Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ishi fakulteti


Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqatga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi


Download 275.18 Kb.
bet4/7
Sana26.03.2023
Hajmi275.18 Kb.
#1298163
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Informatika Dasturiy taminot

Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqatga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Interfeys xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga ajraladi:




  • Qulay foydalanuvchi interfeys – dastur bilan ishlash juda qulay, foydalanuvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi;


  • Yumshoq interfeys - dastur bilan turli xil usullarda ishlash mumkin;


  • Qattiq interfeys – dastur bilan ishlaganda uning ma’lum ko’rsatmalaridan tashqariga chiqib bo’lmaydi.





Interfeyz ishlash muhitiga qarab ikki xil bo’ladi:




  • Nografik interfeys – dastur bilan ishlashda klaviaturadan foydalaniladigan va ma’lumotlar ekranda faqat matn ko’rinishida aks etadigan muhit;


  • Grafik interfeys – dastur bilan ishlash jarayonida ekranda grafik tasvirlar aks ettiriladigan va uni “sichqoncha” yordamida boshqarish mumkin bo’ladigan muhit.


Yuz minglab dasturlar mavjud bo’lib,ularning har biri bilan turlicha ishlashga to’g’ri keladi.Ba’zi dasturlar klaviatura yordamida ishlashga,boshqalari ‘”sichqoncha” bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.Ba’zi dasturlar ma’lumotlarni ekranga matn shaklida chiqarsa,ba’zilar grafik shaklda,yana birlari esa umuman ekrandan foydalanmasdan tovush yoki nutq sifatida ma’lumot berishi mumkin.


Operatsion sistema haqida tushuncha



Operatsion sistema-foydalanuvchi bilan kompyuter muloqotini va boshqa dasturlarning bajarilishini tashkil etishga mo’ljallangan o’zoro aloqador sistemali dasturlar majmuidir.
Kompyuter tok manbaiga ulangach,operatsion sistema eng avval yuklanadi va boshqa dasturlarning ishlashi uchun zamin yaratadi.Operatsion sistema inglizcha “operating system” so’zidan olingan bo’lib,u kompyuter qurilmalarini hamda boshqa dasturlarni ishlashini boshqaradigan kompyuterning dasturlar majmuasi hisoblanadi.Operatsion sistema birinchi tomondan kompyuter va uning qurilmalari o’rtasidagi vositachilikni bajarsa,ikkinchi tomondan foydalanuvchi bilan kompyuter muloqotida vositachilik qiladi.Operatsion sistema odatda diskning tashqi xotirasida saqlanadi.


Operatsion sistemalarni yaratilish tarixi kompyuterlarning birinchi avlodlaridan foydalanishga taqaladi.1940 yillarni boshida universal kompyuterlarni paydo bo’lishiga xizmat ko’rsatuvchi dasturlardan foydalanish saba bo’lgan.Bu dasturlar majmuasida foydalanuvchini ishini engillashtiruvchi dasturlar kiritilgan edi.Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar ma’lumotlarni kiritish va olishdagi harakatlar sonini qisqartirdi.1950-1960 yillardan so’ng operatsion sistemaning vazifalarini aniqlash bilan birga va amalga oshirishga erishildi. Ya’ni,shunday dasturlar majmuasi yaratildiki,bu foydalanuvchining kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi.


Download 275.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling