Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ishi fakulteti


Operatsion sistema quyidagi vazifalarni bajaradi


Download 275.18 Kb.
bet5/7
Sana26.03.2023
Hajmi275.18 Kb.
#1298163
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Informatika Dasturiy taminot

Operatsion sistema quyidagi vazifalarni bajaradi:




Har xil turdagi kompyuterlarda turli xil imkoniyatlarga ega bo’lgan operatsion sistemalardan foydalaniladi.Ana shu imkoniyatlarga qarab operatsion sistemalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

1.Bir vazifani bajaruvchi bitta foydalanuvchiga mo’ljallangan operatsion sistemalar –bunda bitta foydalanuvchi bitta klaviatura orqali birgina vazifani bajarishi mumkin.

2.Chop etish imkoniyati bo’lgan bir vazifani bajaruvchi bitta foydalanuvchiga mo’ljallangan operatsion sistemalar –bunda yuqorigidan farqli operatsion sistema chop etish vazifasini ham bajaradi.

3.Bir foydalanuvchiga mo’ljallangan ko’p vazifali operatsion sistemalar –bunda operatsion sistema foydalanuvchiga bir necha vazifalarni bajarish orqali imkoniyatlarni kengaytiradi.

4.Ko’p foydalanuvchiga mo’ljallangan ko’p vazifali operatsion sistemalar – bunda operatsion sistema bitta kompyuterda bir necha foydalanuvchi ishlash imkoniyatini beradi.

Turli dastrularni ishlab chiquvchi kompaniyalar bu dastur qaysi modelga mos kelishini bilmaydilar.O’z navbatida kompyuter ishlab chiqaruvchilar ular ishlab chiqargan kompyuter modeliga qaysi dastrular bilan ishlashini bilmaydilar.Ana shu kompyuter bilan dasturlar o’rtasidagi aloqani va foydalanuvchi bilan muloqotni operatsion sistemalar amalga oshiradi.
Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda turli-tuman peratsion sistemalar dan foydalaniladi.Yildan-yilga ularning yangidan-yangi versiyalari paydo bo’lmoqda.Har bir operatsion sistemaning tashkil etuvchi dasturlari bo’ladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan dastlabki MS DOS (Microsoft Disk Operation System –“Microsoft firmasida yaratilgan diskli operatsion sistema”) operatsion sistemaning tashkil etuvchi dasturlari bilan tanishib chiqaylik.

Operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabigina bo’lib qolmay,ular kompyuterlarni nafaqat amalda ish bajarishga,balki o’zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur qiladi.Mazkur dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas,bizning ko’rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik,muammo yuzaga kelmasligi uchun yaratiladi va qo’llaniladi.


Download 275.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling