shakllandi. Ularda Evropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar,
umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon avvalo, Italiya va Angliyada,
so’ngra Frantsiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R.
Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o’z
mamlakatlari, balki Evropa va jahon falsafasi tarixida o’chmas nom qoldirdi.
Ular, avvalambor, o’z yurti, o’z millati sha'nu sharafini yuksaklikka ko’tarish,
taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr
taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo’shgan.
Xuddi shunday, XV111-X1X asrlarda milliylik va jahon falsafasining
taraqqiyotiga nihoyatda katta ta'sir ko’rsatgan hudud Prussiya bo’ldi. Uzoq
vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida bo’lgan bu o’lka mustaqillikka
erishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy
in'ikosi o’laroq I. Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi
donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik
bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko’plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi.
Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Hegel ta'limoti
esa, Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma
narsaning o’tkinchi ekanligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning
Arastusi nomini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o’tkinchi ekanligini
bilmasmidi? Nima sababdan u dialektik ta'limoti emas, balki monarxiyaga
xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq bo’lishi uchun ko’proq
kuch sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o’ylantirib keladi.
Xo’sh, nima sababdan Hegel bu yo’ldan bordi? CHunki, Hegel o’z
davrining, o’z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati - Pruss
Do'stlaringiz bilan baham: |