Toshkent shahar Shayxontohur tumani 262-son umumiy o’rta ta’lim maktabining O’zbek (davlat) tili hamda ona tiliva adabiyot


Download 340.32 Kb.
bet1/13
Sana10.11.2023
Hajmi340.32 Kb.
#1763170
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Olimjonova S. To\'garak jurnali yangi



“TASDIQLAYMAN”


maktab rahbari
_____G.M.Zoirova
Toshkent shahar Shayxontohur tumani
262-son umumiy o’rta ta’lim maktabining
O’zbek (davlat) tili hamda ona tiliva adabiyot
fani o’qituvchisi Olimjonova Sarvinozning
,, Yosh kitobxon” nomli

TO’GARAK DAFTARI




Kelishildi “Ma’qullandi”
O‘IBDO‘ metod birlashma raisi
____________________ ______ Sh.Temirova

To’garak a’zolari haqida ma’lumot







O’quvchilarning ismi va familiyasi

Tug’ilgan yili, kuni

Yashash manzili

Sinfi

1.

Zokirova Zebiniso

01.01.2012

Shayxontohur

5G

2.

Ahmadjonov Usmon

16.07.2009

Shayxontohur

8D

3.

Ilyasova Zinnura

08.07.2008

Shayxontohur

9G

4.

Rustamova Maftuna

11.04.2008

Shayxontohur

9G

5.

Salimjonova Mahliyo

12.11.2008

Shayxontohur

9G

6.

Shomirzayeva Omina

14.08.2009

Shayxontohur

8D

7.

Ahmedova Mubina

14.07.2009

Shayxontohur

8D

8.

Abdumannopova Robiya

15.07.2009

Shayxontohur

8D

9.

Begaliyeva Shaxrizoda

18.10.2009

Shayxontohur

8D

10.

Aminov Mansur

11.11.2012

Shayxontohur

6V

11.

Abdujabborova Dilnoza

17.11.2012

Shayxontohur

6V

12.

Isroilova Fotima

19.032012

Shayxontohur

5A

13.

Maxamadjonova Samina

18.10.2012

Shayxontohur

5A

14.

Imomova Muborak

06.11.2011

Shayxontohur

5A

15.

Isroilov Husan

19.03.2013

Shayxontohur

5A

16.













17.













18.













19.













20.















To`garakning shiori: Intilganga tole yor!
To`garakning maqsadi:_Respublika bosqichiga chiqib, oliy sovrin SPARK avtomobilini qo’lga kiritish



Yosh kitobxon” to’garagining yillik ish rejasi



Mavzu

Soat

Sana

Izoh

1

Tanishuv. Vidyorolik,, Kitobxonlik haqida

1







2

,, Alpomish “dostoni.

1







3

,, Rustamxon “ dostoni

1







4

,, Sariq devni minib “ X. To’xtaboyev

1







5

Qutadg`u bilig”.Nazariy ma`lumot: Didaktik adabiyot

1







6

Farhod va Shirin” dostoni

1







7

Alisher Navoiy”

1







8

,, Adabiyot muallimi “ A. Qahhor

1







9

,, Shum bola “ G’. G’ulom

1







10

,, Bo’ladigan bola “ P. Mo’min


1







11

,, Bola Alisher “ Oybek


1







12

,, Mening yulduzim “ E. Vohidov


1







13

,, Dunyoning ishlari “ O’. Hoshimov


1







14

,, Bolalik xotiralarim “ Oybek


1







15

,, Qizimga maktublar “ O’. Umarbekov


1







16

,, Saylanma “ ( Tarixiy qissar ). M. Osim


1







17

,, Chumolilar saltanati “ E. Malik


1







18

,, O’tmishdan ertaklar “ A. Qahhor


1







19

,, Onaizor “ O. Yoqubov


1







20

,, Gallaktikada bir kun “ S. Quronov


1







21

,, So’z latofati “ E. Vohidov


1







22

,,Yulduzlar mangu yonadi “. T. Murod


1







23

,, Oq so’yloq “ J. London


1







24

,, Shahzoda va Gado “ M. Tven


1







25

,, Birinchi muallim “ Ch. Aytmatov


1







26

,, Ona tarbiyasi “ A. Nesin


1







27

,,Suv ustida 80 ming kilometr “ J. Vern


1







28

,, Mittivoy va Karlson “ A. Lingren


1







29

,, Alvon Yelkanlar “ A. Grin


1







30

,,Vinniy pux va uning sarguzashtlari“A.Miln


1







31

,,Zarbulmasal “ Gulxaniy


1







32

,, Kichkina shahzoda “ A. Ekzuperriy

1







33

,, Qadimgi sivilizatsiyalar “ Sh. Ergashev

1







34

,, Qiziqarli geografiya “ V. Rafiqov

1









To’garak rahbari: S. Olimjonova____________________________


MAVZU: Xalq og’zaki ijodi“Alpomish” dostoni
MASHG‘ULOTNING MAQSADI:
a) ta’limiy: o’quvchilarga“Alpomish” dostonihaqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, adabyotshunoslik lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
M ASHG‘ULOTNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Yangi mavzu bayoni: Aziz o‘quvchi!
Endi Siz o‘zbek xalqining ulug‘ dostoni “Alpomish” bilan tanishasiz. Bu dostonni o‘zbekning buyuk baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li aytgan.“Alpomish” dostonining baxshilar tomonidan aytilgan qirqdan ortiq nusxasini olimlar yozib olishgan.Lekin Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijro etgan nusxa voqealarning qiziqarliligi, ifodaning ta’sirchanligi, tasvirning izchilligi, o‘zbek xalqining ruhiyatiga xos belgilarni aks ettira olish qudratiga ko‘ra ularning barchasidan yuksak turadi. Fozil shoir 1872- yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga qarashli Loyqa qishlog‘ida Yo‘ldosh ota oilasida tug‘ilgan. Yetimlikda o‘sgan bo‘lajak shoir cho‘ponlik qilgan vaqtlarida do‘mbira jo‘rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan. Yigitlik chog‘larida davrining taniqli baxshisi Yo‘ldosh shoirdan doston aytish sirlarini o‘rgangan.Ulkan iqtidori tufayli o‘zbek xalq dostonchiligini yangi bosqichga ko‘targan. Fozil Yo‘ldosh qirqdan oshiq xalq dostonlarini to‘la yod bilgan va betakror iste’dodi bilan aytgan dostonlarining badiiy jihatdan mukammal bo‘lishiga erishgan. “Alpomish” dostoni nafaqat uning ijodida, balki o‘zbek xalq dostonchiligida alohida ahamiyat kasb etadi.Chunki bu dostonda o‘zbek xalqiga xos eng ezgu sifatlar haqqoniy hamda ta’sirli aks ettirilgan.“Alpomish” dostonida xalqimizning azal-azaldan iymon-e’tiqod, or-nomus birligi yo‘lida o‘zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o‘qib, o‘ziga unashtirilgan Oybarchinning qalmoqlar orasida talashda qolmasligi, yurtdoshlarining begonalarga xor bo‘lmasligi uchun jonini tikkan Alpomish bilan tanishasiz. Yaratganga iymon keltirgani va mo‘minga do‘st tutingani uchun Hakimbekning yonida turib, o‘zining iymonsiz yurtdoshlariga qarshi kurashgan Qorajon holatini anglab yetasiz. Yuksak insoniy fazilatlari bilan er yigitlardan qolishmaydigan Oybarchin vaQaldirg‘och timsollariga qoyil qolasiz. “Alpomish” dostonida o‘zbek millatiga xos eng yuksak ma’naviy- axloqiy sifatlar, ayni vaqtda, millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqimizning ma’naviy olami va ruhiyat dunyosini ko‘rsatuvchi ko‘zgudir. Shuning uchun ham 1999- yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda keng bayram qilindi. Aziz o‘quvchi! Agar siz o‘zbek degan xalqni yuksaltirgan, uni dunyoga tanitgan axloqiy fazilatlar nimalardan iboratligini tuymoqchi, bobolaringizni olamga mashhur etgan ma’naviy sifatlarning ildizi qayerdanligini bilmoqchi, ajdodlarning or-nomus, so‘zga egalik, bag‘rikenglik va kechirimlilik kabi xislatlaridan o‘rnak olmoqchi bo‘lsangiz, dostonni diqqat bilan o‘qib chiqing va asarni tushunib yetishga harakat qiling. Bobolarimizning qahramonlik o‘tmishiga qiladigan adabiy safaringiz xayrli bo‘lsin!
ALPOMISH
Burungi o‘tgan zamonda, o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elida Dobonbiy degan o‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o‘g‘il farzand paydo bo‘ldi. Alpinbiydan tag‘i ikki o‘g‘il paydo bo‘ldi: kattakanining otini Boybo‘ri qo‘ydi, kichkinasining otini Boysari qo‘ydi. Boybo‘ri bilan Boysari – ikkovi katta bo‘ldi. Boysari boy edi, Boybo‘ri shoy1 edi. Bu ikkovi ham
farzandsiz bo‘ldi. Ana endi o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elida bir chupronto‘y2 bo‘ldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni3 to‘yga xabar qildi.Shu to‘yga barcha xaloyiqlar yig‘ildi.Biylar4 ham to‘yga keldi.To‘ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi. Biylar: “Mazmuni, bu odamlar bizning kelganimizdan bexabar qoldi”, — deb otini o‘zlari bog‘lab, ma’rakai majlisga kelib o‘tira berdi. Biylarning ko‘nglini xushlamadi, otini ushlamadi, ostiga libos tashlamadi. Osh tortdi — suzgan tovoqni choshlamadi, osh tortganda oshning ketini-betini tortdi. Bu qilgan xizmatni biylar ko‘rib, ilgari izzat ko‘rib yurgan odamlar aytdi: “Bizlar o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irotning boyi ham shoyi bo‘lsak, bizlar kelsak, otimizni ushlar edinglar, ko‘nglimizni xushlar edinglar, bu daf’a bizdan nima o‘tdi, bizni bunday behurmat qildinglar?”

Download 340.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling