Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти
Bozor munosabatlariga o‘tishning milliy modeli: evolyusiyasi, xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari
Download 0.54 Mb.
|
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА
Bozor munosabatlariga o‘tishning milliy modeli: evolyusiyasi, xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari.O‘zbekistonni bu iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo‘liga chiqarish uchun, mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash kerak edi, vaziyat eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o‘tishni taqozo etardi. SHunday o‘ta og‘ir vaziyatda, Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyulda, hukumat majlisida nutq so‘zlab, respublikada vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ob’ektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”.Prezidentning bu xulosasida O‘zbekistonning istiqboli uchun har qanday sinov va mashaqqatlarni engib o‘tish, bu borada butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekani yaqqol ifodalangan.
Birinchi Prezident Islom Karimov rahbarligida O‘zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan holda yangi dasturlar qabul qilindi. O‘zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktyabr oyida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u «O‘zbekiston xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari», deb nomlanadi. Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi: aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish; respublika fuqarolarining hamjihatligini ta’minlash, millatlararo do‘stona munosabatlarni mustahkamlash; O‘zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng huquqli va o‘zaro manfaatli asosda qayta qurish; boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtisodiy, ya’ni manfaatni hisobga oladigan boshqarish usullariga o‘tish; moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko‘rib, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi yangi moliyaviy vositalarni ishga solish; turli-tuman mulkchilik va har xil xo‘jalik yuritishga o‘tish; suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish; o‘z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishni bir yoqlama rivojlanishiga chek qo‘yib, bu ishlarning kompleks borishini ta’minlash. Dasturda yuqorida sanab o‘tilgan isloh tadbirlarini 3 bosqichda amalga oshirish mo‘ljallangan edi: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling