Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


-jadval. Lizing va prokat o‘rtasidagi farqlar


Download 0.64 Mb.
bet59/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

36-jadval.
Lizing va prokat o‘rtasidagi farqlar





Baholash ko‘rsatkichlari

Munosabat turlari

Prokat (yollash)

Lizing

1

2

3

4

1

Ishlab chiqarish vositasiga bo‘lgan munosabat nuqtayi nazaridan

  • Foydalanish

  • Foydalanish

  • Egalik qilish

  • Qisman tasarruf qilish

2

Prokat obyekti nuqtayi nazardan

  • Xodim

  • Mulk

3

Resurslarga javobgar nuqtayi nazaridan

  • Ma’naviy va qisman moddiy

4

Motiv va rag‘bat nuqtayi nazaridan

  • Birinchi navbatda fiziologik ehtiyojni qondirish

  • Shaxsiy salohiyatini ishga solish, ijtimoiy va intellektual ehtiyojini qondirish




5

Ishlab chiqarilgan mahsulot va daromadga bo‘lgan huquq nuqtayi nazaridan

Mahsulot va daromadga korxonaning o‘zi xo‘jayinlik qiladi

  • Lizing oluvchi, ya’ni foydalanuvchi ixtiyorida bo‘ladi


6

Tovar ishlab chiqaruvchining holati nuqtayi nazaridan

  • Yollangan xodim

  • Tadbirkor – mulk egasi

7

Bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan

  • Ijrochilik

  • Ijrochilik

  • Boshqaruvchilik, ya’ni tashabbuskorlik

8

Boshqarish usuli nuqtayi nazaridan

  • O‘z-o‘zini boshqarish

  • Boshqarishning iqtisodiy usuli

9

Muvofiqlashtirish usuli nuqtayi nazaridan

  • Mehnat shartnomasiga

  • Mulkiy huquq

  • Qarziy huquq

  • Tijoriy huquq munosa-batlari

10

Ish haqi darajasi

  • Mehnat shartnomasiga binoan

  • Lizing oluvchining qoldiq daromadiga binoan

11

Menejerlar bilan munosabat nuqtayi nazaridan

  • Iyerarxik, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga

12

Tashkiliy nuqtayi nazardan

  • Yollangan mehnat

  • Mustaqil tadbirkorlik faoliyati

Shunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo‘lib, bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tovarlar (nikoh liboslari, muzlatkichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi. Bu ijara turining xususiyati shundaki, aksariyat hollarda muddati belgilanmaydi yoki ijara o‘ta qisqa muddatli bo‘ladi yoki iste’molchi undan xohlagancha foydalanishi mumkin.


Lizing esa ko‘p (30-40 yil) muddatgacha bo‘lishi mumkin. Bu turdagi ijaraning xususiyati shundaki, aksariyat hollarda (80-90%) lizing muddati tugagandan so‘ng mulk egalari o‘zgaradi, juda kam hollarda mulk egasi o‘zgarmay qolishi mumkin. Lizing operatsiyasini amalga oshirish chog‘ida uchta subyektning ishtirok etishi shartdir:

  • ishlab chiqaruvchi – lizing beruvchi;

  • iste’molchi – lizing oluvchi;

  • vositachi – lizing sotuvchi.

Vositachining asosiy vazifasi shundan iboratki, u ishlab chiqaruv-chidan asbob-uskunalarni sotib olib, buyurtmaga asosan iste’molchiga ma’lum bir muddatga ijaraga beradi. Shu bilan bir qatorda vositachi moliyalashtirish ishlarining barchasini o‘z zimmasiga oladi. Lizing davrida vositachi (masalan, bank) iste’molchidan kelishilgan miqdordagi yillik (oylik, kvartallik, yarim yillik) badallarini olib turadi.


  1. LIZING TURLARI (AFZALLIKLARI)

Lizing bir vaqtning o‘zida ham moliyalash, ham yangi texnologiyalarni xarid qilish masalalarni hal etishda o‘xshashi yo‘q moliyaviy vositadir. Shuni ta’kidlash joizki, lizing faoliyati bir qator rivojlangan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyotning, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashning juda muhim va samarali shakli hisoblanadi. Lizing tufayli ham lizing sotuvchi, ham lizing beruvchi, ham lizing oluvchi, ya’ni lizing operatsiyasida qatnashuvchi har bir subyekt manfaat topadi.


Masalan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lizing operatsiyasi tufayli eng avvalo uskuna va mashinalarning oldi-sotdisini amalga oshirib, sotuv ko‘lamini kengaytirishi mumkin (37-jadval).


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling