Toshkent sh. 2023 yil 31 iyul (shartnoma tuzish joyi)


 IJARAGA BERUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Download 64.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana24.08.2023
Hajmi64.03 Kb.
#1669941
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
contractDoc 64e5ef0ed14ed467e4f46de0

3. IJARAGA BERUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. “Ijaraga beruvchi”:
3.1.1. Ushbu shartnomaning butun muddati davomida ijaraga berilgan mashina va mexanizmlarni soz holatda saqlab turish, shu jumladan, zarur hollarda joriy va kapital ta'mirlash;
3.1.2. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar tarkibi va ularning malakasi ushbu turdagi mexanizmdan foydalanishda yetarli darajadagi tajribaga ega bo'lishini va ushbu shartnoma shartlariga
javob berishini ta'minlash.
3.1.3. “Ijaraga oluvchi”ni ushbu shartnomaning 1.6-bandida ko'rsatilgan maqsadlarga muvofiq foydalanish uchun boshqaruv va texnik ekspluatatsiyaga berish;
3.2. “Ijaraga beruvchi”:
3.2.1. “Ijaraga oluvchi” tomonidan texnika vositalaridan maqsadga nomuvofiq holda foydalanganda va ushbu shartnomaning boshqa shartlari buzilganda o'z majburiyatlarini
bajarishdan bosh tortish;
3.2.2. “Ijaraga oluvchi” tomonidan ushbu shartnoma shartlari buzilgan taqdirda xizmat ko'rsatuvchi xodimlar o'z vazifalarini bajarishdan bosh tortish;
3.2.3. Xizmat ko'rsatuvchi personal “Ijaraga oluvchi”ning bergan topshirig'i mashina va mexanizmlarning texnik holatiga zarar yetkazishi yoki texnikaning buzilish holatiga olib
keladigan bo'lsa, shuningdek, uchinchi shaxsga zarar yetadigan bo'lsa va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning hayotini xavf ostida qoldirsa va boshqa odamlar hayoti yoki salomatligiga
zarar yetkazsa uning ijrosini bajarishni rad qilish huquqiga ega.
3.3. “Ijaraga beruvchi” ning qurilish obyektlarida ish hajmining ko’payganligi texnika zarurati bo’lgan hollarda “Ijaraga beruvchi” 48 soat ichida “Ijaraga oluvchi” ga ijaraga berilgan
mashina va mexanizmlarni olib ketish to’g’risida xabarnoma beradi va mashina va mexanizmlarni boshqa qurilish obyektlariga ko’chiradi.
4. IJARAGA OLUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. “Ijaraga oluvchi”:
4.1.1. Mashina va mexanizmlardan maqsadga muvofiq tartibda, bu turdagi qurilish mexanizmi vazifasidan kelib chiqib va ushbu shartnoma shartlariga muvofiq foydalanish;
4.1.2. Foydalanilgan mashina va mexanizmlar hujjatlarini asossiz da'volarsiz to'lov uchun qabul qilinishini ta'minlash;
4.1.3. Narxlarning kelishuv protokoli asosida taqdim etilgan hisob-fakturalar va tasdiqlovchi hujjatlar (smena hisobotlari) va ushbu shartnoma shartlari bo'yicha ijara haqini o'z vaqtida
amalga oshirish;
Саҳифа 3 дан 1


4.1.4. Mashina va mexanizmlarning ishlashi to’g’risidagi smena hisoboti, yo’l varaqalari yoki buyurtma daftariga har bir ish kuni uchun aniq bajarilgan ish turini ko’rsatgan holda
ishlamagan kunlari uchun ishlamaganlik sabablarini(ish hajmi yo’qligi, yoqilg’i yo’qligi, texnika nosozligi) ko’rsatgan holda kunma-kun o’z vaqtida to’g’ri amalda bajarilgan ishlar
tugagandan so’ng bir calendar kundan kechiktirmay kiritish;
“Ijaraga oluvchi” o’zi tomonidan to’ldirilgan “Ijaraga beruvchi” ga taqdim etiladigan normativ hujjatlar mashina va mexanizmlarning yo’l varaqasi, smena hisoboti, naryad daftaridagi
ma’lumotlarni to’g’ri to’ldirilishini va yuritilishini ta’minlaydi. 
4.1.5. Haydovchi va mexanizatorlarni turar joy hamda oziq-ovqat bilan ta'minlash;
4.1.6. “Ijaraga oluvchi” mashina va mexanizmlarni dizel yoqilg’isi va yoqilg’i moylash mahsulotlari bilan ta’minlaydi hamda mashina va mexanizmlarning yo’l varaqalarini ochadi va
hisobini yuritadi, avtoshina va akkumulyator hisobini yuritish uchun ochilgan yo’l varaqasidan bir nusxasini “Ijaraga beruvchi” ga taqdim qiladi;
“Ijaraga oluvchi” o’zi ishlayotgan qurilish obyekti uchun mashina va mexanizmlarning vaqtinchalik yoqilg’i me’yoriy sarfini litsenziyasi bor tashkilotdan o’tkazadi. 
4.1.7. Mashina va va mexanizmlarni qurilish obyektidan “Ijaraga beruvchining avtoxo’jaligiga (bazasi, garajiga) qaytarish uchun qilinadigan sarf xarajatlarni to’lab berish;
4.1.8. Ushbu shartnoma bo'yicha ijara haqini bir smenada kuniga kamida 11 soat miqdoridagi hisobdan kelib chiqib, o'z vaqtida to'lash;
4.1.9. Har bir mashina va mexanizm ekipajini kuniga kamida 11 mashina soat va sutkasiga 22 mashina soat ish bilan ta'minlash;
4.1.10. NBT-312 raqamli yo'riqnomaga asosan har kuni haydovchi va mexanizatorlarni reysga chiqishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tkazish, o'rnatilgan tartibda barcha ishchilarga texnika
xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqnoma o'tish, qurilish maydonida mexanizmlarning to'siqsiz harakat qilishini, yo’l harakati qoidalariga va xavfsiz ishlab chiqarish ishlarini
amalga oshirish uchun sharoit yaratish;
4.1.11. Mashina va mexanizmlarning xizmatga yaroqliligini xavfsizligini ta’minlash, shuningdek mehnat muxofazasi me’yoriy xujjatlar bo’yicha yo’riqnoma o’tkazilishini ta’minlash;
4.1.12. Smena tugagandan keyin kechgi vaqtda obyektdagi mexanizmlarning butun holatda saqlanishini ta'minlash;
4.1.13. “Ijaraga oluvchi” ning aybi bilan smena orasida yoki butun smena davomida uzilishlar natijasida texnikalar to'xtab qolganda (ish bo'lmaganda, yoqilg'i tugab qolganda, qurilish
maydoni tayyor holatda bo'lmaganda) “Ijaraga oluvchi” “Ijaraga beruvchi”ga texnikaning to'xtab turgan vaqtiga har bir mashina-soat uchun texnikalar amortizatsiyasi, mashinistning
ish haqi xarajatlarining sutkasiga 22 soatdan oshmagan miqdoriga haq to'laydi. Bunday hollarda “Ijaraga oluvchi” ning vakolatli xodimi xujjat (smena hisoboti) tayyorlaydi va
texnikaning to'xtab turgan vaqti hamda sabablarini qayd etish majburiyatini oladi. 
4.1.14. Maxsus texnikalar yoki katta gabaritli yuklar tashilganda qonunda belgilangan tartib bo’yicha kuzatib borish xizmati bilan ta’minlashi kerak.
4.1.15. “Ijaraga oluvchi” avtotransport vositalari va qurilish mexanizmlarini har qanday sharoitda uchinchi shaxslarga berish mumkin emas.
4.2. “Ijaraga oluvchi”:
4.2.1. Mashina va mexanizmlarning texnik holati yoki xizmat ko'rsatuvchi personalning hatti-harakatlari “Ijaraga oluvchi”ning mulkiga zarar yetkazsa, shuningdek, uchinchi shaxs
hamda atrofdagi insonlarning sog'ligi va hayotini xavf ostida qoldirsa mexanizm va personalni boshqasiga almashtirishni talab qilish;
4.2.2 “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi” ga taqdim etgan mashina va mexanizmlari uchun butlovchi yoki ehtiyot qismlar bilan ta’minlash imkoniyati bo’lmaganda “Ijaraga oluvchi” o’z
imkoniniyatidan kelib chiqib “Ijaraga beruvchi” ni yozma xabar bergan holda mashina va mexanizmlarni butlovchi va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, shuningdek ularni joriy ta’mirlash
huquqiga ega, zarur ehtiyot qismlar ,ta’mirlsh uchun ko’rsatilgan xizmatlar uchun narxlar ko’rsatilgan holda tegishli dalolatnoma tuzilishi va xizmat ko’rsatuvchiga taqdim etish.
Bunday hollarda tomonlar o’rtasida ushbu shartnoma bo’yicha ikki tomonlama o;zaro hisob kitoblar orqali amalga oshiriladi.

Download 64.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling