Toshkent tibbiyot akademiyasi menejment 103-b guruh Nizomxonov Faxriddin


Rahbar xatosini tan olmasligi kerak


Download 1.28 Mb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1334823
1   2   3   4
Bog'liq
Rahbar etikasi

2. Rahbar xatosini tan olmasligi kerak

Ha, ko‘plab rahbarlar o‘z xatolarini tan olishi qiyin kechadi. Ayrimlari buni zaiflik namunasi deb bilishadi, boshqalari direktorlar kengashi yoki aksiyadorlarning salbiy yondashuvidan qo‘rqadi. Ammo xatolar aslida muvaffaqiyat sari yo‘ldir. Litkina-Boteloning aniqlashicha, deyarli barcha bosh direktorlar o‘z faoliyati davomida xatoga yo‘l qo‘ygan. 45 foiz holatda bu xatolar tufayli ular ishlaridan ayrilgan yoki kompaniyaga jiddiy zarar yetkazgan. Qachonlardir o‘z mansab pillapoyasini barbod qilgan yoxud kompaniyani deyarli nobud qilganlarning 78 foizi bosh direktor lavozimiga tayinlangan. 

  • Ha, ko‘plab rahbarlar o‘z xatolarini tan olishi qiyin kechadi. Ayrimlari buni zaiflik namunasi deb bilishadi, boshqalari direktorlar kengashi yoki aksiyadorlarning salbiy yondashuvidan qo‘rqadi. Ammo xatolar aslida muvaffaqiyat sari yo‘ldir. Litkina-Boteloning aniqlashicha, deyarli barcha bosh direktorlar o‘z faoliyati davomida xatoga yo‘l qo‘ygan. 45 foiz holatda bu xatolar tufayli ular ishlaridan ayrilgan yoki kompaniyaga jiddiy zarar yetkazgan. Qachonlardir o‘z mansab pillapoyasini barbod qilgan yoxud kompaniyani deyarli nobud qilganlarning 78 foizi bosh direktor lavozimiga tayinlangan. 
  • Eng yaxshi natijalarni esa o‘z xatolarini tan olib, to‘g‘ri xulosa chiqarganlar ko‘rsatishgan. «Bu odamlar o‘zlariga va atrofdagilarga: "Ha, men jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydim, ammo endi men nima noto‘g‘ri bo‘lganini bilaman“, deya olishgan. Birmuncha zaif nomzodlar, aksincha, o‘z xatolarida boshqalarni ayblashgan yo bo‘lmasa tashqi omillarni ayblashadi. Bularning bari ularga o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishga xalaqit beradi», - deydi Botelo.

3. Rahbar o‘z sohasida boy tajribaga ega bo‘lishi lozim

  • Ma'lum bir sohada tajribaning yo‘qligi nomzodning kompaniyani boshqarishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak, deya ishonch bilan ta'kidlaydi Executive Headhunters kompaniyasi mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktor Elison Rayan. Uning fikricha, «direktorlar kengashlari aksar hollarda bosh direktor kompaniya yo‘nalishiga xos bo‘lgan sohaning puxta bilimdoni bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Biroq tadqiqotlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Ya'ni, aynan boshqa sohalarda rahbarlik tajribasiga ega bo‘lganlar yaxshi natijalarga erishishadi». Bunday rahbarlar kompaniyaga yangi g‘oyalar, istiqbol yoki tajribalarni olib keladi. Rayanning aytishicha, bunda ularga sohada qotib qolgan qarashlarni bilmasligi qo‘l keladi. Rayanga ko‘ra, kerakli bilimlar o‘z vaqtida keladi. Boshqa sohalardagi boy tajriba, yuqori aqliy qobiliyat va xodimlarni boshqara olish xususiyati soha yoki mahsulotni batafsil bilishdan muhimroqdir. 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling