Loyiha guruhi ishtirokchilarining vazifalari:
Axborot manbalarini aniqlash, uni yig`ish.
Axborotni tanlash va tuzilmaga keltirish.
Ma`lumotnomani rasmiylashtirish.
Loyiha faoliyati natijalari to`g`risida og`zaki axborot tayyorlash.
Hisobot tayyorlash.
II. TALABALAR UCHUN USLUBIY KO`RSATMALAR
Loyihalashtirish faoliyatini bosqichma-bosqich
bajarish uchun ko`rsatma
1. Tayyorlov bosqichi.
1.1. Loyiha mavzusini tanlang, dolzarbligini asoslang va yechishingiz kerak bo`lgan muammoni shakllantiring.
1.2. Loyiha maqsadi, predmeti, ob`ekti va vazifalarini belgilang.
1.3. Loyihalashtirish faoliyati turlari va yechilishi lozim bo`lgan topshiriqlarni tayyorlang. Ularni yechish usul va vositalarini tanlang.
1.4. Loyiha mavzusiga doir axborot manbalari bilan tanishing (me`yoriy hujjatlar, o`quv adabiyotlari, moliyaviy hisobotlar va boshqalar).
2. O`quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi.
2.1. Maqsadga erishish ketma-ketligini ishlab chiqing.
2.2. Ish rejasini tuzing (loyihani ishlab chiqish, rasmiylashtirish, uni taqdimotga tayyorlash,hisobotni tuzish bo`yicha topshiriqlarni ishtirokchilar o`rtasida taqsimlang, ularni bajarish va tayyor holatga keltirish muddatini belgilang).
Do'stlaringiz bilan baham: |