Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.85 Mb.
bet8/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Ikkinchidan, Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat vakillik organlariga saylovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi.
Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o’rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Buning ustiga, Parlamentda va Mahalliy Kengashlarda vazifasi bo’yicha, albatta, deputat bo’luvchi o’rinlar ham mavjud edi.Keyingi saylovlarda bunday yondashuvdan voz kechildi.
Oliy Majlis deputatlari turli partiya va harakatlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylandi.Respublika fuqarolari saylovlarda, eng avvalo, nomzodlarning ijtimoiy kelib chiqishiga emas, aksincha, ularning ishchanlik va axloqiy sifatlariga, eng muhim dasturlarining mazmun-mohiyatiga katta e’tibor berdilar.
Uchinchidan, Parlamentning kuchi deputatlarning o‘z saylovchilari bilan kundalik munosabatida, yaqin muloqotida ekanligidan kelib chiqib, Oliy Majlis saylovchilar bilan uzviy aloqada bo‘ldi.Avvalgi Parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi.Hayot shuni ko’rsatdiki. saylovchilar Oliy Majlisda qanday qonunlar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotganidan xabardor bo’lib turishi, deputat esa hayotning eng dolzarb, qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo’lishi kerak.Shuning uchun ham muhim davlat ahamiyatiga ega masalalar muhokama qilinayotganda Oliy Majlis deputatlari o‘z saylovchilari huzurida bo‘ldilar.Masalan, 1996 yil 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi “Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996 yil 15 martidagi qarori to‘g‘risida” gi masalani ko’rib, unga o‘z munosabatini bildirdi va: “Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996 yil 15 martida qabul qilgan sobiq SSSR ni qayta tiklashga qaratilgan qarori muhokamaga loyiq emas”, “Davlatlar ustida turuvchi har qanday tuzilmalar tashkil qilishni nazarda tutadigan integratsiya jarayoni O‘zbekiston uchun maqbul bo‘la olmaydi”, — deb qaror qabul qildi.
Mana shunday o‘ta dolzarb va muhim ahamiyatga ega bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarorini saylovchilarga tushuntirish uchun har bir deputat o‘z okrugida bo‘ldi, mehnatkashlar bilan uchrashdi, ularning fikr-mulohazalarini o’rgandi.Xalqning Rossiya davlat Dumasi qaroriga munosabati shunday bo’ldiki.O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyot yo'lidan, dono Birinchi Prezidenti I.A. Karimov rahnamoligida dadil, sobitqadamlik bilan bordi, uning mustaqillik yo‘lidagi ishlariga hech kim to‘siq bo’lmasligi, biron-bir tashqi yoki boshqa kuch xalaqit bermasligi kerak.
Oliy Majlis faoliyatidagi mana shunday izchillik, yangilik, shubhasiz, xalqning huquqiy madaniyatini o’stirish, demokratik ongini yuksaltirish imkonini bera boshladi, islohotlaming izchil va sobitqadamlik bilan amnlga oshishiga hamda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qila bordi.
Oliy Majlis faoliyatidagi muhim yo’nalishlardan biri Davlat mukofotlarini ta’sis etish bo’ldi.Ma’lumki, har bir mustaqil davlatning o‘ziga xos davlat ramzlari bo’lganidek, uning o’ziga mos mukofotlari ham bo’lishi lozim.Shuning uchun 1995-yil 22-dekabrida birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida “Davlat mukofotlari to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.Bu qonunga ko‘ra, respublika fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanadigan boldilar.Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi uchun xizmat ko’rsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari hilan taqdirlanishlari mumkin.Davlat mukofotlari Oliy Majlis tomonidan ta’sis etiladi.Mukofotlarga doir nizomlar va ularning tavsiflari Oliy Majlis tomonidau tasdiqlanadi.Davlat mukofotlari bilan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi.Davlat mukofotlari guvohnomalarining namunalari, mukofotlarga taqdim etish va ularni topshirish tartibi ham Prezident tomonidan tasdiqlanadi.Bir shaxs ayni bir orden, medal yoki Faxriy yorliq bilan, qoida tariqasida, bir marta taqdirlanadi.Faxriy unvonlar takroran berilmaydi.
Shaxslarni vafotidan keyin ham davlat mukofotlari bilan taqdirlash mumkin. Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin kamida 3 yil o’tganidan keyin taqdim etiladilar.Favqulodda hollarda fuqarolar avval taqdirlangan vaqtidan qat’i nazar navbatdagi mukofotga taqdim etiladi.
Davlat mukofotlarining nishonlarini taqib yurish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.Mukofotlar bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar hamda pul mukofotini oladilar.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida Oliy darajadagi mukofot sifalida 1994 yil may oyida “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin Yulduz” medali ta’sis etildi.
Ayni chog’da O‘zbekislon ijtimoiy-siyosiy hayotida faollik ko’rsatgan fuqarolar “Mustaqillik”, “Amur Temur”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, I-II darajali “Sog‘lom avlod uchun”, “Mehnat shuhrati”, I-II darajali “Shon-sharaf” va “Do‘stlik” ordenlari bilan, “Jasorat” hamda “Shuhrat” medallari bilan mukofotlanadigan bo’ldilar.Shuningdek, quyidagi faxriy unvonlar ham ta’sis etildi: “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”,
“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”,
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”,
“O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko’rsatgan xodim”.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan aloqa xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan journalist”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan irrigator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan ixtirochi va ratsionalizator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”, “O‘zbekiston Respuhlikasida xizmat ko’rsatgan iqtisodchi”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan me’mor”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sog’liqni saqlash xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan chorvador”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo’jalik xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan quruvchi” va boshqalar.
Bundan tashqari 25 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash, ularning adabiyot, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi maxsus farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulida qabul qilingan “Bayram kunlari haqida” gi Qonunga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 21 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini 131 moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish) kuniari deb belgilandi:
I yanvar — Yangi yil.
8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni.
21 mart — Navro‘z bayrami.
9 may - Xotira va qadrlash kuni.
I sentabr — Mustaqillik kuni.
I oktabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni.
8 dekabr — Konstiiutsiya kuni.
Ro‘za Hayiti (lyd al-Fitr) — Diniy bayramning birinchi kuni.
Qurbon Hayiti (lyd al-Adha) - Diniy bayramning birinchi kuni.
Ko’ppartiyaviylik negizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlatimizning jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilish strategiyasidan kelib chiqib, demokratik o’zgarishlarning huquqiy bazasini izchillik bilan mustahkamlay bordi.Shunday qilib, Oliy Majlisning 1995-1999 yillarda 15 ta sessiyasi bo’lib, ularda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qilindi, amaldagi deyarli barcha qonun hujjatlarining qo’llanish amaliyoti o’rganildi, qonunlarga 200 dan ortiq o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni tezlashtirish tarafdori ekanligini tasdiqlab, parlament 95 ta xalqaro bitim va shartnomani ratifikatsiya qildi.43 ta xalqaro konvensiyaga qo’shilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Chaqiriq mobaynida Oliy Majlisning xalqaro aloqalari anchagina kengaydi, parlamentlarda delegatsiyalarining almashinuvi o‘sdi.O‘zbekistonga 200 dan ortiq chet el delegatsiyasi, shu jumladan Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Rossiya, AQSH, Turkiya, Xitoy, Shveysariya, Yaponiya va boshqa qator mamlakatiarning delegatsiyalari tashrif buyurdi.
O‘zbekiston parlamentida Germaniya, Turkiya, Latviya, Pokiston, Italiya, Vengriya, Oozog’iston. Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova va Bolgariya davlatlarining boshliqlari, Litva, Ukraina, Qozog‘iston, Turkiya va Beigiya hukumatlarining rahbarlari, Gruziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi parlamentlarining spikerlari, shuningdek, Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarining 50 dan ortiq mamlakatlaridan taniqli jamoat va siyosat arboblari qabul qilindi.
Oliy Majlis deputatlari xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda qatnashdilar, Oliy Majlis delegatsiyalari 30 dan ortiq mamlakat, shu jumladan Germaniya, Daniya, Hindiston, Polsha, AQSH, Fransiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarning parlamentlari ishi hilan tanishdilar.
Chaqiriq mobaynidn parlamentda fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish yuzasidan katta ish olib borildi.Hisobot davrida Oliy Majlisga jami 18 mingdan ortiq ariza va shikoyatlar tushdi.Chaqiriq mobaynida e’lon qilingan har bir qonun loyihasi yuzasidan 500 tadan 2000 ga qadar taklif kelib tushdi va ular o’rganib chiqildi.
1999 yil 5 va 19 dekabr kunlari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputatlar saylandi.Saylangan deputatlardan O‘zbekiston Parlamentining yangi tarkibi shakllandi.Ma’lumki, jahon miqyosida qaror topgan xalqaro andozalarga ko‘ra, Parlamentda o’rin olish uchun kurash olib borgan siyosiy partiyalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar saylovlardan so’ng mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organida o‘z g‘oyalari hamda maqsadlarini ifoda etuvchi va yoqlovchi deputatlik fraksiyalarini tuzadilar.
2000 yil 11 yanvar kuni bir qator siyosiy partiyalardan saylangan deputatlar o‘z yig’ilishlarini o‘tkazdilar.
Markaziy saylov komissiyasi raisi N.Komilov boshqarib borgan bu yig’ilishlarda siyosiy partiyalarning Oliy Majlisdagi deputatlik fraksiyalarini tuzish va ularning rahbarlarini saylash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘n bir kishidan iborat “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasiga deputat T. Daminov, yigirma kishidan iborat “Vatan taraqqiyoti” partiyasi fraksiyasiga deputat A.Tursunov, o‘n kishidan iborat “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasiga deputat I.G‘afurov, o’ttiz to‘rt kishidan iborat “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi fraksiyasiga deputat E.Norbo‘tayev rahbar etib saylandi.
2000 yil 11 fevral kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo’lib o‘tdi.25-26-niay kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyada ‘Vatan taraqqiyoti” MD partiyasi va “Fidokorlar” partiyasi fraksiyalari birlashtirildi, fraksiya raisi etib esa A. Tursunov tasdiqlandi.
O‘zbekiston XXI asrga jamiyat rivojida tez sur’atlar bilan o‘zgarishlar yuz berayotgan, odamlarning siyosiy ongi va dunyoqarashi o‘sib borayotgan, mamlakatimiz jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olib borayotgan davrda qadam qo‘ydi.
Mana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilgan davlatimiz rahbari 2000- yil II chaqiriq Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida qilgan “O‘zgarish va yangilanish — hayot talabi” nomli ma’ruza sida ikki palatali parlainent tuzish g’oyasini ilgari surdi.Bu mamlakatimizda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga to‘la mos edi.
Shu bois ham 2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo’lib o‘tgan Oliy Majlisning yettinchi sessiyasida ikki palalali parlament tuzish g’oyasi muhokama qilindi va buning uchun zarur omillar — yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanganligini, shuningdek, ko’ppartiyaviylik tizimi qaror topganligini hisobga olib mamlakatda ikki palatali parlament tuzish zarur, degan xulosaga keldi.Oliy Majlisning yettinchi sessiyasi 2002 yil 27 yanvar kuni keyingi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to‘g‘risida qaror qabuk qildi.Referendumda ovoz berish byulleteniga “Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” degan savol kiritildi.
Referendum 2002 yil 27 yanvar kuni demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoatchilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bo’lib o‘tdi.Referendumda ovoz beruvchilar ro’yxatiga kiritilgan 13266602 nafar fuqarolarning 12113070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi.
“Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashganlarning 11344242 nafari yoki 93.65 foizi yoqlab ovoz berdi.Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo’llab quvvatladilar.
Referendum yakunlari xalqimizning, bir tomondan, damokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat.O‘zbekiston yo’lini qo’llab-quvvatlayotganini ko’rsatdi.Ikkinchi tomondan, islohotlarni izchil va qatiylik bilan davom ettirish va yanada chuqurlashtirishni katta umid bilan kutayotganligini bildirdi.
2002 yil 4-5 aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy qonun va “2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari bo’yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bundan keyin ham O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi — parlamentining nomi Oliy Majlis deb atalaveradi.Uning tarkibida ikki palata tuziladi. Quyi palala — qonunchilik palatasi, yuqori palata — Senat deb ataladi.Biroq ikki palatali parlament darhol tuzilmaydi.Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida u saylangan muddatda 2000-2004 yillarda faoliyat yuritadi.Natijada ikki palatali parlament 2004 yilning dekabr oyida o‘tkaziladigan saylovlar asosida shakllantiriladi.Quyi palataga 120 deputat saylandi.Senat 100 ta senatordan iborat bo’ldi.Senatga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi.Prezident tomonidan tayinlanadigan (6 nafar el-yurtda obro’-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bolishadi.Bu mamlakatimizda milliy davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqich boshlanganini bildirar edi.
2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda davlatimiz rahbari Birinchi Prezident I.A Karimov “Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir”, degan mavzuda ma’ruza qildi va O‘zbekistonning bundan buyon mustaqil, o‘ziga mos va xos taraqqiyot yo’lidan borishi bilan bog’liq ham nazariy, ham amaliy yo‘l-yo‘riqlarni ko’rsatib berdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz rahbari ushbu ma’ruzasida 2004 yil dekabr oyida o‘tkazilgan saylovlar yakuni bo’yicha o‘z xulosalarini bildirar ekan, jamiyat hayotini isloh qilish tizimining bugungi holatiga alohida e’tibor qaratib, “mamlakatimizning demokratik yangilanish va erkin ijtimoiy tuzumga xos bo‘lgan barcha asosiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi bosqichma-bosqich, izchil harakati hozirgi kunda hech qanday kuch to‘xtata olmaydigan muqarrar, qonuniy jarayonga aylandi”, — deya baho berdi.
2005 yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi. Bu 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin.
Birinchi davr – 1991–1994 yillar, ikkinchi davr – 1995–2004 yillar, uchinchi davr – 2005 yildan hozirgi paytgacha mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi.1995–2004 yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan, “Milliy tiklanish” partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi.
2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi.Bu 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi.
Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar elyurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.Darhaqiqat, istiqlolning o‘tgan davri mobaynida mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilib kelinayotgan jamiyat hayotini erkinlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo qilish, bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy hayotni tubdan yangilash jarayonlarining tadrijiy rivojlanishi bugungi kunda o‘zini ng shunday bir bosqichiga erishdiki, endilikda bu jarayonga ta’sir ko’rsatish tom ma’noda faqat shu jamiyat a’zolari, ya’ni O‘zbekiston xalqi xohish-istagi orqaligina amalga oshishi mumkin. Buni O‘zbekistonning o‘tgan davri tarixida qo’lga kiritilgan natijalar yaqqol isbotlaydi.
O‘tish davri va milliy davlalchilikni barpo etish sharoitida obyektiv zarurat bo‘lgan kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o’tishga erishish ushbu davrda davlat tizimini isloh etishning asosiy va hal qiluvchi vazifasi bo‘lishi darkor.Bu davrda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga aylantirildi.
Bu boradagi asosiy vazifa quyi palata — Qonunchilik palatasini muntazam faoliyat ko’rsatadigan professional organga aylantirish, yuqori palata - Senatni hududlar manfaatlarini ifoda qiladigan vakillik organi sifatida shakllantirishdan iborat edi.Shu tariqa qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifatli va asosli bo’lishiga erishish bilan bir qatorda, o’zaro mutanosiblik va muvozanatni saqlash bo’yicha samarali tizimi yaratilmoqda, umumdavlat va hududlar manfaatlarining o’zaro muvozanati ta’minlanmoqda, aholining mamlakatimiz ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko’lamini yanada kengaytirish imkoni tug’ilmoqda.
Ikki palatali parlamentimizning huquq va vakolatlarini kengaytirish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o’rtasidagi vakolatlarning yanada muvofiqlashuvini ta’minlash bilan bog’liq masalalarni hal etishda Prezident vakolatlarining bir qismini yuqori palata — Senatga o’tkazish, shuningdek, Bosh vazir huquq va vakolatlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling