Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
«Kapitalning yetarliligi»
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
«Kapitalning yetarliligi» so‘zi bank barqarorligiga berilgan umumiy bahoni va bankning riskka bardoshlilik darajasini ifodalaydi. yetarlilik tamoyilining mohiyatini quyidagicha ta’riflash mumkin: o‘z kapitalning miqdori aktiv miqdoriga (riskni hisobga olgan holda) mu-tanosib bo‘lishi kerak.
Kapitalning yetarliligi quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi: riskka asoslangan kapitalning umumiy summasi (TAKUS) chegirmalarni hisobga olgan holda I darajali va II darajali kapital yig‘indisi sifatida aniqlanadi: TAKUS = I darajali kapital + II darajali kapital + Chegirmalar riskni hisobga olgan holda aktivlarning umumiy summasi (THOAUS) chegirmalar ajratilib, tavakkalchilik hisobga olingan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi: RHОАUS = Balansdagi aktivlar + Balansdan tashqari schyotlar –Chegirmalar umumiy kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti (K1) quyidagicha aniqlanadi: K1 ning ruxsat etilgan minimal darajasi 0,1 ga teng (10 foiz) I darajali kapitalning yetarlilik darajasi quyidagicha aniqlanadi: K2 ning ruxsat etilgan minimal darajasi 0,05 ga teng (5 foiz). I darajali kapital tavakkalchilikka asoslangan umumiy kapitalning 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Kapitalning yetarlilik darajasi talablari bilan bir qatorda tijorat banklari nomoddiy aktivlar va gudvill chegirib tashlangan I darajali kapitalning umumiy aktivlar summasiga nisbati orqali aniqlanadigan Leveraj koeffitsiyentiga rioya etishlari kerak: Nomoddiy aktivlar – moddiy va jismoniy shaklga ega bo‘lmagan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir. Ularning ko‘p turlari mavjud, jumladan; dasturiy ta’minot; foydalanish huquqi; marketing; texnik ma’lumotlar. Biroq, bank faoliyatida eng ko‘p tarqalgan nomoddiy aktiv gudvilldir. Gudvill – firmaning moddiy o‘lchov ta’siriga tushmaydigan sar-moyasi, masalan, obro‘-e’tibor, kasbiy omilkorlik aloqalari, marketing usullari va boshqalar. Boshqacha qilib aytganda, moddiy ishlab chiqarish doirasiga kirmaydigan sohalarda firma jamg‘argan aktiv-larining «narxi». Bu ibora mijozlarning xayrixohligi, iltifoti, moyilligini ham ifodalaydi. Gudvill sezilmaydigan asosiy kapital, sezilmaydigan ak-tivlar bo‘lib, umuman korxona bahosi bilan uning mavjud asosiy kapitali bahosi o‘rtasidagi farqni ifodalaydi. Leveraj – bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, u I darajali kapitalning nomoddiy aktivlar qiymati, jumladan gudvillni chiqarib tashlagan holda umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling