Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.54 Mb.
bet1/20
Sana16.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1359823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА


6.Mavzu.Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning
shakllanishi.O‘zbekistonda bozor munosabatlarining
rivojlanishi.



Reja:

1.Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi.O‘zbekiston


Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning
yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
2.Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi.
3.Pul islohotining o‘tkazilishi.Bozor infratuzilmasining shakllanishi,
qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari.
4.Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.
5.Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni
O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.Mamlakat iqtisodiyotining
modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini
mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar.Soliq tizimidagi
islohotlar.


Tayanch tushunchalar


“O‘zbek modeli”, modernizatsiya, kontsepsiya, bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichlari, bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslari, pul islohoti, bozor infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, sanoat, avtomobilsozlik, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, Jahon moliyaviy inqirozi, modernizatsiya va diversifikatsiya, bank-moliya tizimi, soliq islohotlari.




1.Bozor munosabatlarining shakllanishi.Mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimiz da ro‘y bergan yangilanish, tub o‘zgarishni yori tish ga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzum dan bizga qanday iqtisodiyot meros qolganligini eslaylik.O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boy liklariga, yersuv, o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi.Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi.O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi.Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o‘zi ning milliy va lutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emas edi.
Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qolgan edi.Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havo va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.
Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi”.
Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod qildi, o‘z yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik, hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralariga to‘la egalik qilish huquqini berdi.Barcha mulk, korxonalar O‘zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling