Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.54 Mb.
bet3/20
Sana16.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1359823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Birinchi bosqich - iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dast­lab­­ki favqulotda tadbirlarni 1990-1992 yillarda amalga oshirish va is­lo­­hotlarga ilk qadam qo‘yish;
Ikkinchi bosqich - 1992-1993 yillarda bozor iqtisodining asosiy bel­­­­gilarini shakllantirish, unga asos solish;
Uchinchi bosqich - 1994-1996 yillarda bozor mexanizmini, ya’ni yan­gi­cha xo‘­jalik yuritish usullarini keng quloch yoydirish.
Bu dastur etti yil davomida O‘z­be­kis­ton­da bozor iqti­so­dini shakllantirishni nazarda tutgan bo‘lib, uni siyosiy mustaqillik yo‘lidan qaytmagan holda, sobiq ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi.Ushbu dastur amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat’i nazar, O‘zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o‘z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda O‘zbekiston va respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda.Ta’kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so‘ng avvalgi tuzum davrida shakllangan ziddiyatlardan tashqari, ko‘plab yangi, o‘tish davri bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga qalqib chiqdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dol­zarb muammolarni hal qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bo­zor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqti­so­di­yotda chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholining ij­ti­mo­iy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma’muriy-buy­ruq­­bozliktizimidan erkin bozor munosabatlariga asos­lan­­­gan modeliga o‘tish jarayonini ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amal­­ga oshirish kerak edi.
Ushbu modelning asosiy tamoyillari, amalga oshirish yo‘llari, bos­qich­lari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u il­miy asoslangan mashhur besh tamoyilda o‘z aksini topdi.Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Birinchi Prezident I.A. Karimovning “O‘z­be­kis­ton: bozor muno­sabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida e’­lon qi­lin­di.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling