Toshkent moliya instituti xuzuridagi


Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni balansdan chiqarish hisobi


Download 53.63 Kb.
bet8/9
Sana23.12.2022
Hajmi53.63 Kb.
#1046225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
malaka ish Ahmadjonov

2.2 Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni balansdan chiqarish hisobi

Byudjet tashkilotlarida foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan asosiy vositalar amaldagi qonunda belgilangan tartibda balansdan quyidagi hisobdan chiqariladi.


Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar:
a) tugatilishi munosabati bilan;
b) bepul berilishi munosabati bilan;
v) sotilishi munosabati bilan;
g) kamomad aniqlanganda yoki yo’qolishi munosabati bilan hisobdan chiqariladi.
Yuqorida ko’rsatilgan sabablar bo’yicha byudjet mablag­larining bosh tasarruf qiluvchilar asosiy vositalarni balansdan chiqarishni qonun asosida mustakil ravishda amalga oshiradi.
Asosiy vositalarning tugatilishi sababli ular quyidagi xolatlarda:
a) belgilangan xizmat qilish muddati tugagandan sung (eskirish tula hisoblanganda);
b) fizik (jismoniy) eskirishi, avariya, tabiiy ofat, foydalanishning me’yoriy shartlari buzilishi natijasida foydala­nishga yaroqsiz xolatga kelishi munosabati bilan;
v) ma’naviy eskirishi munosabati bilan;
g) tegishli hukumat organlarining qarorlari bo’yicha chiqari­lishi munosabati bilan;

d) qurilish olib borilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi va byudjet tashkiloti qayta yangi texnika bilan ta’minlanishi munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin.
Bunda asosiy vositalarni qayta tiklash imkoniyati bo’lmaganligida yoki iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofq bo’lmaganda ular tugatiladi.
Byudjet tashkilotlarining tarkibiy bo’linmalari asosiy vositalarni tugatishni qonunda belgilangan tartibda tegishli yuqori tashkilotning roziligi bilan amalga oshiradi.
Ma’naviy eskirgan asosiy vositalar - tayinlanishiga muvofq bir xil bo’lgan asosiy vositalarning yuqori ish unumdorligi va iqtisodiy jixatdan samaradorligi yuqori bo’lgan, qiymati xam bir xil yoki arzonroq bo’lgan xuddi shunday asosiy vositalarning chiqarilishi natijasida qiymati tushib ketgan asosiy vositalardir.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar tugatilishi sababli ularni hisobdan chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish uchun tashkilotning raxbari (raxbarning urinbosari) yoki bosh muxandisi raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga byudjet tashkilotining tegishli mutaxassislari, buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslar kiritilgan bo’lishi kerak. Komissiya byudjet tashkiloti raxbarining buyrugi bilan tuziladi va moliya yili davomida doimiy ishlab turadi.
Komissiya asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishini asoslovchi dalolatnoma tuzadi. Byudjet tashkilotlarida: Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi (AV-4-shakl); Transport vositalarini tugatish dalolatnomasi (AV-4a-shakl); Asboblarni, ishlab chiqarish va xujalik inventarlarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (443-shakl); Kutubxonadan chiqarilgan adabiyot-larni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (444-shakl) tuziladi.
Asosiy vositalarning tugatilishi munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya:
a) tegishli texnik xujjatlardan (pasport, darajama-daraja rejalar va boshka xujjatlar) xamda buxgalteriya hisobi ma’lu-motlaridan foydalangan xolda hisobdan chiqarishga taalluqli bo’lgan asosiy vositalarni bevosita tekshirib chiqadi;
b) ularni tiklashning iloji yo’qligini yoki iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofq emasligini belgilaydi;

v) asosiy vositalarni hisobdan chiqarish sabablari (eskirish tula hisoblanganligi , eskirishi, rekonstruksiya qili­nishi, foydalanishning me’yoriy sharoitlari buzilishi, tabiiy ofat, avariya va boshqalar)ni aniqlaydi;
g) asosiy vositalarning vaqtidan avval foydalanishdan chiqishi sodir bo’lganligida aybdor shaxslarni aniqlaydi, ularni O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari bo’yicha belgilangan javobgarlikka tortish haqida taklif kiritadi;
d) tugatilayotgan asosiy vositalarning ayrim uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaxo metallaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlaydi va ularni baxolashni amalga oshiradi;
e) tugatilayotgan asosiy vositalardan yaroqli uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaxo metallar olinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning miqdori va ogirligini aniqlaydi hamda ularning tegishli omborga topshirilishini nazorat qilish vakolatiga ega bo’ladi.
Byudjet tashkilotini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish munosabati bilan asosiy vositalar tugatilayotganda komissiya hisobdan chiqarishga taqdim etilgan asosiy vositalarning byudjet tashkilotini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jixozlash rejasiga to’g’ri kelishini tekshirishi kerak. Bunda komissiya asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasida tasdiqlangan rejaning yoki tegishli qarorning bandiga va sanasiga havola qiladi.
Tugatish dalolatnomasida tugatilayotgan asosiy vositalarni tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlar: asosiy vosita ishlab chiqarilgan yoki qurilgan yil, uning byudjet tashkilotiga kelib tushgan sanasi, foydalanishga berilgan sana, asosiy vositaning boshlangich (qayta baxolanganlari uchun qayta tiklash) qiymati, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo’yicha foydalanish muddati davomida hisoblangan eskirish summasi, amalga oshirilgan kapital ta’mirlashlar soni kursatiladi. Shu bilan birga, asosiy vositani hisobdan chiqarish sabablari, uning uzellari, detallari, materiallari, rangli va kimmatbaxo metallar batafsil yoriti-ladi. Transport vositalari tugatilganda, bundan tashkari, transport vositasi bajargan ishlarning me’yoriy va haqiqiy hajmi ko’rsatiladi, qismga ajratish natijasida olinishi mumkin bo’lgan yaroqli uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaxo metallarning texnik tavsifi va ulardan keyinchalik foydalanish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
Avariya yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilganli-gi oqibatida tugatilayotgan asosiy vositalar balansdan chiqaril-ganda tugatish dalolatnomasiga avariya yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilganligi haqidagi dalolatnomaning nusxasi ilova qilinadi hamda avariyaga yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilishiga olib kelgan sabablar tushuntiriladi va aybdor shaxslarga nisbatan qurilgan chora-tadbirlar ko’rsatiladi.
Tabiiy ofatlar oqibatida tugatilayotgan asosiy vositalar balansdan (hisobdan) chiqarilganda tugatish dalolatnomasiga maxsus hukumat komissiyasining xulosasi ilova qilinadi.
Asosiy vositalarni tugatish bo’yicha komissiya tomonidan tuzilgan asosiy vositalarni tugatish haqidagi dalolatnomalar asosiy vositalar balansda (hisobda) turgan byudjet tashkilo­tining raxbari tomonidan, byudjet tashkilotlarining tarkibiy bo’linmalari (masalan, umumta’lim maktablari) qonunga muvofq tegishli yuqori tashkilotlar (masalan, tuman xalk ta’limi bulimi) bilan kelishilgandan sung, tasdiklanadi. Tugatish xdkidagi dalolatnomalar tasdiqlanmaguncha asosiy vositalarni qismlarga ajratish man etiladi. Qismlarga ajratilgan asosiy vositaning boshqa asosiy vositani ta’mirlash uchun yaroqli bo’lgan, barcha uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaxo metallari tegishli subschyotlarga kirim qilinadi. Bu subschyotlarda ular asosiy vositalarni tugatish bo’yicha komissiya belgilagan foydalanish mumkin bo’lgan baxo bo’yicha hisobga olinadi. Yaroqsiz uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaxo metallar ikkilamchi ashyolar (temir-tersak, latta-putta yoki o’tin) sifatida kirim qilinadi va byudjet tashkilotining ixtiyori bo’yicha foydalaniladi. Byudjet tashkilotlari uchun tugatilgan asosiy vositalarni qismlarga ajratish natijasida olingan uzellarni, detallarni, materiallarni, rangli va qimmatbaxo metallar xamda ikkilamchi ashyolarni sotishdan tushgan mablaglar ularning ixtiyorida qoladi va yangi asosiy vositalarni sotib olish yoki foydalanishdagi asosiy vositalarni ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar tugatilishi muno­sabati bilan ularning balansdan chiqarilishi buxgalteriya xiso­bida quyidagi tartibda qayd qilinadi:

Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalar tugatil-ganida, belgilangan tartibda rasmiylaiggirilgan asosiy vosita­larni tugatish dalolatnomasiga asosan, byudjet tashkiloti buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari. Eskirishi kisman hisoblangan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan tartibda rasmiylaiggirilgan asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasiga asosan, byudjet tashkiloti buxgalteriya­ sida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:

  1. asosiy vositalarning boshlangich (qayta tiklash) qiymatiga: Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari.

  2. asosiy vositalarning eskirish summasiga:

Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti; Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti. Eskirishi to’la hisoblangan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarni tu­gatish dalolatnomasiga asosan, byudjet tashkiloti buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti; Kredit 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari. Tugatilgan asosiy vositalardan olingan uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaxo metallar omborga, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buxgalteriya xujjatlariga asosan, kirim qilinganida byudjet tashkiloti buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 060 - «O’quv, ilmiy va boshka maqsadlar uchun material­ lar» subschyoti yoki
Debet 063 - «Xo’jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti yoki
Debet 064 - «Yonilgi, yoqilg’i-moylash materiallari» subschyoti yoki
Debet 066 - «Idishlar» subschyoti yoki
Debet 067 - «Boshqa materiallar» subschyoti yoki
Debet 069 - «Mashina va uskunalar uchun extiyot qismlar» subschyoti; Kredit 273-«Bepul olingan (berilgan), shuningdek, inven­tarizatsiya natijasida ortikcha chiqqan tovar-moddiy qiymatliklarni hamda pul mablaglarini kirim qilinishi» subschyoti.

Byudjet tashkilotlarining tarkibiy bo’linmalari o’z asosiy vositalarini qonunda kuzda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlarning roziligi bilan sotish huquqiga egadir.
Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalari qonunda kuzda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlarning buyrugi, farmoyishi yoki qaroriga muvofq boshqa tashkilotlarga bepul berilishi mumkin.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilishi munosabati bilan ularning balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarni bepul berilishi haqidagi xujjatlarga asosan, asosiy vositalari boshqa tashkilotlarga bepul berilgan byudjet tashkilotining buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari. Eskirishi kisman hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarni bepul berilishi haqidagi xujjatlarga asosan, asosiy vositalari boshka tashkilotlarga bepul berilgan byudjet tashkilotining buxgalteriyasida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:

    1. asosiy vositalarning boshlangich (qayta tiklash) qiymatiga: Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari.

  1. asosiy vositalarning eskirish summasiga:

Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti; Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti. Eskirishi tula hisoblangan asosiy vositalar boshka tashkilot­larga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning bepul berilishi haqidagi xujjatlarga asosan, asosiy vositalari boshka tashkilotlarga bepul berilgan byudjet tashkilotining buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti; Kredit 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo’lganligi aniqlanganligi munosabati bi­lan ularning balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyi­dagi tartibda qayd qilinadi.
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalarning kamo­ madi yoki nobudgarchilik sodir bo’lganligi aniqdanganida, belgi­langan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo’lganligi aniqlangani haqidagi xujjat-larga asosan, byudjet tashkilotining buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari. Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalarning kamo­madi yoki nobudgarchilik sodir bo’lganligi anitslanganida, belgi­langan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamo­madi yoki nobudgarchilik sodir bo’lganligi aniqlangani haqidagi xujjatlarga asosan, byudjet tashkilotining buxgalteriyasida kuyi­ dagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
asosiy vositalarning boshlangich (qayta tiklash) qiymatiga: Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 010-013, 015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari.
asosiy vositalarning eskirish summasiga:
Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti; Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti. Eskirishi tula hisoblangan asosiy vositalarning kamomadi
yoki nobudgarchilik sodir bo’lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo’lganligi aniqlangani haqidagi xujjatlarga asosan, byudjet tashkilotining buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti; Kredit 010-013,015-019 - «Asosiy vositalar» subschyotlari



Xulosa
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar nazoratni rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblarini o‘rgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini ochib berishga harakat qildik, byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash yo‘llarini tadqiq qilib, byudjet amaliyotida byudjetdan tashqari markazlashgan va markazlashmagan manbalardan foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik. Mening fikrimizcha, davlat, mamlakatdagi bozor munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy sohalarni boshqarish, ularning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etishi zarur, ularning normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shartsharoitlarni yaratib berishi shart:
-byudjetdan moliyalanadigan sohalarga mablag‘larni to‘liq hajmda safarbar etish imkoniyatini ta’minlash maqsadida davlat daromadlarining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim;
- ijtimoiy sohalardagi ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini o‘rnatish va ularga amal qilinishini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib borishi bilan ularning sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat qimmat turishi bilan birga, sifat standartiga ham javob berishi kerak, deb hisoblayman;
- aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar ko‘rsatilishini davlat bundan keyin ham o‘z zimmasiga olishi, bu xizmatlarning to‘liq moliyalashtirilishiga erishishi lozim;
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishga bo‘lgan harakati ularning asosiy faoliyatiga, tashkilotning missiyasini bajarishga putur etkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, byudjet tashkiloti notijorat 67 asosida faoliyat yurituvchi muassasa, shuning uchun unda marketing masalalari o‘ylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak;
- aksariyat aholi ongida ta’lim, va ayniqsa, sog‘liqni saqlash xizmatlarining bepul taqdim etilishi kerak, degan stereotiplar mustahkam o‘rnashgan, bu esa byudjet tashkilotlarini pullik asosga o‘tkazish jarayonida aholi tomonidan noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, “pullik narsa qadrli bo‘ladi” degan naqldan kelib chiqib, byudjetning chegaralanganligi sharoitida byudjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat davlat mablag‘lari hisobiga qoplashning ob’ektiv tarzda imkoni yo‘qligini tushunib etish vaqti keldi;
- hozirgi kunda byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari daromadlari barcha soliqlar va majburiy to‘lovlardan ozod etilganligini e’tirof etgan holda, byudjet tashkilotlarining tijorat faoliyatlarini davlat bundan keyin ham rag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq,;
- byudjet tashkilotida shunday muhitni yaratish kerakki, byudjet tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijasidan unda ishlayotgan ko‘p sonli xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor bo‘lishi lozim, deb hisoblayman.


Download 53.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling