(r) qo’llaniladi. Bunday funktsiya real foiz stavkasining ko’payishi investitsiyalarni qisqarishini yuzaga keltirishini anglatadi.

Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.

Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.

Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:

- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalarivah.k.);

- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);

- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);

- davlat byudjeti mablag’lari;

- chet elliklar mablag’lari.

Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:

1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;

2) foiz stavkasi.

Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motive foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo’lsagina sotib oladilar.

Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori.

Kapital birligiga real foyda quyidagini tashkil etadi:

Foyda me’yori = daromad (R/ R) – xarajatlar (Rk/R)(r +δ)

Muvozanat sharoitida kapital ijarasidan olinadigan haqiqiy narx kapitalning chekli mahsulotiga teng bo’lganligi sababli biz foyda me’yori uchun ifodani quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin:

Foyda me’yori =MPK –(Rk/R)(r +δ)

Kapitalni ijaraga beruvchi firmalar agar kapitalning chekli mahsuloti bir birlik kapitalga xarajatlardan katta bo’lsa foyda oladilar, aksincha bo’lsa, zarar ko’radilar. Aynan shu ko’rsatkich sof investitsiyalar miqdorini belgilab beradi.

∆K=In(MPK –(Rk/R)(r +δ))

bunda In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) funktsiya sof investitsiyalar miqdori investitsiyalarga rag’batlar mavjudligiga qanchalik ta’sirchanligini ko’rsatadi.

Endi biz investitsiya funktsiyasini keltirib chiqarishimiz mumkin. Korxonalar asosiy fondiga investitsiyalar uchun xarajatlarning umumiy miqdori sof investitsiyalar va chiqib ketgan kapitalni tiklashga investitsiyalar miqdorlari yig’indisiga teng. Investitsiya funktsiyasi quyidagicha yoziladi:

I=In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) +δK.

Korxonalar asosiy fondlariga investitsiyalar kapitalning chekli mahsuloti, kapital birligiga xarajatlar va kapitalning chiqib ketgan miqdoriga bog’liq bo’ladi.

Model shuningdek investitsiyalar nima uchun foiz stavkasiga bog’liqligini ham ko’rsatadi. Foiz stavkasini o’sishi kapital birligiga xarajatlarni ko’paytiradi. . Bu kapital egalari tomonidan olinadigan foyda qisqarishiga olib keladi va kapitalning katta qismini jamg’arishga rag’batni qisqartiradi. Xuddi shunga o’xshash, foiz stavkasini pasayishi kapital birligiga xarajatlarni qisqartiradi va investitsiyalarni rag’batlantiradi. Shu sababdan ham investitsiyalarning foiz stavkasiga bog’liqligini ifodalovchi egri chiziq pastga egilgan.



  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling