monarxiyasi davrining mahsuli, o’sha davr falsafasining namoyandasi edi. U
"Faylasuflar osmondan yomg’ir kabi yog’ilmaydilar yoki yomg’irdan keyingi
qo’ziqorinlardek erdan o’sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi"
15
deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o’z ijodi va faoliyati
bilan Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo’lsada, nemis
davlati ekanligini o’z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy qismiga
aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning "Aqlga muvofiq narsalarning
barchasi voqedir, voqe bo’lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir",
degan so’zlarini ham ana shu ma'noda tushunish lozim. Hegelning bu
masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko’proq e'tibor
berganligining sababi ham ana shunda.
O'sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko’proq tarqoq
hududlarga bo’linib, Avstriya-Vengriya imsperiyasi tarkibida yashab kelgan
nemis millati uchun Pruss monarxiyasi - milliy davlat edi. Uning shakli-
shamoyili kelajakda o’zgarishi boshqa masala bo’lgani holda, bu davlatning
Evropada nemis milliy davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat
falsafasiga aylanishi bilan bog’liq edi. Millat falsafasiga, uning
dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g’oyasi hech qachon so’nmaydi,
garchand yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir
qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo’ladi. Hegel
o’z millatining falsafasi va dunyoqashiga o’sha davlatning shakli-shamoyilini
va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko’tarilgani
uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy
Do'stlaringiz bilan baham: |