Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan fyuchers
Download 0.64 Mb.
|
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan fyuchers – qimmatli qog’oz (shartnoma) bo’lib, muayyan qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni shartnomalarda belgilab quyilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish yoki sotishdan iborat majburiyatni so’zsiz tasdiqlaydi.
Fyuchers shartnomasi bo’yicha bazis aktivining emitentning avval muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlari va avval muomalaga chiqarilgan uchinchi shaxsning qimmatli qog’ozlari tashkil etishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka asosan fyuchersning bazis aktivi bo’lib emitentning o’zlik birlamchi muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlari tashkil etishiga yul qo’yilmaydi. Fyuchers shartnomasining asosiy xususiyati shundaki, unda bahoning aniqligi va shartnoma bajarilishining majburiyligidir. Fyuchersga asosan bazis aktividagi qimmatli qog’ozlar darhol qo’ldan-qo’lga berilmaydi, balki qat`iy belgilangan muddatda Yetkazilishi zarur. Fyuchers shartnomasi yordamida fond qimmatliklarini kelajakda olish yoki Yetkazib berish majburiyati qonun asosida rasmiylashtiriladi. Fyuchersning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, shartnoma imzolanayotgan vaqtda shartnomadagi bazis aktivdagi qimmatli qog’ozlar uning sotuvchisida umuman bo’lmasligi ham mumkin. Fyuchersning optsion bilan o’xshashlik tomoni shundaki, ikkala shartnoma asosida kelajakda fond qiymatlarini xarid etish yoki sotish imkoniyati mavjud. Fyuchersning optsiondan farqi quyidagilardan iborat: 1. Fyuchers oldi-sotdi bitimi emas, balki u fond qiymatlarini Yetkazib berish to’g’risidagi qat`iy majburiyatdir; 2. Fyuchers shartnomadagi muddat kelganda hisob-kitoblarni qat`iy tartibda amalga oshirish to’grisidagi majburiyatdir; 3. Fyuchers bo’yicha havf hatar risk yukori darajadadir, chunki optsiondan farqli ravishda fyuchers egasi salbiy vaziyatda nafaqat mukofot summasini, balki undan ko’prok summani yuqotishi mumkin. Fyuchers shartnomasidagi shartlar birja auktsionidagi qimmatli qog’ozlarga talab va taklifni chuqur o’rgangan holda tuziladi. Fyuchers bitimidagi hisob-kitoblar esa fond birjasidagi hisob-kliring palatasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun hisob-kliring palatasida fyuchers shartnomasi ishtirokchilarining (sotuvchi va oluvchi) maxsus hisob raqamlari ochiladi. Fyuchers shartnomasi shartlarini amalga oshirish mexanizmini ko’rib chiqamiz. Fyuchers shartnomasida bazis aktivdagi aktsiyalar kursining pasayishi hisobiga manfaat yuzaga keladi. Odatda fyuchers shartnomasida qimmatli qog’ozlar ta`minlanmagan holda sotiladi, ya`ni bu qimmatli qog’ozlar sotuvchining mulki bo’lmasligi ham mumkin. Fyuchers shartnomasiga asosan sotuvchi brokerdan ma`lum miqdordagi aktsiyalarni sotib oladi. Lekin sotib olingan paket aktsiyasining faqat 60 foizinigina to’laydi, qolgan 40 foizini esa brokerdan joriy narxda qarzga oladi. Investor sotib olingan paket aktsiyani to’liq sotadi. Fyuchers shartnomasiga asosan investor brokerga belgilangan muddatda kelishilgan qimmatli qog’ozlarni Yetkazib berishi lozim. Ushbu holatda investor bazis aktivdagi aktsiyaning narxini tushishidan manfaatdor, chunki muddat kelganda u qarzga olingan aktsiyalarni arzon narxda oladi va brokerga sharnomada eski yuqori narxda Yetkazib beradi. Natijada investor qo’shimcha daromad olishi mumkin. Lekin olingan aktsiyalarning narxi oshib ketsa, investor aktsiyalarni yuqori narxda xarid etib, uni brokerga shartnomadagi eski narxda Yetkazib berishga majbur. Natijada investor katta zarar ko’rishi mumkin. Shuning uchun fyuchers shartnomasini tuzuvchi shaxslar fond bozorini, uning xozirgi va kelajakdagi xolatini hamda narx-navo qanday bo’lishini chuqur o’rganishi va uning bilishi lozim bo’ladi. Varrant (warrant) qimmatli qog’ozlarning hosilalarini o’ziga xos turi bo’lib hisoblanadi. Varrant – belgilangan muddat davomida (yoki anik belgilangan sanada), avvaldan kelishilgan narxlarda oddiy aktsiyalarni sotib olish xuquqini beruvchi hujjatdir. Varrantning imzolanishi va amalga oshirilishi uni bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog’ozning muomalaga chiqarilishi bilan uzviy bog’liq. Shuni ham ta`kidlash lozimki, varrant aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog’ozni bir martalik emissiyasi natijasida varrant ham bir martalik hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan varrant shartnomasini tuzishda quyidagilar ta`qiqlanadi: - avval muomalaga chiqarilgan, uning shaxs mulkida bo’lgan va emitentning o’zi sotib olgan qimmatli qog’ozlar bazis aktivi hisoblanmaydi; - bazis aktividagi qimmatli qog’oz nominalidan varrant nominali past bo’lmasligi shart (obligatsiya bundan mustasno). Varrant emitentlari uning birinchi egalari uchun qimmatli qog’ozlarini xarid etishlarida bir xil narx sharoitlarini ta`minlashi lozim, bu esa varrantning birinchi egalariga bir xil narxda qimmatli qog’ozlarni sotib olish xuquqini beradi. Varrantning egalari uchun qimmatli qog’ozlarni joylashtirish narxi boshqa investorlar, ya`ni varrantning ishtiroqchilari bo’lmaganlardan farq qilishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, fond bozorida optsion, fchers va varrant bitimlarining amalga oshirilishi ushbu bozor ishtirokchilariga qo’shimcha daromad topish imkoniyatini yaratadi. O’zbekiston fond bozorining yosh bo’lishiga qaramay unda optsionlar va fyucherslar bo’yicha bitimlarni amalga oshirish qonunan ko’zda tutilgan hamda bunday bitimlar amalga oshirilib turibdi. Ushbu omil mamlakatimiz milliy fond bozori rivojlangan xorijiy davlatlarning fond bozorlari darajasiga Yetish uchun intilishdan dalolat beradi. 11 Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. – T.: O’zbekiston, 2000. – 57-bet. 1 2 1 1 Qarang: Банковское дело. Учебник. 2-е изд. Под ред. Лаврушина. – М.: Финансы и статистика, 2001, с. 225. 1)1) Valuta bozori – chet el valutasiga talabning uning taklifi bilan o’zaro ta’sirlashish tizimi. 11 Tratta – o‘tkazma veksel. Kreditorning qarzdorga (odatda bankka) yozma buyrug‘i. Unda bankning uchinchi shaxs (remitent – taqdimchi)ga yoki trattani taqdim qilganga muayyan summadagi pulni to‘lashi ko‘rsatiladi. 11 Qarang: «O’zbekiston ovozi» gazetasi, 2008 – yil 20 may. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling