4. Rahbar avtoritar bo‘lishi kerak Ko‘pchilikning fikricha, bosh direktor berahm, shafqatsiz bo‘lishi kerak. O‘z vaqtida bu g‘oyani Jyek Uelch ommalashtirdi. U har yili xodimlarini 3 guruhga taqsimlar edi. Eng yaxshi 20 foizi maqtovlar olib, yuqori lavozimlarga tayinlanar edi. 70 foizi qayta o‘qitilgan, qolgan 10 foizi, dod-faryodga qaramay ishdan haydalgan. - Ko‘pchilikning fikricha, bosh direktor berahm, shafqatsiz bo‘lishi kerak. O‘z vaqtida bu g‘oyani Jyek Uelch ommalashtirdi. U har yili xodimlarini 3 guruhga taqsimlar edi. Eng yaxshi 20 foizi maqtovlar olib, yuqori lavozimlarga tayinlanar edi. 70 foizi qayta o‘qitilgan, qolgan 10 foizi, dod-faryodga qaramay ishdan haydalgan.
- Silverneyl turli kompaniyalar rahbarlari bilan tanishar ekan, avtoritar boshqarish uslubi biznesga zarar yetkazadi, degan xulosaga keldi. «Jyek Uelch — ajoyib inson. Boshqalar uning ayrim jihatlarini o‘zlashtirishga urinar ekan, barchasi yomon tugaydi. Ayrim insonlarning ongida qo‘rqitish yetakchilikning ayni o‘zidir, degan fikr o‘rnashib qolgan», - deydi Silverneyl. Lekin ko‘plab muvaffaqiyatli rahbarlar o‘z tabiatlaridan kelib chiqqan holda qat'iyatli insonlardir. GhSMART konsalting firmasi aniqlashicha, bu sifat direktor lavozimida maqsadga erishish ehtimolini 12 karra kuchaytiradi. Omadli rahbarlar to‘g‘ri qaror qabul qilishni biladi va buni ishonch bilan amalga oshiradi. Ammo, aksar hollarda xodimlar, direktorlar kengashi va aksiyadorlar bilan fikrlashadi. Rahbar juda ham yumshoqko‘ngil yoki qattiqqo‘l bo‘lmasligi kerak. To‘g‘ri, barchaning birdek ko‘nglini topish mushkul, lekin diktator ham bo‘lmaslik kerak, axir. Eng yaxshisi oltin muvozanatni saqlashdir. Litkina-Botelo bu xususda shunday fikrda: «Kompaniya rahbarini orkestr dirijyoriga o‘xshatish mumkin. Rahbar aksiyadorlarni va xodimlarni ham kompaniya farovonligi uchun o‘z ortidan birdek ergashtira olishi kerak. Bunda u yoki bu tomonga yon bosish maqsadga muvofiq emas».
5. Rahbar obro‘li ta'lim olgan bo‘lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |