Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


-jadval. Lizing munosabatiga kiruvchi vositachilar tasnifi


Download 0.64 Mb.
bet52/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

32-jadval.
Lizing munosabatiga kiruvchi vositachilar tasnifi




Vositachilar

Izoh

1

2

3

1

Distribyuter (ulgurji vositachi)

  • bu o‘z jamg‘armasiga ega bo‘lgan, o‘zi sotib olish bilan shug‘ullanuvchi mustaqil firma; yirik firma-ning xorijiy davlatdagi yagona vakili.

U lizing munosabatlarida to‘liq harakat qiladi. Ammo mulk egasi bo‘la olmaydi. Narxni belgilaydi, bozorni o‘rganadi, servis xizmatlarni bajaradi.

2

Diler

  • bu ishbilarmon savdogar (firma, bank) o‘z hisobiga va o‘z nomidan qimmatli qog‘ozlar, tovarlar, valutani avval xarid qilib, so‘ngra xizmatiga sotish maqsadida tijorat ishlari bilan shug‘ullanadi.

Bu mustaqil tadbirkor. O‘z hisobidan uskunalarni sotib oladi va iste’molchilarga sotadi.
Diler daromadi sotib olinadigan va sotiladigan tovarlar o‘rtasidagi farqdan keladigan tushumdan iborat bo‘ladi.

3

Broker

  • bu fond, tovar, valuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachi (dallol) lik qiladigan ayrim shaxs yoki firma. Brokerlar odatda mijoz topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi mumkin. Yirik brokerlik idoralari xaridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda o‘zlari kreditor bo‘ladilar, bitimlarni bajarilishiga kafillikni ham o‘z zimmasiga oladilar.

Ular o‘z mijozlarining nomidan, ularning topshiriqlariga binoan harakat qiladilar. Tomonlar manfaatlarini muvofiqlashtirishga harakat qiladilar. Ammo riskni o‘z zimmasiga olmaydi.

4

Komissionerlar

  • bu pulli xizmat ko‘rsatish, biror ish bajarish bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan bir tomon bo‘lib, u:

    • dallol sifatida muayyan tovarlarni komissiyaga qabul qiladi. Bu tovarlar sotilgandan keyingina uning haqini egasiga to‘laydilar;

    • o‘z nomidan oldi-sotdi qiladi, ammo mijoz hisobidan;

    • agar o‘z vakolatini suiiste’mol qilib zarar ko‘rsa, unga javob berishni o‘z zimmasiga oladi.

5

Makler

  • vositachi, ammo bitim tuzmaydi, balki bitim tuzish uchun xaridorni jalb etadi. Buning uchun vositachilik haqi oladi.

U manfaatdor tomonlarni uchrashtiradi. Ammo o‘zi bitim tuzishda qatnashmaydi.

6

Konsignator

  • sotiladigan tovarlar qo‘lida bo‘lgan, lekin uning egasi bo‘lmagan vositachi. U ishlab chiqaruvchilar-dan uskunalarni komission narxda sotib oladi va sotuvchi narxidan past bo‘lmagan narxda sotishni ta’minlaydi. Mulkka bo‘lgan egalik huquqi mulkni yetkazib beruvchi tomonida saqlanib qoladi.

7

Ishonchli vakil

  • oldi-berdi munosabatlarini o‘z nomidan, shuning-dek, firma topshirig‘i bilan amalga oshiradi. Topshiriq-shartnomada o‘rnatilgan vakolat doirasida faoliyat olib boradi.

8

Ishlab chiqaruvchi (yoki iste’molchi) agenti

  • yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lib, firmaning hisobidan yoki uning nomidan, uning xizmatchisi bo‘lmay turib, boshqa shaxsning topshirig‘i bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs. U muayyan bir obyekt emas, balki bir necha obyekt oldi-sotdisini amalga oshirish vakolatiga ega.

9

Kommivoyajer

  • bular yirik savdo firmalarining xaridorlarga namunalar, kataloglar, ko‘rgazma varaqalar asosida tovarlar taklif etadigan sayyor vakillar, savdo bo‘yi-cha vositachilardir.

  • Ular nafaqat mulkni sotadilar, shu bilan bir qator-da lizing obyektini iste’molchiga yetkazib beradilar.

10

Maslahatchilar

  • oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan summaga qarab foiz olish evaziga ishbilarmonlar doirasida lizing xizmatlari bozorini tadqiq qiladi. Ammo ular daromadlar taqsimotida qatnashishmaydi va buyurt-machilarga kafillik bermaydi.

O‘zbekiston Respublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida lizing obyektiga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin».
Lizing obyektlarini quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin (33-jadval).

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling