Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти
Download 0.54 Mb.
|
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi tamoyil
Birinchi tamoyil - iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustuvorligini ta’minlash. Bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun poydevor vazifasini o‘tashini, ya’ni O‘zbekistonda iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi.Tamoyilda iqtisodiyotning o‘ziga xos ob’ektiv qonunlari mavjudligi, ularni e’tiborga olmasdan ish yuritish mumkin emasligi aks etgan.Iqtisodiy qonunlarning ob’ektivligini tan olib, xo‘jalik faoliyatini ular talabiga mos holda yuritish - o‘tish davri uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.Iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega bo‘lgani sababli uni siyosiy kurashlar, turli mafkuralar qurboniga aylantirish mumkin emas.Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi lozim.Biroq, bu iqtisodiyotga siyosat ta’siridan tamomila holi deb qarashni bildirmaydi.O‘zbekistondagi taraqqiyot zaruratidan kelib chiqqan siyosat iqtisodiyotga faol ta’sir qilishi lozim bo‘ladi.
Ikkinchi tamoyil- davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim.Davlat islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga izchillik bilan rioya etishi, eskilik tarafdorlari qarshiligini bartaraf etishi shart.Bu qoida madaniy bozor iqtisodiyoti konsepsiyasiga tayanadi.O‘zbekiston mustabid-rejali, ma’muriy-buyruqbozlik uslubida boshqarilgan iqtisodiyotdan erkin demokratik iqtisodiyot tomon borar ekan, G‘arb mamlakatlari asrlar davomida boshidan kechirgan tarixiy jarayonni o‘tashi shart emas.G‘arbda “beayov va tartibsiz” bozor iqtisodiyoti “yovvoyi kapitalizm” nomini olgan va uzoq davr amalda bo‘lgan. O‘zbekistonda esa madaniy bozor iqtisodiyotiga tartibli ravishda o‘tish madaniy raqobatni shakllantirishi, sheriklik aloqalari, iqtisodiy barqarorlikning ustun bo‘lishi, ommaviy farovonlik kabi belgilarga xos bo‘lishi kerakki, ularni davlatning ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ikkinchi tamoyil davlat iqtisodiyotga minimal darajada aralashib, uni o‘z holiga qo‘yishi zarur, degan g‘oyalarni inkor etadi va davlatning bu borada faolligini bildiradi.Jahonda davlatning iqtisodiy sohadagi funksiyasiga oid to‘plangan tajriba demokratik jamiyatda davlatdan o‘zga umummilliy manfaatni ifodalovchi siyosiy institut bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling