Toshkent sh. 2023 yil 31 iyul (shartnoma tuzish joyi)


 TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI


Download 64.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.08.2023
Hajmi64.03 Kb.
#1669941
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
contractDoc 64e5ef0ed14ed467e4f46de0

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
5.1. Foydalanilayotgan mashina va mexanizmlarga zarar yetkazilsa yoki yaroqsiz holatga keltirilsa va “Ijaraga beruvchi” tomonidan bu holat “Ijaraga oluvchi”ning aybi bilan sodir
etilganligi isbotlansa, keltirilgan zarar va yo'qotilgan daromadlar “Ijaraga oluvchi” tomonidan joriy bozor narxlarida “Ijaraga beruvchi”ga qoplab beriladi.
5.2. Mashina va mexanizmlar o'z vaqtida qaytarilmagan taqdirda “Ijaraga oluvchi” to'liq ijara haqini va har bir kechiktirilgan kun uchun ijara haqining 0,4 foizi miqdorida, ammo
kechiktirilgan davr uchun hisoblangan ijara haqining 50 foizidan oshmagan miqdorda penya to'laydi.
5.3. Ijara haqi o'z vaqtida to'lanmagan taqdirda “Ijaraga oluvchi” har bir kechiktirilgan kun uchun to'lanmagan ijara haqining 0,4 foizi miqdorida, ammo to'lanmagan qarz summasining
50 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'laydi.
5.4. Tomonlar mazkur shartnomada ko'zda tutilmagan majburiyatlarini bajarishda 1998 yil 28 avgustdagi “Xo'jalik subyektlari faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida”gi
O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq javobgarlikni o'z zimmalariga oladilar.
5.5. Agar “Ijaraga beruvchi” va “Ijaraga oluvchi” o'rtasida ushbu shartnoma shartlarini amalga oshirish yuzasidan biron-bir nizo yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, tomonlar ularni
muzokara yo'li bilan hal etadilar.
5.6. Agar bunday kelishuv imkonsiz bo'lib qolsa va tomonlar kelishuvga erisha olmasalar, o'rtadagi nizoli masala Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudiga ko'rib chiqish uchun yuboriladi
va ushbu shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab amal qilgan davr uchun O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
6. YENGIB BO’LMAYDIGAN KUCH (FORS-MAJOR) HOLATLARI.
6.1. Agar to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita sabab bilan yengib bo'lmaydigan kuch holatlari sodir bo'lsa, masalan, suv toshqinlari, yong'inlar, zilzilalar, epidemiyalar, karantin, harbiy
mojarolar yoki hukumat tomonidan boshqa ma'muriy aralashuvlar yoki boshqa qoidalar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita ta'sir etsa, tomonlar bunday majburiyatlarni
qisman yoki to'liq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. Ushbu majburiyatlarni bajarish muddatlari, agar ular shartnomaning to'liq yoki uning yengib bo'lmaydigan kuch
holatlari yuzaga kelgandan keyin bajarilishi lozim bo'lgan qismining bajarilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatsa, ushbu holatlarning davomiyligi davrigacha qoldiriladi.
6.2. Yengib bo'lmaydigan kuch (fors-major) holatlari Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligining sertifikati bilan tasdiqlanishi kerak. Bunday guvohnomaning yo'qligi tarafni shartnoma
bo'yicha majburiyatlarni bajara olmaslikning sababi sifatida fors-major holatlariga murojaat qilish huquqidan mahrum qiladi.

Download 64.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling