8) o‘qituvchi faoliyatini pedagogik texnologiya qonuniyatlariga moslastiris muammolari va bosqalar. Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta‘riflar hamda pedagogik texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlarini umumlashtirilgan holda keltirdik. Ma‘lumki, mantik faniga ko‘ra, biror tushunchaga ilmiy ta‘rif berish uchun ta‘rifda tur va jins tushunchalar keltirilishi va ta‘riflanayotgan tur tushunchasi jins tushunchaga kiradigan boshqa tur tushunchalardan farqini ko‘rsatuvchi muhim belgilari ko‘rsatilishi talab etiladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga doir mavjud ta‘riflar hamda pedagogik texnologiya usulining muhim belgilari, xususiyatlarini umumlashtirilgan holda keltirdik. Ma‘lumki, mantik faniga ko‘ra, biror tushunchaga ilmiy ta‘rif berish uchun ta‘rifda tur va jins tushunchalar keltirilishi va ta‘riflanayotgan tur tushunchasi jins tushunchaga kiradigan boshqa tur tushunchalardan farqini ko‘rsatuvchi muhim belgilari ko‘rsatilishi talab etiladi. YUNESKOning ta‘rifida «pedogogik texnologiya”-tur tushuncha, “tizimli metod”-jins tushuncha hisoblanadi. Ta‘rifda pedagogik texnologiya usulini o‘qitishning boshqa usullaridan farqini ko‘rsatuvchi ayrim belgilari ham /ta‘lim shakllarini optimallashtirish, texnik vositalar va inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta‘sirini inobatga olish; o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratishh va qo‘llash ko‘rsatilgan. Lekin bizningcha, YUNESKO ta‘rifida pedagogik texnologiyani ta‘limning boshqa usullaridan keskin farqini yaqqol ko‘rsatuvchi: “ta‘lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuv; ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash” muhim belgilar aks etmagan. Jins tushuncha sifatida ishlatilgan “tizimli metod” atamasi ham bitta metod /ya‘ni tizimli metod/ ma‘nosini bildiradi. Bugun O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta‘lim ustuvorligi qaror topdi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik fenomenning paydo bo‘lisi va rivojlanish jarayonini o‘rganishga tarixiy yondashmoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |