Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
Birinchi usulda hukumat yoki Markaziy bank talab va taklif darajasidan qat’iy nazar milliy valutaning kursini belgilaydi. Bunday valuta kursi boshqa valuta yoki bir qancha valutalar (valuta savati)ga nisbatan belgilanadi.
Ikkinchi usul Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya kabi davlatlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bu usulda Markaziy bank rasmiy valuta kursini birja kursi darajasida belgilaydi va birja kursining rasmiy valuta kursiga nisbatan o‘zgarish chegarasini belgilab beradi. Valuta kursining shu o‘zgarish chegarasini belgilab berish bank ishida valuta koridori deb yuritiladi. Amaliyotda valutaning birjadagi kursining rasmiy kursga nisbatan o‘zgarish xavfi kuzatilsa, Markaziy bank valuta intervensiyasini amalga oshiradi, ya’ni xorijiy valutani sotadi va sotib oladi. Valutaviy cheklashlar yo‘q yoki sezilmas darajada bo‘lgan davlatlarda Markaziy bank talab va taklif (milliy valutaning erkin suzib yurishida) hamda valuta intervensiyasi (boshqariluvchi suzishda)dan kelib chiqqan holda valuta kursini belgilaydi. Valuta birjalari faoliyat ko‘rsatuvchi davlatlarda valuta kursi qariyb har kuni birja makleri va Markaziy bank tomonidan valutani sotish va sotib olishga berilgan arizalar, Markaziy bank intervensiyasi siyosati bo‘yicha faoliyatini inobatga olgan holda o‘rnatiladi. Valuta cheklashlari deyarli yo‘q (sezilarsiz) yoki yo‘q mamlakat-larda bozor kursini bir-biri bilan doimiy aloqada bo‘lgan yirik tijorat banklari o‘rnatadi. Bu banklarni market-meykerlar deb ataydilar. Boshqa banklar kotirovka yuzasidan ularga murojaat qilishadi. Banklararo valuta kotirovkalari market-meykerlar tomonidan har bir valuta bo‘yicha mavjud bo‘lgan yoki kutilayotgan talab va taklifni taqqoslash (bu operatsiya amaliyotda fiksing deb ataladi) asosida belgilanadi. Valuta birjasi yo‘q davlatlarda valuta bozori qatnashchilari bank-lararo kurslardan foydalanishadi. Banklararo bozordagi o‘rtacha kurs bank mijozlari uchun valuta kursini o‘rnatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Valuta birjalari mavjud davlatlarda banklararo kotirovkalar bank-larning to‘lov aylanishi, to‘lovga layoqatliligini hisobga olgan holda, rasmiy birja kotirovkalari atrofida o‘zgarib turishi mumkin. Bunday banklarda rasmiy birja kotirovkasi ularning mijozlari uchun valuta kurslarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin valuta bozorida uning har bir elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga ta’sir etadi va ulardagi valuta kotirovkalari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Valuta bozorida valutani kotirovka qilishning ikki usuli mavjud: to‘g‘ri va egri. Ko‘pchilik davlatlarda to‘g‘ri kurs qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, xorijiy valuta birligining kursi to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy valutada ifodalanadi. Egri kotirovkada milliy valuta birligi ma’lum miqdordagi xorijiy valutada ifodalanadi. Bu usul (egri koti-rovka) Buyuk Britaniyada, 1987-yildan esa qisman AQShda qo‘lla-niladi. Banklararo valuta bozorlarida valuta kursining kotirovkasi ko‘p-roq AQSh dollariga nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning xalqaro to‘lovlarda ko‘p qo‘llanishi va rezerv vositasi sifatida saqlanishi bilan bog‘liq. Savdo-sanoat sohasida faoliyat olib boruvchi mijozlar uchun valuta kotirovkalari amalga oshirish kross-kursga asoslanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling