Kasallikni davolash va oldini olish. - Kasallikning oldini olish uchun nur bilan ishlanadigan joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Bunday joylarda inson organizmiga ta'sir etishi mumkin bo’lgan nur miqdori nazorat etib borilishi lozim. Kasallikka to’liq davo qilinishi zarur. Surunkali nur kasallygining yengil turida quvvatga kirgizadigan va nerv faoliyatini yaxshilaydigan doridarmonlar (jenshen, limonnik, eleuterokokk va boshqalar), vitaminlar, kichik trankvilizatorlar tayinlanadi. Kasallikning o’rtacha og’ir turida yuqoridagi dori-darmonlardan tashqari, markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilovchi, qon va leykositlar ishlab chiqarilishini maromga soluvchi, qon quyulishini to’xtatuvchi dorilar, antibiotiklar, qon va uning tarkibiy qismlari qo’llanadi. Surunkali nur kasalligining og’ir turiga uzoq vaqt chidam va qat'iylik bilan davo qilish zarur. Bunda asosiy e'tibor qon holatini yaxshilashga (eritrositlar, leykositlar va trombositlarni qonga yuborish),. yuqumli asoratlarga qarshi kurashga (bakteriyalarga qiron keltiruvchi dorilar, gammaglobulin va b. q.) qaratiladi.
Savollar - Surunkali nur kasalliklari haqida birinchi ta'riflagan olim va uning ta'rifi
Nur kasalliklarni davolashchi shikoforlar kimlar sizning fikringizcha
Surunkali nur kasalligining og'ir turining belgilari
Inson radiatsiya olganida birinchi navbatda nima qilish kerak?
Vaziyatli masalar - Nodir Mirfayziyev rentgen bo'limida 3 yildan beri ishlaydi. U terapevtga zaiflikbosh og'rig'i, chidamlilik ishlashning pasayishiuyqu buzilishi va hissiy beqarorlik bilan murojaat qildi. Sizningcha u nechinchi darajali nur kasalligi bilan kasallangan.
- Surunkali nur kasalligi bilan kasallangan bemorda yaqqol asteniya kuzatilayotgani qayd etildi u nechinchi daraja nur kasalligi
- Vrach bemorga vitaminlangan parhez jenshen eleuterokokk kichik trankvilizatorlar qo'lladiU qanday kasal
- Surunkali nur kasalligi bilan kasallangan bemorni qonidaeritrostitlar miqdori 3.5-2*1012/l trombotsitlar soni esa 100*109/l ni tashkil etadi u nechinchi daraja
- O'tkir nur kasalligi surunkali turga o'tadimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |