Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


Download 0.64 Mb.
bet2/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

MUNDARIJA



T/r

Mavzu

Be t


Tijorat banklarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va litsenziyalash tartibi..





Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi.





Tijorat banklarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi.





Tijorat banklarining resurslari, kapitali va ularning tarkibi.





Tijorat banklari passiv operatsiyalari.





Tijorat banklari aktiv operatsiyalari mohiyati va turlari.





Tijorat banklarining investitsiya operatsiyalari.





Bank aktivlari va ularning tasniflanishi.





Tijorat banklarining depozit va nodepozit mablag’lari.





Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi.





Bankning depozit siyosati va unga ta’sir etuvchi omillar.





Aholi omonatlarini kafolatlash tartibi.





Kredit munosabatlarining mohiyati va kreditlashni tashkil etish.





Kredit ta’minoti va uning shakllari.





Kredit turlari, usullari va ssuda hisobvaraq shakllari.





Kredit shartnomasining tuzilishi va kredit yig’majildining shakllanishi.





Kreditni qaytarish jadvalini tuzilishi va kredit bo’yicha foizlarni hisoblash tartibi





Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarini kreditlash.





Aylanma mablag’lar va ularni tashkil etish manbalari.





Kreditga layoqatlilik tushunchasi va baholash manbalari.





Yuridik shaxslarning kreditga layoqatliligini baholash usullari.





Jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash tartibi.





Mijozning kreditga layoqatliligini baholashning zamonaviy usullari.





Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalarning mohiyati va turlari.





Faktoring va forfeyting operatsiyasining bank uchun ahamiyati.







Bank plastik kartоchkalari orqali to’lovlarni amalga oshirish.







Masofaviy bank xizmatlari.







O’zbekiston Republikasi tijorat banklarining lizing operatsiyalari







Lizingning asosiy belgilari, funksiyalari va turlari .







Lizing shartnomasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlati.







Banklar faoliyatida lizing operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari.







Lizing turlari (afzalliklari)





Tijorat banklarning valyuta operatsiyalarining ahamiyati va turkumlanishi.







Tijorat banklarining spot operatsiyalari.







Tijorat banklarining muddatli valyuta operatsiyalari.







Tijorat banklarining svop operatsiyalari.





Banklarda ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish tartibi va unga qo’yiladigan talablar.





Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalari







Banklarning qimmatli q’ogozlarni emissiya qilish tartibi.







Qimmatli qog’ozlar bilan tuziladigan muddatli bitimlar







Banklarda qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq investitsion operatsiyalari.







Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarini amalga oshirish tartibi.






  1. TIJORAT BANKLARINI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH VA LITSENZIYALASH TARTIBI.

Tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan bank operatsiyalarini bajarish huquqini beruvchi litsenziyalar asosida faoliyat yuritadilar. Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad, davlat budjetiga olib qo‘yilishi lozim.


Litsenziya olish uchun ta’sischilar quyidagi hujjatlarni Markaziy bankka taqdim etadilar:



  • litsenziya berish to’g’risida rasmiy iltimosnoma;

  • ta’sis etish hujjatlari, ya’ni:

  • ta’sis etish shartnomasi;

  • bank ustavi;

  • bank ustavini qabul qilish va rahbariyatini tayinlash to’g’risidagi yozma bayon;

  • iqtisodiy asoslov;

  • ta’sischilarning moliyaviy holati to’g’risidagi auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan xulosa;

  • bankning ta’sischilar taklif etgan rahbarlarining (rais va bosh buxgalter) professional ishga yaroqliligi;

  • qonunda ko’zda tutilgan boshqa hujjatlar.

Xorijiy kapital ishtirok etuvchi bank, xorijiy bank uning filialining litsenziya olish hollarida yana qo‘shimcha ravishda belgilangan bir nechta rasmiy hujjatlar taqdim etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki barcha tijorat banklari uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash maqsadida xorijiy bank ta’sischilari va xorijiy kapitalli banklarga ularning ustav kapitalini minimal va maksimal miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha talablar qo‘yish vakolatiga ega.
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish uchun muassislar dastlabki ruxsatnoma olingan kundan boshlab uzog‘i bilan olti oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan talablarni bajarishlari kerak. Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish haqidagi qaror Mar-kaziy bank talablari bajarilgan kundan ko‘pi bilan bir oylik muddatda chiqariladi.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga binoan Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin:



  • bankni ro‘yxatga olish uchun zarur b o‘lgan hujjatlar topshirilmaganligi;

  • ta’sis hujjatlarning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi;

  • bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;

  • bankni ro‘yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‘plan-maganligi;

  • bank rahbari va bosh buxgalter lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga nomuvofiqligi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasini berish bilan bir vaqtda tijorat bankini qayd qilib uning tartib raqamini xabar qiladi. Shu paytdan boshlab tijorat banki yuridik shaxs maqomini oladi.


Tijorat banklariga berilgan litsenziya shartlarining bajarilishi Mar-kaziy bank tomonidan nazorat qilib boriladi. Shu maqsadda bank tomo-nidan xorijiy valutada amalga oshirilgan operatsiyalar taftish qilinadi, tematik jihatdan tekshiriladi.
Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasini qaytarib olishi mumkin:



  • bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda;

  • litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi aniq-langanda;

  • bank o‘z omonatchilari va boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmaganida;

  • hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;

  • qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank ope-ratsiyalari amalga oshirilganda;

  • monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda;

  • O‘zbekiston Respublikasida o‘z sho‘’ba bankini tashkil etgan chet el ban-kidan litsenziya qaytarib olinganda.

O‘zbekiston Respublikasida bank tizimining barqaror amal qilish sharoitlarini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank o‘zining 1997-yil 22 avgustdagi «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari» (MB 10-sonli yo‘riqnoma)ga muvofiq quyidagi iqtisodiy me’yorlarni joriy etgan:



  • yangi tuzilgan va amal qilayotgan banklar uchun ustav (aksionerlik) kapitalining eng kam miqdori;

  • bank kapitalining yetarlilik (adekvatlilik) koeffitsiyenti (kamida 0,08);

  • bank kapitali va uning majburiyatlari nisbati koeffitsiyenti (kamida 0,05);

  • bank likvidligi ko‘rsatkichlari;

  • lahzalik – kamida 0,25

  • joriy – kamida 0,30

  • qisqa muddatli – eng yuqori.

  • bitta qarz oluvchiga riskning eng yuqori darajasi (0,25);

  • barcha yirik kreditlar uchun riskning eng yuqori darajasi (uch martadan ko‘p bo‘lmagan);

  • bitta omonat kreditorga riskning eng yuqori darajasi (aksioner kapitalining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda);

  • qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarda bankning o‘z mablag‘-laridan foydalanish (eng yuqori 0,15).

Shuni ta’kidlash kerakki, Tijorat banklar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart. Banklar o‘z kapitali va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zaxiralarni tashkil etishlari shart, shuningdek, zarar ko‘rish xavfini kamaytirish maqsadida o‘z aktivlari diversifikatsiyalanishlarini ta’minlashlari lozim.
Banklar:

  • amalga oshirilgan investitsiyalarning turlari yoki shakllariga;

  • ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga ega-lik qilishga;

  • boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir shartlarga rioya etishlari lozim.

Banklar:

  • kapitalni taqsimlash natijasida o‘z kapitali talab qilinadigan eng kam miqdordan ham kamayib ketadigan bo‘lsa, kapitalni taqsimlashga;

  • aksiyalar shaklidagi o‘z qimmatli qog‘ozlari bilan kafolatlangan kredit berishga;

  • oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o‘z aksiya-larini sotib olishga haqli emaslar.

Iqtisodiy me’yorlarning kutilayotgan o‘zgarishlari to‘g‘risida Markaziy bank bir oydan kechikmasdan e’lon qiladi.



  1. TIJORAT BANKLARINING TASHKILIY TUZILISHI.

Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko’rsatish asoslari ular faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o’z ifodasini topadi:


1. Tijorat banklarining kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili;
2. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatishi;
3. Bank faoliyatining to’la iqtisodiy mustaqilligi;
4. Banklar faoliyatining tijoratga asoslanganligi;
5. Mijozlar va aktsiyadorlar manfaatini himoya qilish;
6. Banklarning daromadligi va ular faoliyatni universallashuvi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo’lgan qiziqishini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo’yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo’yilgan mablag’lar mutanosibligi, banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag’lardan unumli foydalanishga asos yaratadi.
Tijorat bankining ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo’lgan mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatishdir. Tijorat banklari boshqa banklardagi vakillik hisobraqamiga naqd pulsiz to’lovni amalga oshirish, kredit xizmatini ko’rsatish va vakillik hisovvarag’ida qolgan qoldiq chegarasida operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatish deganda, bankning nafaqat o’z resurs va kredit qo’yilmalariga mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag’lari o’rtasidagi mutanosibligini ta’minlash tushuniladi. Bunda avvalambor, passivlar va aktivlar muddatining bir xilligi inobatga olinishi lozim.
Uchinchi tamoyil - bu bankning to’la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o’z va jalb qilingan mablag’lardan mustaqil foydalanishi, bankni mijozlar va omonatchilarning o’zlari mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o’rnatishi va o’zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko’zda tutiladi.
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to’rtinchi tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo’lib, bunda banklarning tijorat ob’ekti vaqtinch bo’sh turgan pul mablag’lari hisoblanadi. Bu pul mablag’lari bankka tegishli bo’lmagan bo’lsada., faoliyati davomida bank ularni o’z nomidan joylashtiradi. Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asoslaridan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bo’gliq faoliyat ko’rsatadi. Bank faoliyatida risk darajasi qancha kam bo’lsa va xavfsizligi yuqori bo’lsa, bankning daromadi ham shuncha ko’p bo’ladi.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko’rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi bo’lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarini qamrab olishini, kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bank faoliyati ”Hamma narsa mijoz uchun” degan tamoyilga asoslangan bo’lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to’laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi.



  1. TIJORAT BANKLARINI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH TARTIBI.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari fao-liyati ustidan nazorat organi sifatida, ular tomonidan bank qonunchiligi va me’yoriy hujjatlar buzilgan taqdirda, xususan, «Markaziy bank to‘g‘ri-sida»gi, shuningdek, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga muvofiq jarima sanksiyalari va boshqa jazo choralarini qo‘llashi mumkin. «Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga bank faoliyatini tartibga soluvchi, bank qonunchiligi va me’yoriy hujjatlarni buzganligi uchun qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq (1997-yil 25 yanvardagi 74-sonli yo‘riqnoma), Markaziy bank majburiy zaxira talablari va belgilangan iqtisodiy me’yorlar buzilganligi uchun majburiy zaxira jamg‘armalarini shakllantirishdagi qo‘yilmagan mablag‘-lar summasining qayta moliyalashtirish stavkasidan ikki baravar oshmay-digan miqdorda jarima solishi mumkin. Bir necha marta qoida buzilishlari ro‘y berganda esa:

  • bunday banklarga Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash kreditlarini berishni to‘xtatish;

  • kredit resurslari auksionida bu banklarning ishtirok etishini man etish;

  • belgilangan iqtisodiy me’yorlar banklar va ularning filiallari tomonidan buzilganda har buzilgan normativ uchun ustav kapitalining minimal miqdorini 0,1 % gacha jarima solish (ammo buzilgan nor-mativlarning barchasi bo‘yicha jarima ustav kapitalining minimal miq-dorining 1 foizdan oshmasligi lozim);

  • ssudalar bo‘yicha zaxira jamg‘armalarini shakllantirish bo‘yicha normativlarga banklar tomonidan uch martadan ortiq hollarda yoki normativ 12 oy davomida bajarilmagan taqdirda Markaziy bank bank faoliyatini yuritish bo‘yicha litsenziyani olib qo‘yishi mumkin;

  • bank muddati o‘tgan qarzdorlik kredit qo‘yilmalarining umumiy summasini 5 foizidan oshgan taqdirda, uning kelgusida qarzi o‘sib borsa, Markaziy bank bank faoliyatini yuritish bo‘yicha litsenziyani tortib olish huquqiga ega;

  • tijorat banklari qayta moliyalash kreditlarini o‘z muddatlarida qaytarmasa, unda bu qarzlar bo‘yicha foizlar amaldagi qayta moliyalash stavkalari, ikki barobari miqdorida undiriladi;

  • Markaziy bankning markazlashgan kreditlari o‘z vaqtida qaytaril-maganda, ular muddatidan oldin yoki qisman qaytarilganda, xo‘jalik yu-rituvchi subyektlardan har bir muddati o‘tgan kun uchun amaldagi qayta moliyalash stavkalarini ikki barobari miqdorida undiriladi.

Shuningdek, quyidagi qoida buzilishlar bo‘yicha jarima sanksiyalari qo‘llaniladi:
to‘lov intizomini buzganligi uchun sanksiyalar;
valuta operatsiyalarini yuritish tartibini buzganligi uchun sanksiyalar;
kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlik uchun sanksiyalar;
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar yuritish tartibini tartibga so-luvchi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni buzganligi uchun qo‘llanadi-gan choralar;
bankda hisob raqamini ochish, shuningdek, statistik hisobot tartibini buzganligi uchun sanksiyalar va boshqa sanksiyalar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi raisi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda tasdiqlangan 240-sonli «Banklarni tugatish to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq banklarni tugatish uchun qu-yidagilar asos bo‘ladi:

  • bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani Markaziy bank tomonidan qaytarib olinishi;

  • bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi aksionerlar yoki ta’sischilar umumiy yig‘ilishining qarori;

  • yagona ta’sischisi davlat bo‘lgan banklar uchun hukumat qarori;

  • sud qarori bo‘yicha bank bankrot deb e’lon qilinganida.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling