Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
Kasb ta`limi metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
Download 0.87 Mb.
|
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat usuli
Kasb ta`limi metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Har qanday fan, fan sifatida o`zining ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Bu usullar orqali o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayot va obyektiv dunyoni bilish nazariyasidada nimani o`rganish va qanday o`rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib, ular o`zaro uzviy bog`liqdir. Fan mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud kasbiy, pedagogik-psixologik hodisa va jarayonlarni, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan tadqiqot usullari bilan o`rganadi. Ilmiy pedagogik izlanish jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi: kuzatish, adabiyotlar bilan ishlash, suhbat, o`quvchilar ijodini o`rganish, test, so`rovnomalar, o`quv muassasasi hujjatlarini tahlil qilish, eksperiment, tajriba-sinov, statistik ma`lumotlarni tahlil etish, matematika-kibernetika va boshqalar.
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o`zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta`lim tarbiya ta`siri ko`rsatish yo`llarini belgilash uchun qo`llaniladi. Bu usul tadqiqotchi pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko`zda tutib idrok etishidan tashkil topadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogic vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. Qayd qilish usuliga qarab, kuzatishlar turlarga bo`linadi. Bevosita va bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayonda kuzatuvchining hatti-harakatlari kabilarni yozib qo`yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli, biror-bir hodisaning oqibatlari haqidagi faktik materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo`llash vositasida natijani olishga imkon beradi. Fan-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm,videotasvir teleko`rsatuv)dan foydalanish orqali tobora ko`p qo`llanilmoqda. Suhbat usuli - so`rashning bir turi bo`lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko`rishini talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo`lish vaqtida og`zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan, erkin muomala shaklida olib boriladi. Suhbat usulida - o`qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan yakka va guruh tarzida ish olib borilganda qo`llaniladi. Suhbat usulidan farqli ravishda intervyu olish usuli oldindan belgilangan savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so`rash nazariyasi va praktikasida intervyu olishning ko`p usullari mavjud. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling