Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


-jadval. Sotib oluvchi uchun lizing operatsiyasining


Download 0.64 Mb.
bet62/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

39-jadval.
Sotib oluvchi uchun lizing operatsiyasining
afzallik tomonlari




Afzallik tomonlari

Afzallikni ta’minlovchi omillar

1

Dastlabki o‘z kapitalini ko‘paytirishga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi.

Boshlang‘ich oldi-sotdi lizing beruvchi tomonidan to‘la moliyalashtiriladi. Zarur uskunalar uchun to‘lovlarni bir yo‘la amalga oshirish talab qilinmaydi. Bu esa o‘z navbatida foydalanuvchi-ning likvid mablag‘larini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun potensial aylanma kapitalning ko‘payishiga olib keladi.

2

To‘lovlar qayishqoqligi ta’minlanadi.

  • Birinchi to‘lovni kechiktirish mumkin, so‘nggi-larini bosqichma-bosqich ko‘paytirish yoki kamay-tirish, avans bilan va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Lizingga olingan uskuna evaziga olinayotgan foydadan tovar va xizmatlar shaklida to‘lash mumkin.

3

Transaksiyalardan tejash imkoniyati bo‘ladi.

  • Mulkni sotib olish, saqlash, tugatish va sotish bo‘yicha ko‘p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarni chetlab o‘tish evaziga lizing beruvchining ma’muriy xarajatlari kamayadi.

4

Soliq imtiyozlari va lizingni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

  • Ko‘pgina davlatlarda lizing oluvchilarga lizing to‘lovlarini bajarish davrida qo‘shimcha soliq imtiyozlari beriladi.

5

Uskunalarning ma’naviy eskirishi munosabati bilan tovar ishlab chiqaruvchilardagi risk kamayadi.

  • Uskunaning ma’naviy va jismoniy eskirishi riski lizing beruvchi zimmasida qoladi. Foydalanuvchi yangi uskunani ijaraga olishi mumkin (revolver lizing).

6

Lizing oluvchining ilmiy ishlab chiqarish potensiali oshadi.

  • Kreditga sotib olib so‘ngra unga foiz to‘lab borishdan ko‘ra bir maromdagi start kapitali yordamida lizing evaziga ishlab chiqarish quvvatini ko‘proq ishga solishga erishadi.

7

Tadbirkorning iqtisodiy erkinligi kengayadi.

  • Tadbirkor lizing obyektini sotib olishi kerakmi, shartnomani uzaytirish lozimmi yoki yangi uskunani sotib olish darkormi – bularning hammasini tadbirkorning o‘zi erkin hal qiladi.

8

Buxgalteriya hisobini optimallashtirish sohasida tovar ishlab chiqaruvchi yutadi.

9

Lizing oluvchining moliyaviy holati mustahkamlanadi.

  • Moliyalashtirishning odatiy manbalariga (bank, yetkazib beruvchi va boshqalar) bo‘lgan bog‘liqlik kamayadi. Lizingdan foydalanayotgan subyekt lizing mulkiga soliq solinmaydi, ssuda olishdan ko‘ra shartnoma asosida lizingni olish ham oson, ham foydali.

To‘lovlarni bir maromda to‘lab borish inflatsiya ta’sirini, shuningdek, bankning uzoq muddatli foizlari o‘sishini susaytiradi. Leverajning yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

10

Yangi turdagi lizing obyektini o‘zlashti-rish riskini pasay-tiradi

  • Yetarli talab bo‘lmay qolgan hol bo‘lib qolsa, ijaraga olingan mulkni lizing berganga qaytarib berish imkoniyati bo‘ladi.

11

Raqobatdosh afzal-likka ega bo‘ladi

  • Ishlab chiqarishni hozirgi zamon uskunalari bilan jihozlash raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

12

Lizing obyektiga nisbatan jadallashtirgan amortizatsiyani qo‘llash imkoni bo‘ladi

  • Eskirgan uskunalarni tezkor yangilash, ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollash imkoniyati tug‘iladi. Foydaga solinadigan soliq miqdorini kamaytiradi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtiradi.

Shunday qilib, ijaraga oluvchi uchun lizing operatsiyasining afzalliklarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:



  • Lizing, ishlab chiqarish va bozor konyunkturalarining o‘zgarishiga tez rioya qilishga yordam beradi. Yirik kapital qo‘yilmalar sarflanmasdan turib asosiy kapitalni tezkor yangilash imkoniyatini yaratadi.

  • Agarda lizing xalqaro ahamiyatga ega bo‘lsa, ijaraga oluvchi, ijaraga beruvchi firma (bank) joylashgan mamlakatdagi mavjud soliq imtiyozlaridan foydalanish mumkin. Bu asosan ijara stavkasini kamaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

  • Mayda ishlab chiqaruvchilarda doimo kerakli mablag‘ bo‘lmas-ligi mumkin. Bunday sharoitda lizing vositalarni xarid qilib olmasdan foydalanish imkoniyatini beradi, natijada esa ishlab chiqaruvchilarni kredit olishdan xalos etadi.

  • Agarda ishlab chiqarishda tezkor lizing qo‘llansa, ishlab chiqa-ruvchi yana bir qator imtiyozlardan foydalanishi mumkin, ya’ni ishlab chiqarish vositalarining ehtiyot qismlar bilan ta’minlash va ularning ta’mirlanishi, texnikani ishlatish uchun maslahatlar va hokazolar. Bundan tashqari, tezkor lizing qo‘llanilganda, mulk egasi ijaraga beruvchi bo‘lganligi uchun, mulklarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mulk egasi tomonidan sarflanadi yoki qoplanadi.

Chet el tajribalari iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida lizingning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. Shu jihatdan rivojlangan mamlakatlarda 70-yillarda paydo bo‘lgan lizing operatsiyalarini qo‘llash tartiblari bilan tanishish o‘rinli bo‘ladi.
Masalan, Fransiyada lizing – murakkab moliyaviy operatsiya jarayoni sifatida ko‘rilib, unda maxsus lizing firmasi (ijara beruvchi) buyurtmachining (ijarachining) talabi va ehtiyoji uchun ishlab chiqa-ruvchidan zarur bo‘lgan uskunalarni sotib olib, uni ijarachiga ma’lum vaqtga va ma’lum ijara haqiga beradi.
AQShda lizingga tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralib, unda buyurtmachi ehtiyoji uchun mulkdan vaqtincha foydalanish huquqi mulkdordan ijarachiga beriladi va uning natijasida lizing firmasi ma’lum darajada daromad oladi. Lizing natijasida hech qanday narsa ishlab chiqarilmaydi va hech narsa sotilmaydi. Faqat ishlab chiqarish vositasidan foydalanish huquqi vaqtincha bir yuridik shaxsdan ikkinchi yuridik shaxsga o‘tkaziladi.
1990-yil oxirlarida jahon bo‘yicha lizing operatsiyalari hajmi 1 trln. AQSh dollariga teng bo‘lgan. Lizing firmalari 70-yillarda paydo bo‘lib, hozirgi paytda bunday faoliyat bilan Angliyada 1,5 ming, Germaniyada 2,5 ming firma shug‘ullanmoqda. 30 yillik kuzatish shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing firmalarining sinishi kamdan-kam uchraydigan hol.
AQShda barcha yirik firmalar qoshida lizing ishlari olib boriladi. Kompaniyalar umumiy daromadining 25-30 foizini uskunalarni lizing operatsiyalari orqali ijaraga berish sababli olmoqdalar. 1990-yilda barcha lizing operatsiyalari bu mamlakatda 500 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 120 milliard dollari uskunalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Zero, g‘arb kompaniyalarining shiori: «vaqtdan, xomashyo va materiallardan tashqari hamma narsani ijaraga berish mumkin». Aviakompaniyalar foydalanayotgan samolyotlarning ham 43 foizi ijaradagi samolyotlardir.
Lizing o‘rta va kichik firmalar uchun ham juda qulay. Ularning 60 foizi lizingdan foydalanishadi. AQShdagi 3,5 ming kichik firmalar lizingga olingan uskunalarda ishlashadi. Ba’zi korxonalarning o‘z ishchilari ham bo‘lmaydi. 1990-yilda kompaniyalarda 1,5 million kishilar ijarada ishlagan bo‘lsa, 1995-yilga kelib ularning sonini 15 million kishiga yetkazish mo‘ljallangan. Bular odatda xizmatchilar, haydovchilar, yuristlar, kadr xodimlar, buxgalterlar, o‘qituvchilar, referentlar, tarjimonlar, tarbiyachilar va boshqalar.
Lizing kompaniyalari ijaraga aniq kishini emas, balki mutaxassisni, masalan, buxgalterni beradi.
Yevropa mamlakatlarida bugungi kunda lizing operatsiyalari 250 milliard dollarni tashkil qiladi. Ularning barchasida lizing to‘g‘risida maxsus qonunlar qabul qilingan.
Ijaraga berish muddatiga ko‘ra lizing:

  • renting (1 soatdan 1 oygacha, masalan, avtomobillar, samolyotlar va hokazo);

  • xayring (1 oydan 1 yilgacha, masalan kompyuterlar);

  • odatdagi lizing (1 yildan oshiq, lekin uskuna yoki ijaradagi buyum amortizatsiya muddatining 80 foizi qismigacha) turlarga bo‘linadi.

Odamlar orasida “Amerikaliklarning barchasi shaxsiy kompyuter-larga ega” degan fikr keng tarqalgan. Aslida esa 90 foiz kompyuterlar ijaradadir. Mamlakatda lizing operatsiyasi natijasida xizmat tugaganidan so‘ng uskuna ijarachiga sotilmaydi, agar xizmat muddati ichida 80 foiz amortizatsiyasi hisoblangan bo‘lsa, u holda lizing uchun belgilangan imtiyozlardan mahrum qilinadi.
Ilgari paytlarda korxonalar yangi sexlarni davlat ajratgan kapital mablag‘lar hisobiga qurar edilar. Hozir esa bunday imkoniyat juda kam. Albatta, kredit olish mumkin, lekin qisqa muddatli kreditlarni olish qiyin, foiz stavkalari ancha yuqori. Bunday paytda lizingdan foydalanish ijobiy natijalarga olib kelishi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida ko‘p sinalgan.
Qoldiq qiymat bo‘yicha ishlayotgan uskuna lizing kompaniyasiga sotiladi, natijada yirik investitsiyaga ega bo‘ladi. Lizing kompaniya-sining sharti – olingan pul mablag‘lari aniq ishlarga sarflanishi lozim. Bu pullar hech kimga qaytarilmaydi, foizlar to‘lanmaydi, mulkka bo‘lgan soliqdan ozod etiladi. Chunki uskunalar lizing kompaniyasining mulkiga aylanadi. Biroq ishlab chiqarish jarayoni davom etaveradi, asosiy fondlar esa korxonada qoladi, bir vaqtning o‘zida yangi sex qurilishi ham olib borilaveradi. Korxona esa o‘sib borish tartibi (shkalasi) bo‘yicha ijara haqi to‘lab boradi: birinchi yili eng oz, oxirgi yili esa eng katta miqdorda.
Ammo lizing kompaniyalari hamma uskunalarni sotib olavermaydi. Ularni loyihaning maqsadga muvofiqligi, foydali ekanligini ishontirish lozim. Odatda, lizing kompaniyalari loyihani o‘rganish uchun mutaxas-sislarni taklif qilishadi.

Lizing kompaniyalarining 70-75 foizi banklar tomonidan tuzilib, muttasil nazorat qilib turiladi. Banklarning o‘zi lizing ishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamdan-kam hollarda qatnashadilar. 20 foiz lizing kompaniyalarini yirik ishlab chiqaruvchilar tuzadi va qolgan 5 foizi mustaqil lizing kompaniyalaridir.

Lizing munosabatlarida ijarachining kafolati muhim hujjat hisoblanadi. Kafolatsiz bozor iqtisodiyotida hech qanday oldi-sotdi va boshqa ishlar amalga oshirilmaydi.


Rivojlangan mamlakatlarda lizing operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar umumiy kapital qo‘yilmalarning AQShda – 30%, Angliya, Fransiya, Shveytsiyada va Ispaniyada – 13-17% ni, Italiya va Gollandiyada – 12-14% ni, Avstriya, Daniya va Norvegiyada – 8-10% ni tashkil etadi. Yaponiyada lizing operatsiyalari bo‘yicha xarajatlarning yillik o‘sishi 25-30% ni tashkil etadi. AQSh da ishlab chiqarish vositalarining kengaytirilishi va modernizatsiya uchun sarflanayotgan kapital qo‘yilma xarajatlarining 1/4 qismi; vositalarning to‘la xarid qilish uchun emas, balki ulardan vaqtinchalik foydalanishga sarflanadi.
Respublikamizda lizing munosabatlarini tashkil qilish va rivojlantirish quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan boshlandi:

  • «Lizing to‘g‘risida»gi qonun 1999-yil 14 apreldan e’tiboran amalga kiritildi. Bu qonun mamlakatimizda rivojlanib borayotgan lizing faoliyati uchun ishonchli huquqiy negiz yaratdi. Rivojlangan mamla-katlarning ilg‘or texnologiyalari va uskunalarini jalb etish hamda ulardan foydalanishga katta e’tibor qaratilib, mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam o‘rin olishi uchun imkoniyatlar yaratdi.

  • Birin-ketin lizing kompaniyalari tashkil etila boshlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston bozorida 12 ta lizing kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda ulardan quyidagilarni qayd qilamiz:

  • «O‘zbeklizing interneyshnl» O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma korxonasi (1995-yil yanvar);

  • «Baraka» universal lizing kompaniyasi (1995-yil noyabr);

  • «AYETK» Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi Kanadaning «Raana-ni xolding interneyshnl» kompaniyasi bilan hamkorlikda (1995-yil iyul);

  • «O‘zkeysagrolizing» O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi (1997-yil fevral);

  • «O‘zaviolizing» aviatsiya lizing kompaniyasi (1997-yil noyabr);

  • «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» hissadorlik kompaniyasi (2000-yil noyabr);

Lizing kompaniyalari dastlab yirik banklar va yirik ishlab chiqaruvchilar qoshida, bevosita davlatning yordamida tuzila boshlandi. Ular asosiy vositalarning egasi sifatida ularni ishlab chiqaruvchidan olib, uchinchi (yuridik, jismoniy) shaxsga ijara shartlari asosida qisqa yoki uzoq muddatga berishi mumkin. Lizing bo‘yicha daromadlar-muayyan (oylik, uch oylik, yarim yillik) davrda tushadigan ijara to‘lovlaridan iborat bo‘ladi. Bu to‘lovlar bank foizini va amortizatsiyani o‘z ichiga oladi. Lizing shartnomasida, shuningdek, fondlar vositalardan foyda-lanuvchilar tomonidan to‘la sotib olinishi ko‘zda tutilishi mumkin.
Lizing kompaniyalari ishlab chiqaruvchilar, bank tizimi, ijarachilar bilan o‘zaro manfaatda bo‘ladilar. Xususan, ishlab chiqaruvchilar uchun lizing kompaniyalari ularning mahsulotlariga doimiy xaridordir. Bundan tashqari, hamma ishlab chiqaruvchilar ham o‘z mahsulotlarini xalqaro miqyosda reklama qilish imkoniyatiga ega emaslar. Kichik firmalar o‘z mahsulotlarini lizing kompaniyalariga sotishsa, lizing kompaniyalari ularni mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajat va ishlardan ozod qiladi.
Bank tizimi manfaatlarida esa banklarda pulga talab kamaygan vaqtlarda ortiqcha resurslar paydo bo‘ladi. Ilgari banklar bu mablag‘larni (rivojlangan mamlakatlarda) ko‘chmas mulk sotib olishga sarflashgan. Pulga talab oshganda esa, teskari operatsiyalarni amalga oshirganlar. Ba’zi g‘arb mamlakatlarida, xususan AQShda 1985-yilda yangi Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra har qanday mol-mulkka, u foyda keltirmasa ham, soliq belgilanadi. Endi banklar uchun o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulkka sarflash samarali bo‘lmay qoldi.
Banklar asosan uzoq muddatli kreditlar hisobiga faoliyat yuritishadi va daromad olishadi. Bunday kredit ma’lum tahlikaga – xavfga ham ega bo‘lishi tabiiy. Kredit berilayotganda, odatda, mulk garovga qo‘yiladi. Shu nuqtayi nazardan banklar uchun ham lizing manfaatlidir. Bank lizing kompaniyasiga uzoq muddatli kredit beradi. Kredit hisobiga lizing kompaniyasi uskunalarni sotib oladi va ular firmaning mulkiga aylanadi. Agar ijarachi shartnoma talablarini bajarmasa, lizing kompaniyasi ijarachining mulkiga ega bo‘lib oladi. Agar uzoq muddatli kreditlar yiliga 10 foiz daromad bersa, lizing kompaniyalarida 12 foiz daromad olinadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling