Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


Korxonalarning kreditga layoqatliligini


Download 0.64 Mb.
bet44/81
Sana19.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1033520
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
Bog'liq
Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji

45-jadval.

Korxonalarning kreditga layoqatliligini


baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar





Ko‘rsatkichlar

D a v r l a r

1 kv.

0,5 yil

9 oy

1 yil

1

Likvidlik koeffitsiyenti













2

Qoplash koeffitsiyenti













3

Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti













4

O‘z aylanma mablag‘larining dinamikasi













5

Samaradorlik (foydalilik) darajasi













6

To‘lanmagan qarzlar:

  • bank ssudalari bo‘yicha

  • hisob-kitoblar bo‘yicha













7

Aylanma mablag‘larining aylanishi:

  • aylanish koeffitsiyenti

  • kunlarda aylanishi















46-jadval.


Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinflarga ajratish bo‘yicha talablar





Ko‘rsatkichlar

I sinf

II sinf

III sinf

1.

Likvidlik koeffitsiyenti
(Kl) yoki1

Kl 1,5
Kl 2,0

1,5 > KL 1,0
2,0 > KL 1,25

1,0 > KL
1,25 > KL

2.

Qoplash koeffitsiyenti Kq

Kq 2,0
Kq 7,0

2,0 > Kq 1,0
7,0 > Kq 2,0

1,0 > Kq
2,0 > Kq

3.

Moliyaviy barqa-rorlik koeffitsiyenti Kmb

Kmb 60%
Kmb 60%

60% > Kmb 30%
60% > Kmb 5%

Kmb < 30%
Kmb < 25%



Agar mijoz 2-sinfga taalluqli bo‘lsa va uning boshqa qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lsa, unga umumiy asosda kredit berilishi, ba’zi yengilliklar qo‘llanilishi mumkin. Agar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kamchiliklar bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‘rishni talab qilish, kredit bo‘yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarini oshirish, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‘rish mumkin.
III sinfga kiruvchi mijozlar aniq garov va yuqori foiz stavka asosida kredit oladi.
«A» korxonaning balansi bazis va joriy davrlarda quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi (47-jadval).
Hisob-kitoblar asosida quyidagi xulosalarni yasash mumkin:

  • Korxona balansi likvidligi ijobiy, chunki bazis davrda balans likvidligi 46 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy davrda 55 foizni tashkil qilgan, ya’ni shu davr ichida balans likvidligi 9 punktga oshdi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvid mablag‘lari qisqa muddatli majburiyatlaridan kamida ikki barobar ortiq bo‘lgan taqdirdagina uning moliyaviy ahvoli yaxshi deb hisoblanadi. Bu yuqori mezon chegarasidir. Bizning misolimizda bu nisbat bazis davrda 2,1 baravarni (1:2a, ya’ni, 109627:51107) joriy davrda esa 2,3 baravarni tashkil qilgan.
Xo‘jalik subyektlarining likvid mablag‘lari uning qisqa muddatli majburiyatlari hajmiga teng bo‘lgan hollarda (1 = 2a) gi ko‘rsatkich quyi chegara sifatida olinadi.
Likvidlik koeffitsiyenti joriy majburiyatlarning nafaqat naqd pulning o‘zi bilan, balki jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushishi kutilayotgan mablag‘lar hisobidan ham qoplanishi mumkinligini ko‘rsatadi.

  • Qoplash koeffitsiyenti bazis davrda 2,15 ni, joriy davrda esa 2,27 ni tashkil qilib mijozning birinchi sinfga taalluqliligini ifodalayapti (47-jadvalga qarang). Likvidlik koeffitsiyenti tegishli davrlarda 0,55 va 1,2 ni tashkil qilib bazis davrda mijozning uchinchi sinfga mansub ekanligini ifodalasa, joriy davrda u ikkinchi sinfga ko‘tariladi. Bunday hollarda mijozning sinfi bo‘yicha aniq bir xulosaga kelish uchun faqat bir yillik davr emas ko‘proq davrni, shu bilan bir qatorda boshqa qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni ham tahlilga jalb qilish zarur.

  • Korxonaning qarz olish manbalariga muhtoj emasligi uning o‘z mablag‘lari bilan qanday ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib uning darajasi moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti darajasi bilan belgilanadi.

Ma’lumki, korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga:

  • ustav kapitali;

  • qo‘shilgan rezerv kapitali;

  • taqsimlanmagan foyda;

  • maqsadli tushumlar va foizlar;

  • kelgusi davr sarflari va to‘lovlari uchun rezervlar;

  • kelgusi davr daromadlari kiradi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling