Yapon tilini o‘qitish quyidagi vazifalardan iborat:
Lug‘at, imlo, talaffuz, so‘zlar ma’nosi va tillar tizimi shakllanishini bilish sohalarida o‘qishning boshlang‘ich bosqichda shakllangan ko‘nikmalar asosida tilni o‘zlashtirish saviyasini rivojlantirishni ta’minlash. Yapon tilida so‘zlar orqali fikrni bera olish imkoni bo‘lmagan hollarda til elementlari o‘rniga imo-ishora va boshqa shu kabi muloqot vositalaridan foydalana olish.
Yozma va og‘zaki shakllardagi iboralarni tuzish uchun o‘z grammatik shakl va ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlarni bir-biriga qo‘sha olish.
Yapon tilida maishiy, kasbiy faoliyatlari jarayonlarida og‘zaki va yozma nutq imkoniyatlaridan foydalana olish ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlash.
Boshqa xalq va davlatlar madaniyatlari, jahon ma’naviy va ilmiy qadriyatlari bilan tanishtirish.
Baholash tizimi asosida bilimlar nazoratini o‘tkazish:
Kundalik nazoratga har bir darsda baho (ball) qo‘yiladi.
Yakuniy test sinovi N5, N4 o‘quv moduli yakunida o‘tkaziladi.
Baholash tizimiga binoan baho quyidagi foiz raqamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
86 %-100 % - “5” a’lo;
71 %-85 % - “4” yaxshi;
56 %-70 % - “3” qoniqarli;
55 % gacha – “2” qoniqarsiz.
Yapon tilini yaxshi o‘zlashtirishda tinglovchining mustaqil ishini to‘g‘ri tashkil qilish va muntazam nazorat qilib borish o‘qituvchiga bog‘liqdir.
Yapon tili o‘quv mashg‘ulot turlari bo‘yicha mavzular rejasi va mazmuni
Do'stlaringiz bilan baham: |