Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Davolash fakulteti 204-guruh talabasi Qo’ziboyeva Azizaning Gigiyena fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi


Download 9.15 Kb.
bet3/3
Sana20.10.2023
Hajmi9.15 Kb.
#1710749
1   2   3
Bog'liq
Lecture 9

Stratosfera (lotincha: stratum — katlam va yun. sphaira — shar) — troposfera ustida yuqori kengliklarda
8–10 km, ekvator yaqinida esa 16—18 dan to 50–55 km balandliklargacha boʻlgan oraliqda joylashgan, temperaturasi —40°(—80°)dan to 0° gacha ortadigan atmosfera qatlami. Stratosfera qatlamining quyi chegarasi — tropopauza geografik kenglik, yil vaqti va siklon faoliyatiga qarab oʻzgaradi. Odatda, tropopauzadan 24–25 km gacha quyi Stratosfera va qolgani yukori Stratosferaga ajratiladi. Quyi chegarasida oʻrtacha temperatura yil vaqti va kenglikka qarab —45° dan —75° gacha, yuqori chegarasida —20° dan Q20° gacha boʻlib, suv bugʻi miqdori juda oz boʻlad
Mezosfera (mezo ... yun. sphaira — shar) — stratosfera ustida joylashgan, qalinligi 50 km dan 80 – 85 km gacha balandlikdagi atmosfera qatlami. Mezosferadan yuqorida ionosfera boshlanadi. Mezosferaning quyi qismidagi temperatura 0° atrofida boʻlsa, yuqori qismida 90° gacha yetadi.
Termosfera (termo... va yun. sphaira — shar) — mezopauzanutg ustida 80 – 90 km balandlikdan boshlanadigan 500 km balandlikacha choʻziladigan atmosfera qatlami. Quyosh radiatsiyasining qisqa toʻlqinli nurlarining yutilishi tufayli bu katlamda temperatura tez koʻtariladi va 200 – 300 km balandlikda 1500° ga yetadi.
Ekzosfera (ekzo... va sfera) — atmosferaning eng siyrak tashqi qatlami. Ekzosferada zarralarning erkin yugurish yoʻli kosmik fazoga uchib keta oladigan darajada katta boʻladi. Ekzosferadagi "havo"ning massasi 10_sh atmosfera massasiga yaqin. Yengil gazlar (vodorod N, geliy Ne) eng tez uchib ketadi. Ekzosfera 450–800 km balandlikda boshlanib, uning yuqori chegarasi Yer sirtidan bir necha ming km balandlikkacha boradi.
Bu balandlikda zarralar konsentratsiyasi kosmik fazodagidek. Ekzosfera ionlashgan gaz (plazma) dan iborat boʻladi; uning boshlanishida zaryadlangan va neytral zarralar soni taxminan teng; Ekzosferaning yuqori yarmida havo deyarli toʻliq ionlashgan boʻladi. Ekzosferaning pastki va oʻrta qismlari, asosan, kislorod O va vodorod N atomlaridan iborat; balandlik ortishi bilan yengil gazlarning nisbiy konsentratsiyasi (ayniqsa, ionlashgan vodorodniki) tez ortib boradi. Ekzosferaning gazokinetik temperaturasi 1500— 3000 K ga teng. Ekzosferada, asosan, Yerning radiatsion mintaqasi joylashgan.
E ’ T I B O R I N G I Z
U C H U N
R A H M A T!
Download 9.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling