Jamg‘arma depozitlarning boshqa depozitlardan ajralib turadigan xususiyati shundaki, bank omonatchiga omonat daftarchasi beradi. Jam-g‘arma depozitlar davriy badallar asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda, ma’lum miqdorda pul sum-masini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi. Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo‘qolsa, yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko‘ra unga yangi omonat daftarchasini beradi.
Muddatli depozitlar – yuridik va jismoniy shaxslarning shartno-mada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga doir mablag‘laridir.
Muddatli depozitlar quyidagi muddatlar bo‘yicha tasniflanadi:
muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar;
muddati 365 kundan ortiq bo‘lgan depozitlar;
Agar muddatli depozit muddati o‘tgandan keyin mijoz tomonidan talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan taqdirda, asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tka-ziladi.
Muddatli depozitlar ikki xil bo‘ladi:
xususiy muddatli depozitlar;
avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yiladigan muddatli depozitlar.
Xususiy muddatli depozit omonatchi tomonidan bank ixtiyoriga shartnoma asosida ma’lum muddatga butunlay beriladi. Muddat tuga-gandan so‘ng, qo‘yilma omonatchi tomonidan xohlagan vaqtda olinishi mumkin. Bunday depozit uchun to‘lanadigan foiz depozitning muddati, hajmi va omonatchi tomonidan shartnomaning bajarilishiga bog‘liq.
Avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yilgan muddatli depo-zitni olish uchun shartnomaga ko‘ra, omonatchi qachon va qancha miqdorda mablag‘ini olishi haqida bankka xabar berishi lozim. Xabar berish muddatiga ko‘ra, omonatga foiz o‘rnatiladi. Muddatli depozit-larning hajmi shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida o‘zgartirilmaydi. Bu depozitlardan joriy hisob-kitoblar, to‘lovlar uchun foydalanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |