Ta‘lim texnologiyalari ob‘ektiv jarayon ekanligini, zamonaviyligi esa ilmiy-texnik taraqqiyot yo‘nalishi bilan belgilanishini e‘tirof etgan holda PTning o‘ziga xos tomonlari va yaqin kelajakda u bilan bog‘liq vazifalarni quyidagicha belgilash mumkin: Ta‘lim texnologiyalari ob‘ektiv jarayon ekanligini, zamonaviyligi esa ilmiy-texnik taraqqiyot yo‘nalishi bilan belgilanishini e‘tirof etgan holda PTning o‘ziga xos tomonlari va yaqin kelajakda u bilan bog‘liq vazifalarni quyidagicha belgilash mumkin: ko‘p bosqichli ta‘lim tizimida PTning o‘rnini asoslash va zaruriy tavsiyanomalar ishlab chiqish; 2) zamonaviy sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya kabi sohalar bilan PTlarni muntazam ravishda yangilab borish va tabaqalashtirilgan yondasuv asosida ularni qo‘llash mezonlarini aniqlash; 3) istiqbolli o‘qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan holda ilg‘or PTlarni loyihalash, amaliyotga joriy etish, ommalastirish va samarasini aniqlash; 4) tegishli boshqaruv organlari (Ta‘lim markazlari) tomonidan o‘quv muassasalari faoliyatida yangi PTlarni tatbiq etilish darajasini nazorat qilish va baholas; 5) respublikamizdagi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar, maktab) ta‘lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarni malaka osirish va qayta tayyorlash kurslarida ilg‘or pedagog va axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish; 6) oliy o‘quv yurtlari talabalari, ayniqsa mutaxassis-pedagog (iqtisodchi-pedagog, huquqsunosh-pedagog, muhandis-pedagog va boshqa)lar uchun 40 soat hajmida PT nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha maxsus kurs joriy etish; 7) respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkor o‘qituvcilar ish uslublarini muntazam ravishda o‘rganib borish va ular tomonidan yaratilgan metodikalarni yangi pedagogik texnologiya darajasiga ko‘tarish borasidagi ishlarni amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |