Тошкент молия институти


Yal’i taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 0.84 Mb.
bet2/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#214239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5224442027520822355

Yal’i taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yal’i taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi yal’i taklifning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yal’i taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o’zgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgaradi. Natijada yal’i taklif egri chizig’i joyini o’zgartiradi.

1. Resurslar narxining o’zgarishi. Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko’payishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Resurslar taklifining ko’payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi alohida resurslar taklifi o’zgarishining yal’i taklifga ta’sirini qarab chiqamiz.

Yer resurslari taklifi yangi erlarning ochilishi, sug’orish inshootlarining qurilishi, yerga ishlov berish texnik imoniyatlarining takomillashuvi tufayli ko’’ayishi mumkin. Yer resurslari taklifining ko’payishi yerga bo’lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni ‘asaytiradi. Irrigastiya qurilmalari shahobchalarining kengayishi, dehqonchilikning intensiv usullarini qo’llash tufayli er resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling