6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil gul tasvirlaridan foydalaniladi..
Besh yulduz ichida atir gul - “5”ball.
To`rtburchak ichida lola gul - “4”ball
Uchburchak ichida chinni gul - “3”ball
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. Funksiya deb nimaga aytiladi?
2. Funksiyaning grafigi deb nimaga aytiladi?
3. Chiziqli funksiya deb nimaga aytiladi?
4. Chiziqli funksiyaning grafigi nimadan iborat?
5. Qat’iy va noqat’iy tengsizliklarni ayting.
6. Bir noma’lumli tenglama deb nimaga aytiladi?
3.Yangi mavzuni bayon qilish.
Tengsizlikni yeching: 3(x-2)-4(x+1)<2(x-3)-2
Tengsizlikning chap va o`ng qismlarini soddalashtiramiz. Qavslarni ochamiz: 3x-6-4x-4<2x -6-2
Noma'lum qatnashgan hadlarni tengsizlikning chap qismiga, noma'lum qatnashmagan (ozod) hadlarni esa o`ng qismiga olib o`tamiz (1- xossa):
3x-4x-2x<6+4-6-2
O`xshash hadlarni ixchamlaymiz: - 3x<2 va tengsizlikning ikkala qismini
- 3 ga bo`lamiz (2- xossa):
Javob.
Bu yechilishni qisqacha bunday yozish mumkin:
tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to`plami son o`qida nur bilan tasvirlanadi. nuqta bu nurga tegishli emas, u oq doiracha bilan, nur esa qiya chiziqchalar bilan belgilangan. x sonlarning, masalan, tengsizlikni qanoatlantiruvchi to`plami ham nur deyiladi. x=2 nuqta shu nurga tegishli. bu nuqta qora doiracha bilan tasvirlangan.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darsni mustahkamlash uchun mavzu bo`yicha misollar yechish.
5. Darsni yakunlash va darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.
O`quvchilarning olgan baholarini jurnalga va kundalikka qo`yish.
2>
Do'stlaringiz bilan baham: |