Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari


Download 0.64 Mb.
bet76/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari


  • qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish, ularni saqlash;

  • qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish;

  • mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash;

  • dilerlik, depozitor va aksionerlar reyestrini yuritish va saqlash;

  • tijorat, brokerlik, trast operatsiyalarni bajarish va maslahatlar berish;

  • mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish va h.k.


33-chizma. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshi-riladigan faoliyat turlari.
Mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash turli xil qimmatli qog‘ozlar:

  • oddiy va imtiyozli aksiyalar;

  • obligatsiyalar;

  • davlat qarzdorlik majburiyatlari;

  • depozit sertifikatlari;

  • veksel va boshqalarga mablag‘larni qo‘yish orqali amalga oshi-riladi.

Alohida olingan davlatlarda bank tizimining rivojlanishi va banklar o‘tkazadigan operatsiyalarning turlari va ko‘lamiga qarab ularning investitsion faoliyati turli yo‘nalishlarga qaratilgan bo‘lishi va shu operatsiyalar turlari bo‘yicha olinadigan daromad salmog‘i ham turli bo‘lishi mumkin.
Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlikka ega va ular bo‘yicha to‘lanmaslik riski nolga teng bo‘lib, bozor stavkasining o‘zgarish riski ham kichik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar yuqori daromad keltiradi, shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar o‘z mablag‘larini munitsipalitetlarning qimmatli qog‘ozlariga ham qo‘yishadi, chunki ular bo‘yicha to‘lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi.
O‘z likvidligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo‘lmagan summani boshqa qimmatli qog‘ozlar:

  • bank akseptlari;

  • qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tijorat qog‘ozlari;

  • brokerlik ssudalar;

  • tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo‘yishadi.

Daromadlilikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostiga qo‘ygan holda banklar o‘z mablag‘larini ba’zi bir hukumat muassasalari obligatsiyalari va korporatsiyalarning birinchi darajali obligatsiyalariga investitsiya qiladilar. Rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning investitsion faoliyati daromad keltirishi nuqtayi nazaridan bank daromadi tarkibida keyingi ikkinchi manba hisoblanadi.


  1. BANKLARNING QIMMATLI Q’OGOZLARNI EMISSIYA QILISH TARTIBI.

O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat ro‘y-xatidan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish amaldagi qonunlarga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi. Tijorat banklari quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishlari mumkin:



  • ustav kapitalini shakllantirish maqsadida chiqariladigan aksiyalar;

  • o‘z qarz majburiyatlari: obligatsiyalar, depozit va omonat sertifikatlari;

  • qo‘shimcha zayom mablag‘larini jalb qilish maqsadida chiqa-riladigan veksellar.

Barcha chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar ularning miqdori investorlar sonidan qat’iy nazar Markaziy bank qaydnomasidan o‘tkazilishi shart. Tijorat banki chiqargan aksiyalar 35 yoki undan ortiq foizning yoxud 50 foizdan ortiq aksiyadorlar ovozini ta’minlovchi aksiyalarning bir shaxs tomonidan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi shaxslar guruhi tomonidan sotib olinishi O‘zbekiston Res-publikasining monopoliyaga qarshi siyosatini amalga oshiruvchi vako-latli organi subyektlarning bir-birlari mol-mulkini nazorat qiluvchilar deb e’tirof etilishi tartibi va qoidalarni belgilab qo‘yadi.
Aksiyalarni chiqarish tartibi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilinishi qayd qilish tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti qayd (registratsiya) qilinmaydigan bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul qilish;

  • qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishini qayd qilish;

  • qimmatli qog‘ozlarni qayd qilish;

  • chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini qayd qilish.

Agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti qayd qilinadigan bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul qilish;

  • emissiya prospektini tayyorlash;

  • emissiya prospekti va chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qayd (registratsiya) qilish;

  • emissiya prospektini chop etish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish haqida ommaviy-axborot vositalari bilan e’lon qilish;

  • qimmatli qog‘ozlarni sotish;

  • chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini qayd qilish;

  • chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini chop etish.

Qimmatli qog‘ozlar chiqarish bo‘yicha qarorni amaldagi qonun-chilik bilan kafolatlangan bank boshqaruv organlari qabul qiladi. Emis-siya prospektini bank boshqaruvi tayyorlaydi. Boshqaruv raisi va bosh buxgalter imzo qo‘yadi. Tikilib, sahifalar raqamlanadi va bank muhri bilan muhrlanadi. Bu prospekt xolis auditorlik firmasi tomonidan ma’qullanishi shart. Emissiya prospekti quyidagilarni yoritishi kerak:
a) emissiya to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni;
b) emitentning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumotlarni;
v) kelajakda chiqarilishi ko‘zda tutilgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi ma’lumotlarni.
Aksiya chiqaruvchi bank so‘nggi uch yil davomida yoxud tashkil topganiga uch yil to‘lmagan vaqt davomida zararsiz ishlayotgan bo‘lishi kerak. Yangi tashkil topgan bank bo‘lsa, u holda eng kamida mazkur moliyaviy yilda rentabelli bo‘lishi shart.
Banklar quyidagi shartlar bajarilgan hollarda qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarni amalga oshirishlari mumkin:
a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu kor-xonaning boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmasining miqdori bi-rinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak. Ushbu me’yor bir emitentning ham «investitsiyalar» hisobvaraqlari, ham «qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» hisobvaraqlari bo‘yicha nodavlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank qo‘yilmalarini hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi;
b) bankning barcha emitentlar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qilgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
v) oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank qo‘yilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak.
Shuni ta’kidlash lozimki, bank istalgan korxona (moliyaviy insti-tutlardan tashqari) ustav kapitalining 20 foizidan ortig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita (sho‘ba korxonalari orqali) egalik qilishi mumkin emas.
Agar emitent faoliyati yoki amaldagi yoxud rejalashtirilayotgan bank investitsiyalari miqdori omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda bank tajribasi yetarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank istalgan emitent qimmatli qog‘ozlariga bank tomonidan kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qo‘shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega.
Garov huquqlarini amalga oshirish natijasida qimmatli qog‘ozlar olingan hollarda bank bir oy muddat ichida olingan qimmatli qog‘oz-larni sotishi shart. Agar qimmatli qog‘ozlar ko‘rsatilgan muddatda sotilmasa, ular «qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» yoki «investitsiyalar» hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar zarur monitoring va operatsiyalarni amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Shu o‘rinda shuni aytish lozimki, qimmatli qog‘ozlar portfeli bo‘yicha ichki hisobotlar:

  • qimmatli qog‘ozlar turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha bo‘linishini;

  • sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini;

  • xarid (sotish) sanasini;

  • foiz stavkalarini;

  • imtiyozlarini;

  • olingan dividend foizlarini;

  • oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha foydani o‘z ichiga oladi.

Bankning turli bo‘limlari o‘rtasida majburiyatlarning keraklicha taqsimlanishi, qarorlar qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir cheklovlar belgilash bo‘yicha vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, suiiste’molchiliklarning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshiradi. Bunday ichki nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablag‘lari, tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o‘tkazmalarini taqqosla-masligi lozim;

  • buxgalterlik operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur;

  • barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlam-chi hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo‘lishi lozim;

  • hisobvaraqlardagi qoldiqlar, kliring to‘lovlar, bitimlar yoki buxgalterlik o‘tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan mun-tazam ravishda taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazilishi kerak.

Agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun hisob varaqlar ochishi va mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan ba-jariladigan barcha operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning tur-lari, operatsiyalar sanasi, sotilgan (sotib olingan) qimmatli qog‘ozlar narxi va soni ko‘rsatilgan holda yozuvlarni olib borishi kerak.
Qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni tashkil etishda qimmatli qog‘ozlar emitent anketasining namunaviy shakli va moliyaviy ahvoli quyidagicha bo‘ladi:


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling