Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


uchun zaxiralarga o‘tkazish me’yorlari


Download 0.64 Mb.
bet21/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

uchun zaxiralarga o‘tkazish me’yorlari



Kreditlar sifati darajasi

Zaxiralarga o‘tkazish me’yorlari (%)

Yaxshi kreditlar

-

Standart kreditlar

10

Substandart kreditlar

25

Shubhali kreditlar

50

Umidsiz kreditlar

100

Yuqoridagi 242-sonli yo‘riqnomaga muvofiq kreditlar quyidagi beshta toifa bo‘yicha tasniflanadi (15-jadval).




15-jadval.
Ssudalarni ta’minlanganlik darajasiga qarab
ularni qaytarish muddatlari



Aktivlarning sifat darajasi

Ta’minlangan ssudalar

To‘liq ta’minlanmagan ssudalar

Ta’minlanmagan ssudalar

Yaxshi

Ssudaning o‘z muddatida qaytarilishi. Muddati o‘tgan qarzdorlik, 30 kungacha

Ssudaning o‘z
muddatida qaytarilishi

Ssudaning o‘z muddatida qaytarilishi

Standart

Muddati o‘tgan qarzdorlik, 30-60 kun

Muddati o‘tgan qarzdorlik, 30 kungacha



Substandart

Muddati o‘tgan qarzdorlik, 60 kundan 180 kungacha

60 kungacha

30 kungacha

Shubhali

180 kundan ortiq

M.o‘.k. 60 kundan 180 kungacha

M.o‘.k. 30 kundan 180 kungacha

Umidsiz



180 kundan ortiq

60 kundan ortiq



  1. TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT VA NODEPOZIT MABLAG’LARI.

1. Tijorat banklari depozit operatsiyalarining mohiyati va turlari.


2. Bank depozit siyosati va unga ta’sir etuvch omillar.
3. Bank depozit portfeli va uni boshqarish
4. Bank depozit operatsiyalari tahlili.


1. Tijorat banklari depozit operatsiyalarining mohiyati va turlari.
Depozitlar bankka boshqarish uchun berilgan va depozit hisobvaraqda joylashtirilgan pul mablag’laridan iboratdir. Xo’jalik yurituvchi sub`ektlar bilan depozit munosabatlari jadal bank faoliyatini yuritish uchun resurs bazasini ta`minlaydi. Depozit turiga qarab bank aktivlari portfeli shakllantiriladi.
Pul mablag’larini daromadli joylashtirish maqsadida omonatlarga jalb etishga doir bank operatsiyalari depozit operatsiyalari deb hisoblanadi. Bank xo’jalik yurituvchi sub`ektlardan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlaridan milliy va xorijiy valyutalardagi depozitlarni qabul qiladi. Depozit operatsiyalarini, hisoblab chiqilgan foizlarni hisobga olish va ular bo’yicha hisobotlar Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunga va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me`yoriy hujjatlariga muvofiq yuritiladi.
Bankning depozit operatsiyalari quyidagi tamoyillar bo’yicha tashkil etiladi:

  • depozit operatsiyalari bank foydasini olishga yoki kelgusida foyda olish uchun sharoit yaratishga ko’maklashadi;

  • bank balansining operativ likvidliligini saqlab turish maqsadida qayishqoq depozit siyosatini yuritish;

  • eng ko’p darajada Bank balansi likvidligini saqlab turuvchi muddatli omonatlarga alohida e`tibor beriladi;

  • depozit operatsiyalari bilan ssudalarni muddatlar va summalar bo’yicha berish operatsiyalari o’rtasida o’zaro aloqa va hamjihatlikni ta`minlash;

  • depozitlarni jalb etishga ko’maklashuvchi bank xizmatlarini rivojlantirish, bunda bank mijozga ta`sirini saqlab qolish uchun mijozlar muhtoj bo’lgan ayni mahsulotlarni taklif etishga harakat qiladi.

Depozitlar iqtisodiy mazmuni va muddatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi, lekin cheklanmaydi:

  1. talab qilib olinguncha depozitlar;

  2. jamg’arma depozit (bildirishnomali);

  3. muddatli depozit;

  4. jamg’arma (depozit) sertifikati;

  5. boshqa depozitlar.

Mablag’larni depozitga qo’yish bilan bog’liq barcha masalalar, saqlash muddati, foiz stavkalari miqdori bank hisobvarag’i yoki bank omonati shartnomasi (depozit shartnomasi) asosida hal etilib, ushbu shartnomada tomonlarning o’zaro majburiyatlari va mas`uliyati belgilanadi.
Bankka ishonib topshirilgan pul mablag’larining but saqlanishi va ularning Mijoz talabi bilan berilishi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Majburiy rezervlar fondi mablag’lari bilan kafolatlanadi.
Depozit siyosatini yuritishda bank o’z rahbariyati va xodimlarining mijozlarni depozit hisobvaraqlarni ochishga qiziqtira ola bilishlari bank e`tirof etilishining asosiy omillaridan biridir, degan tamoyilga asoslanadi.
“Talab qilib olinguncha” depozitlar
“Talab qilib olinguncha” depozitlari – xo’jalik yurituvchi sub`ektlarning “Talab qilib olinguncha” hisobvaraqlaridagi pul mablag’lari bo’lib, ular mijozlar tomonidan oldindan bankni ogohlantirmay turib, istalgan vaqtda chiqarib olinishi mumkin. Joriy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun likvid shaklidagi mablag’larni talab qiladigan mijozlar bunday omonatlarni joylashtiradi. Mazkur depozit qo’yilmasi turi Talab qilib olinguncha chiqarib olinishi mumkinligi munosabati bilan bank bunday depozitlar bo’yicha foizlarni hisoblab yozmayda. (Bank me`yoriy hujjatlarida belgilanadigan bir qancha valyutalar bundan mustasnodir). Shu bilan birga joriy hisobvaraqlar bo’yicha omonatchilar pul mablag’larini boshqa joyga o’tkazishga doir xizmatlarning keng turidan foydalanishlari mumkin. Bular cheklarni yozib berish va inkassatsiya qilish, kredit o’tkazmalari, muntazam to’lovlar to’g’risidagi topshiriqlar va hokazolardan iborat.
“Talab qilib olinguncha” depozitidan mablag’lar shartnomada oldindan kelishib olingan shartlar asosida Mijozning topshirig’iga binoan boshqa turdagi depozitlarga o’tkazilishi mumkin.
Bunda, garchi har bir joriy hisobvaraq bo’yicha saldo alohida olinganda nihoyatda keng darajada o’zgarib turishi mumkin bo’lsada, barcha joriy hisobvaraqlar bo’yicha saldo umumiy summasi Bankni anchagina barqaror depozit bazasi bilan ta`minlaydi.
Jamg’arma depozitlar (bildirishnomali depozitlar)
Mijozlar jamg’arma depozit hisobvarag’ini belgilangan shakldagi Shartnoma asosida ochadilar.
Depozit qo’yilmasining mazkur turi mijozlar pul mablag’larini jamlaydigan hisobvaraq bo’lib, Mijoz omonatning bir qismi yoki butun summasini chiqarib olishi uchun bankni 2 ish kuni avval (yoki shartnoma bo’yicha boshqa muddatda oldindan) to’lov topshirig’ini taqdim etish yo’li bilan xabardor qiladi. Mazkur to’lov topshirig’ida 2 (yoki boshqa) ish kunidan oldingi sana ko’rsatiladi.
Omonat depozit hisobvarag’idan mablag’lar, agar mazkur operatsiya amaldagi qonunlarga zid bo’lmasa, Mijozning joriy (hisob-kitob) hisobvarag’iga maxsus yoki istalgan boshqa hisobvarag’iga o’tkaziladi. Depozit istalgan vaqtda hech qanday cheklovlarsiz to’ldirib turilishi mumkin.
Depozit omonatining mazkur turi Mijoz uchun foizlarni keltirib tushuruvchi omonat hisoblanadi. Foiz stavkasi, foizlarni to’lash davriyligi va foizlar hisoblab yoziladigan minimal qoldiq bank tomonidan umumiy narx siyosatiga, bozordagi raqobatchilik darajasiga muvofiq belgilanadi va vaqti-vaqti bilan qaytadan ko’rib chiqib turiladi.
Muddatli depozitlar
Muddatli depozitlar mijozlarning bo’sh turgan pul mablag’larini belgilangan muddatda va to’lov evaziga bankda saqlash vositasidir.
Muddatli depozitlar amal qilish tartibiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  • belgilangan muddat va belgilangan foiz stavkasi bo’lgan omonatlar, ya`ni bunday omonatlar bo’yicha mijozlar belgilangan summani muayyan vaqt mobaynida butun davr uchun belgilanadigan foiz stavkasi bilan bankda joylashtiradilar;

  • muddati belgilangan va foiz stavkasi o’zgaruvchan bo’lgan omonatlar, ya`ni Mijoz bankka belgilangan summani muayyan davr mobaynida joylashtiradigan omonatlar. Bunda shartnomada tomonlarning o’zaro kelishuviga muvofiq foiz stavkasi qayta ko’rib chiqilishi mumkin bo’lgan oraliq muddatlar belgilanadi.

Depozitlar muddatliligi rejimi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:

  • 30 kungacha muddatli depozitlar;

  • 90 kungacha muddatli depozitlar;

  • 180 kungacha muddatli depozitlar;

  • 365 kungacha muddatli depozitlar;

  • 365 kundan ortiq muddatli depozitlar.

Depozitor shartnomada ko’rsatilgan depozit summasining o’z vaqtida kelib tushishiga to’liq javob beradi va uning mavjudligi va qonuniyligini kafolatlaydi.
Qo’shimcha badallarni qabul qilish asosiy depozit shartnomaga qo’shimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
Muddatli depozit hisobvaraqlar Mijozning istagi va bankning roziligi bilan ular muddati tugamasidanoq yopilishi mumkin. Bu holda Mijoz bankni muddatli depozit hisobvarag’idagi mablag’larni muddatidan avval chiqarib olish mumkinligi to’g’risida oldindan ogohlantirishi shart.
Mablag’lar muddatli depozit hisobvarag’idan muddatidan avval chiqarib olingan holda bank shartnomada ko’zda tutilgan foiz stavkalarini to’laydi:

  • Mijoz milliy valyutadagi depozitni muddatidan avval chaqirib olgan taqdirda, bank Mijozga yuridik shaxslar jamg’arma depoziti stavkasi bo’yicha foizlar to’laydi (agar Shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa);

  • Mijoz xorijiy valyutadagi depozitni muddatidan avval chaqirib olgan taqdirda, Bank Mijozga “Talab qilib olinguncha” depoziti stavkasi bo’yicha Shartnomadagi valyuta yuzasidan belgilangan foizlarni to’laydi (agar Shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa).

Agar muddat o’tganidan so’ng Mijoz tomonidan muddatli depozit talab qilib olinmasa, bunday depozit agar Shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan taqdirda, keyingi ish kunidan kechiktirmay “Talab qilib olinguncha” asosiy depozit hisobvarag’iga qaytariladi.
Jamg’arma (depozit) sertifikat
Jamg’arma (depozit) sertifikat – Bankka qo’yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat egasining) belgilangan muddat tugaganidan so’ng qo’yilma summasini va sertifikat bergan bankda yoki ushbu bankning istalgan filialida sertifikatda kelishilgan foizni olish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz.
Jamg’arma (depozit) sertifikatlar egasining nomi yozilmagan yoki egasining nomi yozilgan bo’lishi mumkin.
Jamg’arma (depozit) sertifikatlar “depo” hisobvaraqlari bo’yicha yozuvlar ko’rinishida naqdinasiz shaklda ham chiqariladi.
Jamg’arma (depozit) sertifikat oankka haq to’lash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan taqdirda omonat summasi va foizlar agar depozit shartlari bo’yicha boshqa foiz miqdori belgilanmagan bo’lsa, bank tomonidan “Talab qilib olinguncha” omonati bo’yicha to’lanadi.
Jamg’arma depozit sertifikati ko’rsatilgan xizmatlar va sotilgan tovarlar uchun to’lov va hisob-kitob vositasi sifatida ishlatilishi mumkin emas.
Boshqa depozitlar
Yuqorida sanab o’tilgan depozitlardan tashqari mijozlar akkreditivlar, shuningdek turli ishonch vositalari va boshqa shu kabi moliyaviy operatsiyalar bo’yicha amaldagi qoidalarga muvofiq muddatsiz foizsiz depozitlarni ochishlari mumkin.

  1. TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI.


Depozitlar bo‘yicha xizmatlarning qiymatini belgilash bank boshqaruvchisi uchun murakkab muammo hisoblanadi. Chunki ko‘proq mablag‘ talab qilish maqsadida mijozlar depozitlarni sotish orqali ulardan yaxshi daromad olishni ham ko‘zlaydilar. Albatta, bu faoliyatni amalga oshirishdagi kuchli raqobat bank daromadiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli raqobat tufayli depozitlarga bahoni alohida bir bank emas, balki bozor o‘rnatadi. Bunday sharoitda boshqaruvchi bozor o‘rnatgan foiz stavkasidan foydalanib, ko‘proq depozitlarni jalb qilish yoki qat’iy o‘rnatilgan foiz stavkasi negizida ko‘proq depozitlarni jalb qilish yohud o‘rnatilgan foiz stavkalaridan kam miqdordagi foiz stavkalarini taklif qilish bilan depo-zitlar hajmini kamaytirish ma’qulligi to‘g‘risida bir qarorga kelishi lozim. Chunki bunda boshqaruvchi daromadlilik yoki o‘sishni tanlaydi. Qimmat depozitlarning ko‘p hajmda jalb qilinishi bankning o‘sishini ta’minlaydi, lekin bank daromadi hajmi pasayadi.
Hozirgi paytda depozitlarni baholashning bir qancha usullari mavjud:

  1. «xarajat + daromad»;

  2. depozitlarga eng yuqori hajmdagi xarajatlarga asoslangan holda foiz stavkasini o‘rnatish;

  3. alohida qo‘yilmalarga o‘rnatilgan foiz stavkalarini guruhlarga bo‘lish;

  4. depozitlar bozoriga kirib borish maqsadida foiz stavkasi o‘rna-tish;

  5. yuqori daromadli mijozlarni jalb qilish maqsadida depozitlarga qiymat o‘rnatish;

  6. mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar soni va turiga qarab depozitlarga foiz stavkasi o‘rnatish (qiymatni o‘rnatishning ko‘p omilli usuli);

  7. bankning o‘z maqsadlariga erishishini ko‘zlab, depozitlarga baho o‘rnatish usuli.

Hozirgi davrda mijozlarning alohida depozitlar bo‘yicha xizmatlardan foydalanish darajasiga qarab xizmat haqlari o‘rnatish usuli keng qo‘l-laniladi.
Yirik hajmdagi DS – rasmiy depozit, lekin amaliyotda qarz bo‘yicha berilgan «tilxat»ning bir turidir. Bu tilxat foydalanilmayotgan ortiqcha mablag‘ga ega yirik kompaniyalardan, yuqori daromadli shaxslardan va nihoyat, Markaziy bankdan ma’lum bir muddatga ma’lum miqdorda qarz olish uchun beriladi. DS – foizli tilxat bo‘lib, olinayotgan qarzning muddati va hajmiga qarab, kelishilgan holda foiz stavkasi o‘rnatiladi. Yirik hajmdagi DSlaridan qisqa muddatlarda, asosan bir haftadan to bir yilgacha muddatlarda foydalaniladi. Uning afzalligi shundaki, bunday DSni ro‘yxatdan chiqarish muddati kelgun-cha ikkilamchi bozorda bir necha marta sotilishi mumkin. Shuning uchun ham, uni «o‘tkazma» DSti deyiladi. Foiz stavkasi o‘rnatilgan DS lari barcha yirik hajmdagi DSlarning 4/5 qismini tashkil qilib, ularni chiqarishdan asosiy maqsad, foiz daromadi olishdir.
Masalan, agar bank 100 000 dollarlik qiymatga ega olti oylik DS ni sotib oluvchi xaridorga yillik 8% miqdorida foiz stavkasi va’da qilsa, depozitor 6 oydan so‘ng quyidagi mablag‘ga ega bo‘ladi.

Misolimizda:





Xaridorga to‘lanadigan summa

=

100000

+

100000

·

180 kun

·

0,08

=

104000 $

360

Demak, xaridor 6 oyda 4000 dollar foyda topadi. Hisobdan chiqarish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan DSlaridan depozitor har 6 oyda foiz daromadi oladi.


Depozit bozorining 20 foizini tashkil qiluvchi o‘zgarib turuvchi foiz stavkasi bilan chiqarilgan DSlari ma’lum bir muddat ichida qayta ko‘rib chiqiladi.
Yangi foiz stavkasi depozitlarning ikkilamchi bozorida qo‘llanila-yotgan foiz stavkasi asosida yoki banklararo o‘rnatiladigan «libor» foiz stavkasi asosida o‘rnatiladi.
DSlarini sotuvchi bank foyda keltiruvchi qarz mablag‘lariga ega bo‘ladi, chunki depozitlar uchun rasmiy zaxira talablari o‘rnatilmagan. Yirik banklarning chek hisob raqamlari uchun esa 10 foizlik zaxira talablari o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, DS larining hisobdan chiqarish muddatlari turlicha bo‘lgani va bu muddatdan oldin hisobdan chiqarish qonun bilan taqiqlanganligi tufayli, bank depozitlarining mustahkamligi va barqarorligi ta’minlangan. Lekin yirik hajmdagi DSlarning foiz stavkasi o‘zgarishiga bo‘lgan sezuvchanligi yuqori bo‘lganligi tufayli bunday DS laridan muntazam foydalanuvchi banklar daromadining doimo mustahkam bo‘lishini ta’minlash maqsadida ish olib borishlari (hatto foizlarni sug‘urtalash usullaridan foydalanishlari mumkin) lozim.
Depozitlar bank mablag‘larini tashkil qilishning asosiy man-bayidir. Ammo bankning kreditlari va investitsiyalarini qoplash uchun depozitlar hajmi yetarli bo‘lmasa, bank boshqaruvchisi qanday tadbir-larni amalga oshirishi lozim, degan savol yuzaga keladi. Bunda bank o‘z mablag‘larini nodepozit qo‘yilmalar hisobiga to‘ldiradi.
Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida nodepozitlarning quyidagi turlari bank mablag‘lari manbayining asosiylari hisoblanadi:

  • kapital bozoridagi yirik hajmdagi qisqa muddatli depozit sertifikatlari;

  • banklararo depozitlar;

  • qayta sotib olish sharti bilan banklarning qimmatli qog‘ozlari hisobidan ularga Markaziy bank tomonidan beriladigan qarzlar;

  • kliring chek hisobvaraqlari.

Bank boshqaruvchisi bank mablag‘larini tashkil qilish bilan passivlarni boshqaradi. Shu maqsadda boshqaruvchi mijozlar talabini qondirish uchun qancha miqdorda va muddatga depozit mablag‘lar kerakligini, uning qaytarilishini ta’minlashni hisoblab chiqishi lozim.
Bu o‘rinda Markaziy bankning qisqa muddatli qarzlari ancha qo‘l keladi. Chunki bu qarzlar Markaziy bankning boshqa banklar mablag‘-lari jamlanib, saqlanadigan majburiy zaxiralar fondidan olinadi.

  1. BANKNING DEPOZIT SIYOSATI VA UNGA TA’SIR

ETUVCHI OMILLAR.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling