Kompyuterning dasturiy ta’minoti
Kompyuter axborotni qayta ishlashi uchun unga ishini qanday va qay tartibda bajarishini aniq va ravshan ko’rsatish lozim bo’ladi.Bu kabi “tushuntirish” dastur ko’rinishida amalgam oshirilib,u axborotni qayta ishlash uchun zarur bo’lgan barcha amallarni keraklicha to’liq va ravshan ko’rsatadi.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti- bu kompyuterda ishlatiladigan dasturlar majmuasidir.
Operatsion sistema haqida tushuncha
Zamonaviy kompyuterning dasturli ta’minoti ancha katta hajmli va turli-tuman bo’lgani sababli,uning asosiy qismi tezkor xotirada saqlanadi.
Dasturiy ta’minot asosan uch guruhga bo’linadi:
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi kompyuter ishlashini boshqarish,shu jumladan amaliy va sistemali boshqarish dasturlarini bajarishni o’z ichiga oladi.U kompyuterning tezkor xotirasida joylashgan bo’ladi.Operatsion sistemalar kompyuter xiliga bog’liq bo’lib,bir turdagi kompyuterning operatsion sistemasi boshqa turdagi kompyuterlarga mos kelmasligi mumkin.
Sistemali boshqarish dasturlari kompyuterning turli holatlarda ishlashini ta’minlaydi.Bu dasturlarning assiylari tezkor xotirada,qolganlari tashqi xotirada joylashgan bo’ladi.
Sistemali dasturlarga “Yo’lboshlagich” (Проводник) ni misol qilib olish mumkin.Bundan tashqari dasturlarni sistemali ravishda ishini boshqaradigan “Total Commander” (Total Komander) dasturi foydalanuvhchilarga keng imkoniyatlar yaratgan.
Amaliy dasturlar axborotni qayta ishlashda qo’llaniladi.Ular opertsion sistema va sistemali dasturlarga qaraganda ko’proq joyni egallaydi.Amaliy dasturlar odatda tashqi xotirada saqlanadi.Bu dasturlar ijrochi buyurtmasiga ko’ra dasturchilar tomonidan tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda insonga dastur tuzishga yordam beruvchi bir necha dasturlash tillari mavjud.Dasturlash tillari,qo’llanishi bo’yicha,asosan ikki xil,ya’ni ma’lumturdagi kompyuterga mo’ljallangan yoki ma’lum bir toifadagi masalani hal qilishga mo’ljallangan bo’ladi.Hozirda keng tarqalgan dasturlash tillariga quyidagilar misol bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |