Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


O‘zbekistonda ichki ishlar idoralarining tiklanishi va rivojlanishi


Download 0.85 Mb.
bet11/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

O‘zbekistonda ichki ishlar idoralarining tiklanishi va rivojlanishi.Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan O‘zbekistonning davlatchiligi taraqqiyotida xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanish hamisha ustuvor ahamiyat kasb etib kelgan. Mamlakat sarhadlari tinchligini ta’minlovchi Qurolli Kuchlar bilan bir qatorda uning ichki hayotini batartib tutib turuvchi va fuqarolarning tinch- osoyishta hayotini ta’minlovchi huquq-tartibot organlari faoliyati bilan ham bevosita bog‘liqdir.
Umuman olganda, respublikamiz mustaqilligining keyingi davrlarida ichki ishlar idoralarini takomillashtirish bo‘yicha bir necha bosqichli islohotlar amalga oshirildi.
Birinchi bosqich: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida”gi 1991 yil 25 oktyabrda qabul qilingan 270-sonli qarori bilan tasdiqlandi.Shuningdek, Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tashning vaqtinchalik nizomini tasdiqlash to‘g‘risida” 1993 yil 8 yanvardagi 16-sonli qarori va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solina boshlandi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari huquqni muhofaza qilish idoralari tizimiga kiritildi va Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida” gi Nizomga asosan hamda Konstitutsiya va Mustaqillik deklaratsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanishi belgilandi.
Ikkinchi bosqich: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash Konsepsiyasi to‘g‘risida” gi qarori respublikada tinchlik va osoyishtalikni saqlash, mustaqilligimizni asrash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimida tub islohotlarni amalga oshirishni taqozo etdi.Shuning uchun, yuqorida ko‘rsatgan konsepsiya asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan jamiyatda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlovchi yangi tizimni shakllantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling