Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIJORAT BANKLARINING RESURSLARI, KAPITALI VA ULARNING TARKIBI.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi (ishtirokchilari) tomonidan qaror qabul qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
Bank aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ili-shi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qiladi. Ilti-mosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi: aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘-risidagi tugatish sabablari ko‘rsatilib, qabul qilingan qaror; bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qilingan vaqtdagi balans hisoboti; tugatish komissiyasi a’zolari ro‘yxati; aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan tugatish qarori. Bankni majburiy tarzda tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini qaytarib olish to‘g‘-risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bankni tugatish jarayoni qu-yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: moddiy nazorat va inventarlash; aktivlarni tekshirish; aktivlarni baholash va sotish; sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; tugatish jarayonini yakunlash. Likvidator (tugatuvchi) yoki tugatish komissiyasi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: tugatish komissiyasining hisoboti; bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bankni tugatish (ixtiyoriy ravishda tugatilganda) to‘g‘risidagi bayonnoma; Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori; bankni tugatish to‘g‘risida gazetalarda e’lon qilingan axborot nusxasi; tugatish komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror; bankning oxirgi ish kunidagi balansi; tugatish balansi; balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha tugatish balansi; soliq inspeksiyasining tugatish dalolatnomasi; yo‘q qilish uchun bank hujjatlari va yig‘ma jildlari ajratilganligi to‘g‘risida dalolatnoma; hujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolat-nomasi; muhrlarni yo‘q qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, bankni, banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi. TIJORAT BANKLARINING RESURSLARI, KAPITALI VA ULARNING TARKIBI. Tijorat banklarining resurslari bankning: o‘z resurslari; jalb qilingan mablag‘lari; emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. Bu resurslar banklar tomonidan quyidagi passiv operatsiyalarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladi: qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish; foyda hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar sum-masini oshirish; boshqa kreditorlar mablag‘larini jalb qilish; depozit operatsiyalarini amalga oshirish. Bu operatsiyalar bank balansining passiv qismida aks ettiriladi. N-mamlakatdagi tijorat banklarining resurslari quyidagilar bilan tavsif-lanadi (8-jadval). 8-jadval. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling