Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.54 Mb.
bet4/20
Sana16.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1359823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Birinchi tamoyil - iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustu­vor­li­gi­ni ta’­minlash. Bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning barcha so­ha­­lari uchun poydevor vazifasini o‘tashini, ya’ni O‘zbekistonda iqtisodiyot ij­timoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi.Ta­mo­yil­da iqti­so­di­yotning o‘ziga xos ob’ektiv qonunlari mavjudligi, ularni e’ti­borga ol­masdan ish yuritish mumkin emasligi aks etgan.Iq­ti­so­diy qo­nun­larning ob’ektivligini tan olib, xo‘jalik faoliyatini ular ta­labiga mos holda yuritish - o‘tish davri uchun muhim ahamiyatga ega ekan­li­gi qayd etil­gan.Iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega bo‘lgani sababli uni siyo­­siy ku­rash­lar, turli mafkuralar qurboniga aylan­ti­rish mumkin emas.Iq­ti­so­di­yot mafkuraviy tazyiqlarsiz o‘ziga xos ich­ki qonunlarga mu­­vofiq ri­voj­lanishi lozim.Biroq, bu iqtisodiyotga siyosat ta’siridan tamomila holi deb qa­rash­ni bildirmaydi.O‘zbekistondagi taraqqiyot zaruratidan kelib chiq­qan siyosat iqtisodiyotga faol ta’sir qilishi lozim bo‘ladi.
Ikkinchi tamoyil- davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim.Davlat is­lo­­hotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, ularni amalga oshi­rish yo‘lini ishlab chiqishi va unga izchillik bilan rioya etishi, es­ki­lik tarafdorlari qarshiligini bartaraf etishi shart.Bu qoida madaniy bo­zor iqtisodiyoti konsepsiyasiga tayanadi.O‘zbekiston mustabid-rejali, ma’­­muriy-buyruqbozlik uslubida boshqarilgan iq­ti­so­diyotdan erkin de­mok­­ratik iqtisodiyot tomon borar ekan, G‘arb mamlakatlari asrlar da­vo­mi­­da boshidan kechirgan tarixiy jarayonni o‘tashi shart emas.G‘arbda “beayov va tartibsiz” bozor iqtisodiyoti “yovvo­yi kapitalizm” nomini olgan va uzoq davr amalda bo‘lgan.
O‘zbekistonda esa madaniy bozor iqti­so­di­yotiga tar­­tibli ravishda o‘tish madaniy ra­qo­batni shakllantirishi, sheriklik alo­qa­la­­ri, iqtisodiy barqarorlikning us­tun bo‘lishi, ommaviy fa­ro­von­lik ka­bi belgilarga xos bo‘lishi ke­rak­ki, ularni davlatning ish­ti­ro­ki­siz ta­sav­­vur qilib bo‘lmaydi. Ik­kinchi tamoyil davlat iqtisodiyotga minimal darajada aralashib, uni o‘z holiga qo‘yishi zarur, degan g‘oyalarni inkor etadi va davlatning bu borada faolligini bildiradi.Jahonda dav­latning iq­tisodiy soha­da­gi funksiyasiga oid to‘plangan tajriba demokratik ja­miyat­da dav­lat­dan o‘zga umummilliy manfaatni ifodalovchi siyosiy ins­ti­tut bo‘lmas­li­gini ko‘rsatdi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling