Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 279.68 Kb.
bet11/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Uchinchidan, O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashning g‘oyat muhim sharti — bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, demokratik andozalarni joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir.
Bu boradagi asosiy vazifa — mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta’minlashdan iborat.
Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo‘lidan ilgari borishimizga to‘siq bo‘lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar xususida oshkor, professional tahliliy materiallarni kutadi.
Shuni tan olish kerakki, biz mustabid tuzum merosi va aqidalaridan, uning mafkurasi, ma’muriy nazorati va senzurasidan juda katta qiyinchilik bilan xalos bo‘lyapmiz.
Haligacha jurnalistlar faoliyatida o‘z-o‘zini senzura qilish, yuqoridan buyruq kutish kayfiyatlari sezilib turibdi.
Ayni paytda shuni ham qayd etish zarurki, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikri va g’oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga munosabatini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, demokratiyani chuqurlashtirish va aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki to‘g‘risida so‘z yuritib bo‘lmaydi, degan tushuncha jamoatchiligimiz o‘rtasida tobora kuchayib va mustahkamlanib bormoqda.
To‘rtinchidan: navbatdagi o‘ta muhim masala — davlat tashqi siyosati ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish.
O‘zbekiston tarixan qisqa davr — 1991-2009 yillar ichida dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning faol subyektiga aylandi.
O‘zbekistonning jahondagi obro‘-e’tibori yuksalib borayotgani eng avvalo:
— yurtimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlarini amalga oshirish natijasida qo‘lga kiritilayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlarda, ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishida mujassam bo‘lmoqda;
— bu - davlatimizning jahon ahliga yaxshi ma’lum bo‘lgan, mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarining amaliy samarasida o‘z ifodasini topmoqda;
va nihoyat, bu — mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida olib borayotgan har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o‘ylangan tashqi siyosatining natijasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston bugun keyingi yillar uchun mo‘ljallangan tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda dunyoda va mintaqamizda vujudga kelayotgan murakkab va ziddiyatli vaziyatni inobatga olib, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy manfaatlarimiz va mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan yondashmoqda.



Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling