Toshkent toqimachilik va engil sanoati instituti “falsafa” kafedrasi


bo’lmaydi degan ma'noni anglatadi) deb yuritiladi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/115
Sana25.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1228229
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115
Bog'liq
falsafa1qism

bo’lmaydi degan ma'noni anglatadi) deb yuritiladi. 
Olamdagi o’zgarish, rivojlanish, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning 
qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bo’lishi kabi masalalar ham 
falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. Falsafada ana shu 
mavzularga munosabat va ular bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qarab 
farqlanadigan bir necha ta'limot, qarash, usul va metodlar bor. Dialektika, 
metafizika, sofistika, eklektika, dogmatika kabilar shular jumlasidandir. 
Ularning tarixi nihoyatda uzoq bo’lib, Qadimgi Yunoniston va Rim davridan 
(miloddan oldingi VII - I asr) boshlanadi. Keyingi yillarda sinergetika ham 
falsafiy metod va ta'limot sifatida talqin etilmoqda. Falsafiy metodlar olam 
qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi va bu usullardan faylasuflar o'z 
tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda 
foydalanadilar. 
Dialektika - grek tilida baxs va suhbatlashish san'ati degan ma'noni 
anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo'li va usuli 
sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va 
hodisalar doimo o’zgarishda, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda, taraqqiyot 
va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko’ra, olamda o’z o’rniga va joyiga
yashash vaqti va harakat yo’nalishiga ega bo’lgan barcha narsalar va 
voqealar bir-birlari bilan bog’liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo 
etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog’lanishlar orqali namoyon 
bo’ladi. 
Masalan insoniyat tarixiga bu usulga asosan yondoshilganida, u uzluksiz 
tarzda ro'y beradigan avlodlar o'rin almashuvi, birining o'rniga ikkinchisi 
kelishi, muayyan qadriyatlarni meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling