Toshkent tibbiyot akademiyasi Mamarajabov shavkatjon


KUYDIRGINING SEPTIK SHAKLI


Download 1.11 Mb.
bet4/4
Sana29.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1306967
1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot (1) (5) (1)

KUYDIRGINING SEPTIK SHAKLI

Kasallikning septik shakl kam uchraydi. Kasallik kuchli varaja bilan o’tkir boshlanadi, tana harorati 39 — 40 °C gacha ko’tariladi. Sezilarli taxikardiya, hansirash, taxipnoe, ko’krakdagi og’riqlar va ko’pikli-qonli balg’am chiqishi bilan yo’tal kuzatiladi. Pnevmoniya va plevral effuziya belgilari aniqlanadi. Infektsion-toksik shok rivojlanishida gemorragik o’pka shishi paydo bo’ladi.

Qon va balg’amda ko’p miqdorda kuydirgi bakteriyasi aniqlanadi. Bemorlarning bir qismida qorin og’rig’i, ko’ngil aynishi, qonli qusish, suyuq qonli axlat kelishi mavjud bo’ladi.

EʼTIBORINGIZ uchun rahmat

TASHXIS

Tashxis klinik epidemiologik va laboratoriya ma’lumotlariga asoslanib qo’yiladi. Laborator diagnostika bakterioskopik va bakteriologik usullarni o’z ichiga oladi, erta tashxis qo’yish maqsadida — immunoflyuorestsentli. Kasallikning 5-kunidan so’ng ijobiy natijalar beradigan antraksinli teri ichi probasi yo’li bilan kuydirgining allergologik diagnostikasi ham qo’llaniladi.

Laboratoriya tekshiruvi uchun materiallar sifatida vezikul va karbunkullarning tarkibi, shuningdek, septik shaklda balg’am, qon, axlat va qayt qilish massasi xizmat qiladi. Kuydirgi oddiy furunkul va karbunkullar, o’lat, tulyaremiya, roja, sap, pnevmoniya va boshqa etiologiyali sepsidan farqlanadi (differentsial tashxislash).

KUYDIRGINI DAVOLASH

Kuydirgini erta antibakterial davolash muhim ahamiyatga ega, chunki davolashni kech boshlash omon qolish ehtimolini sezilarli darajada pasaytiradi. Kuydirgi infektsiyasi va boshqa bakterial infeksiyalarni davolash yuqori dozalarda vena ichiga va peroral antibiotiklarni o’z ichiga oladi, ular orasida ftorxinolonlar (siprofloksatsin), doksitsiklin va penitsillin, shuningdek eritromitsin va vankomitsin mavjud.

Profilaktik choralar veterinariya xizmati bilan yaqin aloqada o’tkaziladi. Aniqlangan kasal hayvonlar izolyatsiya qilinishi, ularning jasadlari yondirilishi kerak; infektsiyalangan jismlar zararsizlantirilishi kerak


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling