Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.54 Mb.
bet5/20
Sana16.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1359823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Uchinchi tamoyil - qonunlarning va ularga rioya qilishning ustuvor­li­­gini ta’minlash.Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bi­lan qabul qi­lingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qo­nunlarini hech qanday istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga so‘zsiz rioya qi­­­lishi lozim.Bu tamoyilga ko‘ra, qonunlar siyosiy hokimiyatni ta’­min­lov­­chi kuch, ularga jamiyat a’zolarini yuridik qo­nun­larga bo‘ysundiruvchi me­­­xanizm sifatida qaraladi. Qonunlar va qonun osti hujjatlar bar­cha­ning faoliyatiga tegishli, ammo ular ham eskiradi, ularni hayot taqo­zo­si­ga ko‘ra yangi qonunlarbilan al­mash­ti­rish zarur, ya’ni qonunchilikka ijo­­diy yondoshuv talab qilinadi.Iqtisodiy hayotga xos bo‘lgan o‘zga­ruv­chan­­lik yuridik qonunlarni ham o‘zgartirib borishni talab qiladi.Uchinchi tamoyil ta­la­b­lari yangi­cha qonunchilikni yaratishni taqozo etadiki, bu birinchidan, O‘z­­­be­kistonning milliy mustaqilligini, ikkinchidan, bozor isloho­t­la­ri­ni amalga oshirish uchun huquqiy baza yaratadi.Uchinchi tamoyil siyosiy ti­zimning bozor iqtisodiyoti talablariga monand tarzda demokrat­la­shu­vi­ni bildiradi.Bu tizim sharoitida inson huquqlari, erki, fa­ro­vonligini ta’minlash bosh vazifaga aylanadi.
To‘rtinchi tamoyil- faol ijtimoiy siyosat o‘tkazish.O‘zbekis­ton­da bo­­zor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholining de­mog­ra­­fik holatini hisobga olgan holda,uni ijtimoiy himoyalash yuza­sidan ol­­dindan ta’sirchan choralar ko‘rish lozim bo‘ladi.Bu tamoyil iqti­sodiyot va ijtimoiy sohalarning dialektik aloqadorligiga tayan­gan holda sotsial si­yo­sat yuritish zarurligini asoslaydi.O‘zbekistonning iqti­so­diy taraqqiyoti ij­­timoiy sohaning moddiy bazasini mustah­kam­la­shi, ijtimoiy sohaning ri­­vojlanishi esa inson omilini faol­lash­ti­rib, iqtisodiyotga kuchli ta’­sir ko‘rsatishi zarur.Ikki sohaning dia­lek­tik aloqadorligi ishlab chi­qa­­rishning moddiy va insoniy omil­la­ri yaxlitligidan kelib chiqadi.O‘z­­bekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli bozor iqti­so­diyo­ti­da­gi ijtimoiy yo‘naltirilgan, xalq farovonligini ta’minlashga qara­til­gan bozor xo‘jaligi bo‘lishini anglatadi. SHu maqsad yo‘lida yuritila­di­gan ij­timoiy siyosatning kuchliligi ijtimoiy adolatni ta’minlashi, ki­shi­­­larda boqimandalik kayfiyatini bartaraf etishi va ularda faol­lik­ni yuzaga keltirish bilan jamiyatdagi sotsial inoqlikni, sotsial guruh­lar o‘r­ta­sidagi muvozanatni ta’minlashni bildiradi.Bu siyosat inson omi­­lini ku­chaytirib shu orqali iqtisodiy taraqqiyotga kuchli ta’sir etadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling