Toshkent moliya instituti xuzuridagi


KIRISH Bitiruv malaka ishining dolzarbligi


Download 53.63 Kb.
bet2/9
Sana23.12.2022
Hajmi53.63 Kb.
#1046225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
malaka ish Ahmadjonov

KIRISH
Bitiruv malaka ishining dolzarbligi. Byudjet islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda moliyaviy strategiyani shakllantirish dastlabki o‘rin turadi. U davlat moliya tizimining istiqbolli maqsadlarini, uning joriy byudjet ehtiyojlari bilan, tashqi va ichki qarzlar miqdori, davlatning to‘lov qobiliyati bilan markaziy va mahalliy hokimiyatning barcha bo‘g‘inlarini javobgarlik darajasi, mahalliy byudjet vakolatlarini ular ixtiyoridagi mavjud resurslar, daromadlar va imkoniyatlar bilan bog‘laydi. Mamlakatimizda aniq maqsadga yo‘naltirilgan kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilganligi natijasida jamiyatda muayyan barqarorlik ta’minlanadi, mahalliy byudjetlarda aholi daromadlari va ijtimoiy xizmat bilan ta’minlanganlik darajasida tafovutlar keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mahalliy byudjet xarajatlari bilan ekologik jihatdan og‘ir sharoit yuzaga kelgan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashuvining oldi olinadi. “Inqiroz avjga chiqqan davrda davlatlarning iqtisodiyotga keng miqyosda aralashuvi birinchi navbatda bank-moliya tizimi likvidligini qo‘llab quvvatlashga, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga, ishlab chiqarishga, kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga kam e’tibor berilgani vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin”. Bunday sharoitda mahalliy byudjetlar o‘rtasida byudjet munosabatlarini boshqarish va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish dolzarb hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirishning eng muxim ustuvor yo`nalishlariga bagishlangan Vazirlar Maxkamasi majlisidagi ma’ruzasida Byudjet jarayonlarida mahalliy byudjetlarning ishtiroki, mahalliy boshqaruv organlari faoliyati, moliya va byudjet siyosati masalalari, hududiy iqtisodiyot taraqqiyoti hamda mahalliy byudjetlar xarajatlarini moliyalashtirishni hal etish dolzarb masalalaridir. Mahalliy byudjetlarning daromadlar va xarajatlar tarkibi ma’lum o‘zgarishlarga duch keldi.
Byudjet xarajatlarini minimal xarajatlar bilan maksimal samaraga erishish, tasdiqlangan byudjet rejalari asosida mablag‘larni ishlatishning maqsadli xususiyati, byudjet mablag‘larini miqdori va mahalliy byudjetdan berilgan ajratmalardan foydalanishni hisobga olib borish kabi tamoyillar asosida moliyalashtiriladi. O‘zbekistonda byudjet tizimini samarali boshqarish, g‘aznachilikda turli darajadagi mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini muvofiqlashtirish hozirgi sharoitda respublika va uning hududlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida asosiy e’tiborni byudjet jarayonlarini boshqarishni rivojlantirish, mahalliy byudjetlar xarajatlarini rejalashtirishni yaxshilash, xorijiy tajribalar asosida respublikamizda byudjet tizimini boshqarishning yangi uslubiyotini byudjet amaliyotiga kiritish kabi muhim vazifalar aniqlangan. Hozirgi sharoitda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati, byudjet jarayoni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlar dolzarb hisoblanadi. Shu maqsadda bitiruv malakaviy ishimizga “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish masalalari” mavzusi tanlandi.
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi-O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarni samarali boshqarishni takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflar berishdan iborat.

Download 53.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling