Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Demak, 2008-yil 20-maydan bir hafta mobaynida O‘zbekiston Respublikasi valuta birjasida AQSh ning 1 dollari – 1306,84 so‘m, 1 YEVRO – 2022,07 so‘m, 1 Rossiya rubli – 54,85 so‘mga sotiladi. Shu narx dollarning, YEVRO va Rossiya rublining so‘mdagi valuta kursi bo‘ladi, ya’ni pulning pulga sotilish narxi valuta kursi deyiladi. Shu narxga ko‘ra valutalar birligi o‘rtasidagi nisbat valuta pariteti deyiladi. Masalan, 1 dollarning 1306,84 so‘mga sotilishi dollarning va-luta kursi, ular o‘rtasidagi nisbatning 1306,84 bo‘lishi valuta paritetidir. Uni valuta birligining qurbi, ya’ni uning xarid qobiliyati belgilaydi. Masalan, bir dollar, bir marka, bir so‘m, bir tanga, bir yuan, bir frankka nima olish mumkin, shunga qarab valuta shakllanadi. Valutaning qurbi narxga bog‘liq. Valuta kursini hisoblashda eng muhim tovarlar narxiga qarab har bir valutaning qurbi aniqlanadi. Valuta kursining oshishi chetdan tovar keltirishni arzon qiladi, uning pasayishi esa chetga chiqariladigan tovar narxini oshiradi. Bunday hollarda tovarni tashqariga chiqarib, mamlakatdagi narxga nisbatan bir necha barobar arzon sotish ham ma’qul bo‘ladi. Masalan, kostyum ichki bozorda 50 ming so‘m turadi, tashqi bozorda xuddi shunday kostyum narxi 100 dollar. Valuta kursiga ko‘ra 1 dollar 1306,84 so‘m. Dollar hisobida kostyumning ichki bozordagi narxi: 50 000 : 1306,84 so‘m = 38,3 dollar. So‘m kursining oshishi tashqi bozorda 100 dollarga sotiladigan kos-tyumning 38,3 dollarga sotilishiga olib keladi. Natijada eksport qiluvchi har bir kostyumdan 61,7 dollar yutishga muvaffaq bo‘lishi mumkin. Valuta kursini aniqlash usullari valuta tizimlarining xususiyatlariga qarab turli mamlakatlarda turlichadir. Keskin valuta cheklovlari mavjud davlatlarda valuta kursi ikki usulda o‘rnatilishi mumkin. sof boshqaruv usuli; valuta koridori chegarasini belgilash usuli. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling