Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


-chizma. Lizing subyektlari. Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi


Download 0.64 Mb.
bet51/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

32-chizma. Lizing subyektlari.


  • Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi. Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyekti (mulk) ni mulk qilib beruvchi shaxs, masalan, bank lizing beruvchi hisoblanadi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchi hisoblanadi.
    Lizing beruvchi (bank), lizing oluvchi va lizing sotuvchilar sifatida maydonga chiqadigan subyektlar va ular o‘rtasida vositachi sifatida chiquvchi shaxslarni quyidagicha tasniflash mumkin (31-jadval).
    Lizing beruvchilar, xususan tijorat banklari xaridor sifatida maydonga chiqmoqchi bo‘lishsa, u holda ular o‘zlarining faoliyatlarini lizing operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirgan bo‘lishlari lozim. Bunday hollarda bank mulkni sotib olish uchun korxona (firma) larga ssuda (kredit) berish o‘rniga ularni o‘zi sotib oladi va ularni ijara oluvchilarga ijaraga bergan holda, egalik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki shartnomaga binoan ijara haqini (lizing to‘lovini) oladi.
    Lizing beruvchi mol-mulkni yetkazib bermaganlik, to‘liq yetkazib bermaganlik, yetkazib berish muddatini o‘tkazib yuborganlik va tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mol-mulkni yetkazib berganlik uchun, agar bu uning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli bo‘lsa, lizing oluvchining oldida javobgar bo‘ladi.


    31-jadval.

    Lizing munosabatlarida qatnashuvchi subyektlar







    Lizing subyektlari

    Izoh

    1

    2

    3

    1.

    Lizing beruvchilar
    (mulk egalari)

    • tijorat banklari

    • qo‘shma lizing kompaniyalari

    • xorijiy lizing kompaniyalari

    • xalqaro lizing kompaniyalari

    • ixtisoslashgan milliy lizing kompaniyalari

    • uskunalarni tayyorlovchi korxonalar

    filiallari va bo‘limlari

    • davlat va mahalliy organlar:

    • mulk qo‘mitalari

    • moddiy ta’minot bo‘limlari

    • qurilish bosh boshqarmalari

    • boshqa organlar

    • sug‘urta kompaniyalari

    • nafaqa fondlari

    • lizing operatsiyalarini amalga oshirishga

    yo‘naltirilgan ochiq va yopiq aksionerlik jamiyatlari

    2.

    Lizing oluvchilar (mulkdan foydala-nuvchilar)

    • tovar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar

    • yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar




    3.

    Lizing obyektlarini sotuvchilar

    • mulk egalari

    • uskunalarni ishlab chiqaruvchilar

    • moddiy ta’minot tashkilotlari

    • savdo firmalari

    • aksionerlik jamiyatlari

    • qo‘shma korxonalar

    4.

    Lizing munosabatlarida qatnashuvchilar o‘rtasida vositachilik qiluvchilar

    • distribyutor (ulgurji xodim)

    • dilerlar

    • brokerlar

    • komissionerlar

    • maklerlar

    • konsignatorlar

    • ishonchli shaxs (vakil) lar

    • ishlab chiqaruvchilar agentlari (iste’molchilar)

    • kommivoyajerlar

    • maslahatchilar

    • xabarlovchi savdogarlar

    Lizing beruvchi lizing oluvchi oldida lizing obyekti yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, lizing obyekti sotuvchi va obyektining o‘zi lizing beruvchi tomonidan tanlangan va lizing oluvchi shu tufayli zarar ko‘rganligi isbotlangan hollar bundan mustasno.


    Lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyekti-ning oldi-sotdi shartnomasiga binoan solidar kreditorlar sifatida ish ko‘ra-dilar. Sotuvchi ular oldida lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish (lizing obyektining sifati, butligi, lozim darajada yetkazib berilishi va boshqalar) yuzasidan javobgar bo‘ladi. Bunda sotuvchi lizing obyekti bilan bog‘liq aynan bitta zarar uchun bir paytning o‘zida lizing oluvchi va lizing beruvchi oldida javobgar bo‘lishi mumkin emas.
    Operativ lizingni amalga oshirishda lizingga berilgan lizing obyektidan foydalanishga to‘liq yoki qisman to‘sqinlik qiluvchi kamchi-liklar uchun lizing beruvchi javobgar bo‘ladi. Bunday kamchiliklar aniq-langan taqdirda, lizing oluvchi lizing beruvchidan ularning bepul barta-raf etilishini va lizing to‘lovlari mutanosib ravishda kamaytirilishini yoki mazkur lizing obyektining kamchiliklarini bartaraf etish bilan bog‘liq o‘z xarajatlarining qoplanishini talab qilishga haqli.
    Lizing beruvchi lizing obyektining lizing shartnomasini tuzishda qayd etib o‘tilgan kamchiliklari uchun javob bermaydi.
    Lizing oluvchining aybi bilan lizing obyektining yo‘qolishi yoki lizing obyektining o‘z vazifasiga doir ahamiyatini yo‘qotishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, lizing oluvchini lizing beruvchi oldidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
    Lizing munosabatlariga kiruvchi har bir vositachi o‘zining funksiyasiga ega (32-jadval).


    Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling